Mobil
kommersiya
(mCommerce)
-
mobil
telefonni
foydalanuvchining asosiy interfeysi sifatida ishlatuvchi turli kommersiya
6
1
2
2
3
3
4
4
2
4
5
5
5
6
6
106
servislari uchun umumiy nom. Mobil kommersiyaning Premium-SMS dan
farqi shundaki, mobil kommersiyada mablag’ to’lovini keng doirada
amalga oshirish mumkin, Premium-SMS orqali to’lovni amalga oshirish
esa qisqa nomerga qat’iy bog’liq.
To’lov jarayoni cho’ntak kompyuterlari yoki smartfonlar yordamida
masofaviy (Internet, GPRS va h.) bog’lanish orqali amalga oshiriladi.
Mobil kommersiya Premium-SMS bilan plastik karta yordamida
to’lovning
aralashmasi
bo’lib,
ushbu
aralashma
masofadagi
foydalanuvchilar bilan o’zaro aloqa jarayonlarini avtomatlashtirish
bo’yicha dasturiy-apparat yechimda amalga oshirilgan. Ushbu texnologiya
Premium-SMS dan SMS orqali ishlashni, plastik kartadan esa to’lov
mablag’ini tanlashdagi erkinlikni qabul qilgan.
Mobil kommersiya mobil aloqaning ilg’or texnologiyalarini o’zida
mujassamlantirgan va quyidagi yo’nalishlarga ajratiladi:
- mobil banking - to’lov tranzaksiyalarni amalga oshirishda bank
hisob varag’idagi, mobil telefon yordamida boshqariluvchi mablag’
ishlatiladi;
- mobil to’lov - bank hisob varag’idan foydalanmay amalga oshiriladi
va bankda shaxsiy hisob varag’i bo’lmagan abonentlar foydalanadi.
Bankda "mobil banking" xizmati ulanganida foydalanuvchiga uning
bankdagi hisob varag’idagi mablag’dan, mobil telefon yordamida,
foydalanish imkoniyati beriladi. Foydalanuvchi mobil qurilmada o’zining
va boshqa abonentning hisob varag’ini to’ldirishi, o’zining bankdagi hisob
varag’idan boshqa foydalanuvchining bankdagi hisob varag’iga mablag’ni
o’tkazishi mumkin. Mobil telefon hisob varag’ini avtomatik tarzda
to’ldirish xizmati ham mavjud. Mobil bankingda nafaqat turli to’lovlarni
amalga oshirish, balki u orqali turli axborot xizmatlarini olish imkoniyati
ham mavjud.
Smartfonlarga talabning oshishi va tezkor Internetdan uyali telefon
orqali foydalanish imkoniyatining paydo bo’lishi bilan, mobil banking
navbatdagi texnologik qadam bo’ldi. Shubhasiz, u hisob varaqlaridan
komfortli va muammosiz foydalanishni ta’minlaydi. Ammo axborot
xavfsizligi nuqtai nazaridan ba’zi kamchiliklarga ega. Masalan, uyali
telefon aloqa provayderlari serverlarining shifrlanmaganligi. Xaker-ekspert
foydalanuvchilarning hisob varag’i yoki debet va kredit kartalari
xususidagi axborotni osongina olishi mumkin. Bankdan olingan
xabarlarning shifrlanmaganligi. Bu mobil aloqa operatori orqali
uzatiluvchi axborotni osongina ushlab qolishga imkon beradi. Shu sababli,
107
mobil bankingdan juda zarur bo’lgandagina foydalanish maqsadga
muvofiq hisoblanadi.
Mobil to’lov - abonentning shaxsiy hisob varag’i hamda bank kartasi
orqali uyali telefondan amalga oshiriluvchi to’lov. Ushbu to’lov
xizmatlarning keng spektrini - aloqa xizmati, jarimalar, kommunal
to’lovlar, kreditlar, jamoa transportidagi yo’lkira, avia, temir yo’l
chiptalari, chakana savdo shoxobchalaridagi va h. to’lovlarni amalga
oshirish imkoniyatini beradi. Mobil to’lov strukturasi 9.3-rasmda
keltirilgan.
Amalga oshirish usuli bo’yicha mobil to’lovlar
masofaviy
va
kontaktsizliga
ajratiladi.
Masofaviy mobil to’lovlarda telefon mijozning hisob varag’idan
masofadan foydalanishni tashkil etish vositasi sifatida ishlatiladi. Hisob
varag’i sifatida operatorning billing tizimidagi (ko’rsatilgan xizmatlar
uchun to’lovning avtomatlashtirilgan tizimidagi) mijoz hisob varag’i
ishlatiladi. Internet tarmog’i infrastrukturasidan foydalanuvchi, Internet-
to’lov tizimidan farqli holda, simsiz to’lov tizimlari mobil qurilmalar va
ma’lum joyga bog’langan terminallar so’rovlarini ishlaydi. Ushbu tizimlar
quyidagi xususiyatlarga ega:
- mobil qurilma yordamida to’lash imkoniyati;
- tranzaksiyalarni POS (Point Of Sale - to’lash nuqtasi) terminallar
yordamida ishlash imkoniyati;
- simsiz to’lovlarning xavfsiz protokollari.
9.3-rasm. Mobil to’lov strukturasi
Mablag‘ manbai
Mobil telefon orqali to‘lov
To‘lovni qabul
qiluvchilar
Masofaviy
to‘lovlar
Kontaktsiz
to‘lov (NFC)
Aloqa xizmatlari
to‘lovi
Jarimalar
Kommunal
to‘lovlar
Jamoa
transporti
Avia, temir yo‘l
biletlari
Saxovat
Shaxsiy hisob varag’i
Bank kartasi
108
Mobil to’lovlarda bir necha tomon qatnashishi mumkin:
- xaridor-mobil qurilma egasi. Tovar va xizmatlar to’lovchisi;
- sotuvchi yoki etkazib beruvchi (jismoniy shaxs yoki tashkilot);
- tranzaksiyalar autentifikatsiyasini va avtorizatsiyasini amalga
oshiruvchi ishonchli uchinchi tomon, masalan, bank, uyali aloqa operatori,
kredit kartalar operatori;
- mobil
to’lovlar
bo’yicha
xizmatlarni
ta’minlash.
Amallar
bajarilishiga javobgar.
Kontaktsiz mobil to’lovlar NFC (Near Field Communication). - ta’sir
doirasi kichik yuqori chastotali simsiz aloqa texnologiyasi. Ushbu
texnologiya taxminan 10 santimetr oraliqdagi qurilmalar orasida
ma’lumotlarni almashishga imkon beradi.
NFC texnologiyasi yordamida to’lov afzalliklari:
- magazinda xarid qilish, kommunal xizmatlar, pulli televidenie
haqini to’lash imkoniyati;
- pulli hisobni pulsiz hisob bilan almashtirish (masalan, jamoa
transportida yo’l haqini to’lash).
NFC texnologiyasi servislaridan foydalanish uchun telefonga
NFC-
stikerlar va
NFC-modullar
kabi maxsus qo’shimcha qurilmalar o’rnatish
lozim.
NFC-stikerlar passivlariga va aktivlariga ajratiladi.
Passiv NFC-stikerlar
mobil telefon bilan ma’lumotlarni almasha
olmaydilar. Ular NFC-qurilmaga mobil operatorning aloqa kanali orqali
(SMS yoki mobil Internet orqali) axborotni yozishga imkon bermaydi.
Aktiv NFC-stikerlar
telefon bilan bog’lanish uchun Wi-Fi aloqa
kanalidan yoki Bluetooth dan foydalanadi.
NFC-modulda
mikroprosessor bo’lib, u servis ilovalarining ishonchli
saqlanishini, kriptografik himoyani ta’minlaydi va quyidagi uchta aloqa
kanalini madadlaydi:
- kontaktsiz tranzaksiyalar uchun NFC-kanal;
- TSM dan (Trusted Service Manager) mobil operator tarmog’i orqali
axborot oqimi;
- telefonning mobil ilovasi orqali foydalanuvchi bilan ma’lumotlar
almashish.
NFC-modulda servis ilovalari - dasturiy modullar (to’lov, transport
va h.) yozilgan. Servis ilovalari ruxsatsiz foydalanishdan kalitlar
yordamida himoyalangan xavfsizlik tizimiga ega.
109
NFC-modulli telefon to’lov terminali bilan bog’lanishni o’rnatadi,
natijada abonent hisob varag’idan xizmat narxi undiriladi.
NFC-texnologiyasini qo’llashning uchta asosiy sohasi mavjud:
- kartalar emulyasiyasi: NFC qurilmasi o’zini mavjud simsiz karta
sifatida tutadi;
- o’qish rejimi: NFC qurilma aktiv hisoblanadi va passiv RFID
metkani, masalan interaktiv reklama uchun, o’qiydi;
- P2P rejim - ikkita NFC qurilma o’zaro bog’lanishib, axborot
almashishadi.
NFC-modul ishlatilishining boshqa usullari ham bo’lishi mumkin:
- chiptalarni (avia chiptalar, konsert chiptasi va h.) elektron xarid
qilish;
- jamoa transportida chiptalarni mobil xarid qilish;
- mobil to’lovlar - qurilma to’lov kartasi sifatida;
- elektron taxta - mobil telefon ko’chadagi e’lonlar taxtasidan RFID
metkalarni o’qishda ishlatiladi.
|