Bog'liq 10.-S.K.GanievT.A.Kuchkarov.TarmoqxavfsizligiMobiltarmoqxavfsizligi
Bo’g’ish. Tarmoqlarda bo’g’ish atayin yoki atayin bo’lmagan
interferensiyaning aloqa kanalidagi jo’natuvchi va qabul qiluvchi
imkoniyatidan oshganida sodir bo’ladi. Natijada, bu kanal ishdan
chiqariladi. Hujum qiluvchi bo’g’ishning quyidagi usullaridan foydalanishi
mumkin.
Xizmat kursatishdan voz kechishga undash. DoS (Denial of Service -
xizmat ko’rsatishdan voz kechishga undash) xilidagi hujum tarmoqni
butunlay ishdan chiqarishi mumkin. Butun tarmoqda, jumladan bazaviy
stansiyalarda va mijoz terminallarida, shunday kuchli interferensiya paydo
bo’ladiki, stansiyalar bir-birlari bilan bog’lana olmaydilar (5.2-rasm). Bu
hujum ma’lum doiradagi barcha kommunikatsiyani o’chiradi. Simsiz
tarmoqqa bo’ladigan DoS hujumni oldini olish yoki tuxtatish qiyin. Simsiz
tarmoq texnologiyalarining aksariyati litsenziyalanmagan chastotalardan
foydalanadi, demak, bir qancha elektron qurilmalardan interferensiya
bo’lishi mumkin.
5.2-rasm. Simsiz kommunikatsiyalarda bo’g’ish hujumlari
Mijozlarni bo’g’ish. Mijoz stansiyasini bo’g’ish firibgarga o’zini
bo’g’ilgan mijoz o’rniga qo’yishiga imkon beradi (5.3-rasm). Mijoz
ulanishni amalga oshira olmasin degan maqsadda unga xizmat
ko’rsatishdan voz kechishga undash uchun ham bo’g’ishdan foydalaniladi.
Juda mohirlik bilan qilingan hujumlar niyati buzuq stansiyasini bazaviy
stansiyaga ulash maqsadida mavjud ulanishni uzadi.
63
5.3-rasm. Ulanishni ushlab qolish maqsadida mijozni bo’g’ish hujumi
Bazaviy stansiyani bo’g’ish. Bazaviy stansiyani bo’g’ish uni hujum
qiluvchi stansiyasi bilan almashtirishga imkon beradi (5.4-rasm).
5.4-rasm. Ulanishni ushlab qolish maqsadida
bazaviy stansiyani bo’g’ish hujumi
Bunday bo’g’ish foydalanuvchilarni xizmatlardan foydalanishdan,
telekommunikatsiya kompaniyalarini esa foydadan mahrum qiladi.
Yuqorida qayd etilganidek, aksariyat simsiz texnologiyalar
litsenziyalanmagan chastotalardan foydalanadi. Shu sababli ko’pgina
qurilmalar – radiotelefonlar, kuzatish tizimlari va mikroto’lqinli o’choqlar
- simsiz tarmoq ishiga ta’sir etishi va simsiz ulanishni bo’g’ishi mumkin.
Bunday atayin bo’lmagan bo’g’ish hollarini oldini olish uchun,
Foydalanuvchi
Bo'g'uvchi
Hujum
qiluvchi
Tarmoqdan foydalanish
nuqtasi
Foydalanuvchi
Bo'g'uvchi
Hujum
qiluvchi
Tarmoqdan foydalanish
nuqtasi
64
qimmatbaho simsiz asbob-uskunani sotib olishdan avval u o’rnatiladigan
joyni sinchiklab tahlillash lozim. Bunday tahlil kommunikatsiyalarga
begona qurilmalarning ta’sir etmasligiga ishonch hosil qilishga imkon
beradi va ma’nosiz xarajatlardan asraydi.