IPSec protokoli simli va simsiz (mobil) tarmoqlarda muvaffaqiyatli
ishlatiladi. Xavfsizlikni ta’minlash IP-sathida va Internet-modelda amalga
oshiriladi. IPSec ni tatbiq etish usullaridan ko’p tarqalgani tunnellash
bo’lib, u bitta sessiyada IP-trafikni shifrlash va autentifikatsiyalash
imkonini beradi. IPSec hozirda Internetda ishlatiluvchi aksariyat virtual
xususiy tarmoqlardagi (VPN - Virtual Private Network) asosiy texnologiya
hisoblanadi (8.5-rasm).
IPSec ning
moslanuvchanligi
va
ilovalar
tanlanishining kengligi sababli, ko’pchilik aynan bu sxemadan simsiz
ilovalar xavfsizligini ta’minlashda foydalanadi.
103
8.5-rasm. IPSec VPN-tunnel
IPSec ni
ilovalarga
asoslangan
qo’llanilishining
juda
ko’p
imkoniyatlari mavjud. Xavfsiz kommunikatsiyalar uchun IPSec ning
qo’llanilishi ko’pgina Internet orqali masofadan foydalanuvchi virtual
xususiy tarmoq VPN bilan bog’liq. Qachonki, umumfoydalanuvchi tarmoq
xususiy tarmoq funksiyalarini amalga oshirish uchun ishlatilsa, uni VPN
deb atash mumkin. Bunday ta’rifga ATM (uzatishning asinxron usuli),
Frame Relay va x.25 kabi tarmoq texnologiyalari ham tushadi, ammo
aksariyat odamlar Internet orqali shifrlangan kanalni tashkil etish xususida
gap ketganida VPN atamasini ishlatishadi. Korporativ tarmoq perimetri
bo’yicha shlyuzlar o’rnatiladi va IPSec-tunneli orqali shlyuzdan
masofadan foydalanish amalga oshiriladi.
104
9 BOB. MOBIL KOMMERSIYADA XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH 9.1. Mobil moliya xizmatlari modeli Zamonaviy mobil moliya xizmatlari tizimi, asosan 9.1-rasmda
keltirilgan sxema bo’yicha quriladi:
9.1-rasm. Mobil moliya xizmatini amalga oshirish sxemasi
Hozirda quyidagi mobil moliya xizmatlari modellari mavjud:
- Premium-SMS - asosida to’lov;
- mobil kommersiya.