Premium-SMS asosida to’lov




Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/55
Sana20.11.2023
Hajmi2,59 Mb.
#101929
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55
Bog'liq
10.-S.K.GanievT.A.Kuchkarov.TarmoqxavfsizligiMobiltarmoqxavfsizligi

Premium-SMS asosida to’lov - qandaydir to’lov xizmatini olish 
uchun ishlatiluvchi SMS ning alohida tarifikatsiyalanuvchi turi. 
Abonent to’lash uchun operatorning qisqa nomeriga xabar yuboradi, 
operator abonent hisob varag’idan sotuvchiga kerakli pul miqdorini (hisob 
varag’idan muomila uchun yetarli mablag’ning borligiga ishonch hosil 
qilganidan so’ng) o’tkazadi, so’ngra abonent xizmatni aktivatsiyalash 
uchun saytdan yoki koddan foydalanishga ruxsat oladi. 
Jo’natiluvchi xabarga maxsus tarif bo’yicha to’lanadi (odatda, 
standart SMS narxidan aytarlicha qimmat). To’lovni abonentning o’zi 
(SMS yoki sayt orqali so’rov yuborib) yoki mablag’ni oluvchi (bunda 
abonentning aynan o’zi ekanligining tasdig’i kerak bo’ladi) boshlab berishi 
mumkin. Shaxsiy hisob varag’idan mablag’ jo’natilganidan va hisobdan 
chiqarilganidan so’ng, abonent xizmatdan foydalana oladi. Ba’zida, 
Premium-SMS mobil aloqaga bevosita tegishli bo’lmagan servislar 
Ro‘yxatga olish 
(bank, to‘lov 
tizimi) 
Mablag‘larni 
o‘tkazishga 
so‘rov 
To‘lov 
avtorizatsiyasi 
To‘lov 
tasdig‘i 
To‘lov 
xususida 
hisobot 


105 
(masalan, Internet resurslarda to’lash uchun, turli ovoz berish va h.) uchun 
ishlatiladi. 
SMS to’lovlarni amalga oshirish sxemasi 9.2-rasmda keltirilgan. 
1 - so’ralgan tovar yoki xizmatni tanlash 
4 - to’langanligini bildirish 
2 - tovar yoki xizmat uchun to’lov scheti 
5 - moliya axboroti 
3 - mijoz to’lovining tasdig’i 
6 - pulni o’tkazish 
9.2-rasm. SMS to’lovlarni amalga oshirish sxemasi 
Premium-SMS modelida tarifikatsiyaning quyidagi ikki turi mavjud: 
- MO-tarifikatsiya ("Mobile Originated").
Mablag’ abonent hisob 
varag’idan, u ma’lum qisqa nomerga SMS-xabar jo’natgan onida, 
hisobdan chiqariladi; 
- MT-tarifikatsiya ("Mobile Terminated").
Mablag’ abonent hisob 
varag’idan, 
SMS-xabar olingan onida, hisobdan chiqariladi. Avval 
foydalanuvchi qisqa nomerga SMS jo’natadi (buning uchun pul 
olinmaydi), so’ngra abonentning xizmatga to’lash uchun pulining yetarligi 
va sotuvchining ushbu xizmatni taqdim eta olishi tekshiriladi. Agar 
barchasi ijobiy bo’lsa, abonentga xabar jo’natiladi (buning uchun pul 
olinadi). To’lovning ushbu usulining afzalligi - foydalanuvchi shaxsiy 
ma’lumotlarini sotuvchi saytiga kiritishi shart emas, qandaydir to’lov 
tizimida ro’yxatga olinishi talab etilmaydi, to’satdan xarid qilinganda 
qulay. Xarid amalga oshirish eng kam vaqtni talab qiladi. Bu usulda 
operator ham foydalanadi, u 30-60% vositachilik haqiga ega bo’ladi. 

Download 2,59 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55




Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish