Uzatish texnologiyalari (RFID) zaifliklari
RFID - radiosignallar yordamida ob’ektlarni avtomatik tarzda
identifikatsiyalash usuli bo’lib, ularda RFID-metkada saqlanuvchi
ma’lumotlar o’qiladi va (yoki) yoziladi. Har qanday RFID-tizimi o’quvchi
qurilmadan va RFID-metkadan tashkil topgan. RFID-metka ikki qismdan
iborat:
- axborotni
saqlashga
va
ishlashga,
radiochastota
signalini
modulyatsiyalashga va demodulyatsiyalashga mo’ljallangan integral
sxema (mikrochip);
- signalni qabul qiluvchi va uzatuvchi antenna.
Ishlatiluvchi xotira xili bo’yicha quyidagi RFID-metkalar farqlanadi:
- RW (Read and Write) -
bunday metkada identifikator va axborotni
o’qish/yozish uchun xotira bloki mavjud. Ularda ma’lumotlar ko’p marta
qayta yozilishi mumkin;
- WORM (Write Once Read Many) – bunday metkada noyob
identifikatordan boshqa, keyinchalik ko’p marta o’qilishi mumkin bo’lgan,
bir marta yoziluvchi xotira mavjud;
- RO (Read Only) – yasalishida faqat bir marta ma’lumotlar yoziladi.
Bunday metkalar faqat identifikatsiya uchun yaroqli. Unga hech qanday
yangi axborotni yozish mumkin emas va ularni qalbakilashtirishning iloji
yo’q.
Hozirda energiya manbai o’rnatilmagan
passiv RFID-metkalar
keng
tarqalgan. Bunday chip-metkaning ishlashi va javob signalining uzatilishi
antennada induksiyalanuvchi elektrotok hisobiga ta’minlanadi. Passiv
RFID-metkalar odatda stikerga (magazindagi tovar etiketkasi) o’rnatiladi
yoki teri ostiga kiritiladi. O’qishning maksimal distansiyasi, tanlangan
chastota va antenna o’lchamiga bog’liq holda, 10 sm dan to bir necha
metrgacha bo’ladi.
Aktiv RFID-metkalar
shaxsiy ta’minot manbaiga ega. Shunga binoan,
signal katta masofadan o’qiladi, chiplarning o’zi esa katta o’lchamga ega
va qo’shimcha elektronika bilan jixozlanishi mumkin.
112
Aktiv metkalarda shaxsiy ta’minot manbai hisobiga, chiqish
signalining sathi passiv metkalarga nisbatan yuqori. Bu aktiv metkalarni
suvda, inson va hayvonlar tanasida, metallarda (kema konteynerlari,
avtomobillar), havoda katta masofada qo’llashga imkon beradi. Aktiv
metkalarni ishlab chiqarish katta mablag’ni talab etadi va ularning
o’lchami katta.
Uzatish texnologiyalari RFID ning afzalliklari:
- qayta yozish imkoniyati. RFID-chiplarda saqlanuvchi ma’lumotlar
ko’p marta qayta yozilishi va to’ldirilishi mumkin;
- saqlanuvchi ma’lumotlarning katta hajmi. RFID-metka, shtrix-
kodga nisbatan, axborotni katta hajmini saqlashi mumkin. 1 sm
2
yuzali
chipda axborotning 10000 bayti, shtrix-kodda esa bayt birliklari saqlanishi
mumkin;
- oshkora ko’rinishiga ehtiyojning yo’qligi. Shtrix-koddan farqli
holda, metka bilan o’qish vositasining o’zaro orientatsiyasining ahamiyati
yo’q. Metkaning ro’yxatga olish zonasiga qisqa muddatga kirishi va,
xususan, katta tezlikda siljishi yetarli. Metka o’rov orqali o’qilishi
mumkin. Bu ularni yashirin tarzda joylashga imkon beradi;
- katta masofadan o’qilishi. RFID-metka, shtrix-koddan farqli holda,
aytarlicha katta masofadan o’qilishi mumkin. O’qilish radiusi bir necha
yuz metrni tashkil etishi mumkin;
- tashqi omillar ta’siriga barqarorlik. Maxsus RFID-metkalar ishchi
muhitning qat’iy sharoitlarida yetarlicha puxtalikka va chidamlikka ega.
Bitta ob’ekt ko’p marta ishlatiluvchi sohalarda radiochastotali metka
identifikatsiyaning, iqtisod nuqtai nazaridan, eng foydali vositasi
hisoblanadi. Passiv RFID-metkalarning ekspluatatsiya muddati esa
chegaralanmagan;
- intellektuallik. RFID-metka nafaqat ma’lumotlarni eltishi, balki
boshqa masalalarni ham echishi mumkin. Metkadagi ma’lumotlar
shifrlanishi mumkin. Bitta metkada bir vaqtda ochiq va yashirin
ma’lumotlarni saqlash mumkin.
Uzatish texnologiyalari RFID ning kamchiliklari.
- tizim narxining nisbatan yuqoriligi;
- elektromagnit xalallar ta’siriga zaifligi;
- RFID ning insonlar xususidagi axborotning noqonuniy ishlatish
imkoniyati.
|