Мобил алоқа тизимларда ахборот хавфсизлиги




Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/56
Sana03.06.2024
Hajmi2,59 Mb.
#259799
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   56
Bog'liq
10.-S.K.GanievT.A.Kuchkarov.TarmoqxavfsizligiMobiltarmoqxavfsizligi

Mobil 
kommersiya 
(mCommerce)

mobil 
telefonni 
foydalanuvchining asosiy interfeysi sifatida ishlatuvchi turli kommersiya 

















106 
servislari uchun umumiy nom. Mobil kommersiyaning 
Premium-SMS dan 
farqi shundaki, mobil kommersiyada mablag’ to’lovini keng doirada 
amalga oshirish mumkin, Premium-SMS orqali to’lovni amalga oshirish 
esa qisqa nomerga qat’iy bog’liq. 
To’lov jarayoni cho’ntak kompyuterlari yoki smartfonlar yordamida 
masofaviy (Internet, GPRS va h.) bog’lanish orqali amalga oshiriladi. 
Mobil kommersiya Premium-SMS bilan plastik karta yordamida 
to’lovning 
aralashmasi 
bo’lib, 
ushbu 
aralashma 
masofadagi 
foydalanuvchilar bilan o’zaro aloqa jarayonlarini avtomatlashtirish 
bo’yicha dasturiy-apparat yechimda amalga oshirilgan. Ushbu texnologiya 
Premium-SMS dan SMS orqali ishlashni, plastik kartadan esa to’lov 
mablag’ini tanlashdagi erkinlikni qabul qilgan. 
Mobil kommersiya mobil aloqaning ilg’or texnologiyalarini o’zida 
mujassamlantirgan va quyidagi yo’nalishlarga ajratiladi: 
- mobil banking -
to’lov tranzaksiyalarni amalga oshirishda bank 
hisob varag’idagi, mobil telefon yordamida boshqariluvchi mablag’ 
ishlatiladi; 
- mobil to’lov -
bank hisob varag’idan foydalanmay amalga oshiriladi 
va bankda shaxsiy hisob varag’i bo’lmagan abonentlar foydalanadi. 
Bankda 
"mobil banking"
xizmati ulanganida foydalanuvchiga uning 
bankdagi hisob varag’idagi mablag’dan, mobil telefon yordamida, 
foydalanish imkoniyati beriladi. Foydalanuvchi mobil qurilmada o’zining 
va boshqa abonentning hisob varag’ini to’ldirishi, o’zining bankdagi hisob 
varag’idan boshqa foydalanuvchining bankdagi hisob varag’iga mablag’ni 
o’tkazishi mumkin. Mobil telefon hisob varag’ini avtomatik tarzda 
to’ldirish xizmati ham mavjud. Mobil bankingda nafaqat turli to’lovlarni 
amalga oshirish, balki u orqali turli axborot xizmatlarini olish imkoniyati 
ham mavjud. 
Smartfonlarga talabning oshishi va tezkor Internetdan uyali telefon 
orqali foydalanish imkoniyatining paydo bo’lishi bilan, mobil banking 
navbatdagi texnologik qadam bo’ldi. Shubhasiz, u hisob varaqlaridan 
komfortli va muammosiz foydalanishni ta’minlaydi. Ammo axborot 
xavfsizligi nuqtai nazaridan ba’zi kamchiliklarga ega. Masalan, uyali 
telefon aloqa provayderlari serverlarining shifrlanmaganligi. Xaker-ekspert 
foydalanuvchilarning hisob varag’i yoki debet va kredit kartalari 
xususidagi axborotni osongina olishi mumkin. Bankdan olingan 
xabarlarning shifrlanmaganligi. Bu mobil aloqa operatori orqali 
uzatiluvchi axborotni osongina ushlab qolishga imkon beradi. Shu sababli, 


107 
mobil bankingdan juda zarur bo’lgandagina foydalanish maqsadga 
muvofiq hisoblanadi. 
Mobil to’lov -
abonentning shaxsiy hisob varag’i hamda bank kartasi 
orqali uyali telefondan amalga oshiriluvchi to’lov. Ushbu to’lov 
xizmatlarning keng spektrini - aloqa xizmati, jarimalar, kommunal 
to’lovlar, kreditlar, jamoa transportidagi yo’lkira, avia, temir yo’l 
chiptalari, chakana savdo shoxobchalaridagi va h. to’lovlarni amalga 
oshirish imkoniyatini beradi. Mobil to’lov strukturasi 9.3-rasmda 
keltirilgan. 
Amalga oshirish usuli bo’yicha mobil to’lovlar 
masofaviy
va 
kontaktsizliga
ajratiladi.
Masofaviy 
mobil to’lovlarda telefon mijozning hisob varag’idan 
masofadan foydalanishni tashkil etish vositasi sifatida ishlatiladi. Hisob 
varag’i sifatida operatorning billing tizimidagi (ko’rsatilgan xizmatlar 
uchun to’lovning avtomatlashtirilgan tizimidagi) mijoz hisob varag’i 
ishlatiladi. Internet tarmog’i infrastrukturasidan foydalanuvchi, Internet-
to’lov tizimidan farqli holda, simsiz to’lov tizimlari mobil qurilmalar va 
ma’lum joyga bog’langan terminallar so’rovlarini ishlaydi. Ushbu tizimlar 
quyidagi xususiyatlarga ega: 
- mobil qurilma yordamida to’lash imkoniyati; 
- tranzaksiyalarni POS (Point Of Sale - to’lash nuqtasi) terminallar 
yordamida ishlash imkoniyati; 
- simsiz to’lovlarning xavfsiz protokollari. 
9.3-rasm. Mobil to’lov strukturasi 
Mablag‘ manbai 
Mobil telefon orqali to‘lov 
To‘lovni qabul 
qiluvchilar 
Masofaviy 
to‘lovlar 
Kontaktsiz 
to‘lov (NFC) 
Aloqa xizmatlari 
to‘lovi 
Jarimalar 
Kommunal 
to‘lovlar 
Jamoa 
transporti 
Avia, temir yo‘l 
biletlari 
Saxovat 
Shaxsiy hisob varag’i 
Bank kartasi 


108 
Mobil to’lovlarda bir necha tomon qatnashishi mumkin: 
- xaridor-mobil qurilma egasi. Tovar va xizmatlar to’lovchisi; 
- sotuvchi yoki etkazib beruvchi (jismoniy shaxs yoki tashkilot); 
- tranzaksiyalar autentifikatsiyasini va avtorizatsiyasini amalga 
oshiruvchi ishonchli uchinchi tomon, masalan, bank, uyali aloqa operatori, 
kredit kartalar operatori; 
- mobil 
to’lovlar 
bo’yicha 
xizmatlarni 
ta’minlash. 
Amallar 
bajarilishiga javobgar. 
Kontaktsiz mobil to’lovlar NFC (Near Field Communication).
- ta’sir 
doirasi kichik yuqori chastotali simsiz aloqa texnologiyasi. Ushbu 
texnologiya taxminan 10 santimetr oraliqdagi qurilmalar orasida 
ma’lumotlarni almashishga imkon beradi. 
NFC texnologiyasi yordamida to’lov afzalliklari: 
- magazinda xarid qilish, kommunal xizmatlar, pulli televidenie 
haqini to’lash imkoniyati; 
- pulli hisobni pulsiz hisob bilan almashtirish (masalan, jamoa 
transportida yo’l haqini to’lash). 
NFC texnologiyasi servislaridan foydalanish uchun telefonga 
NFC-
stikerlar va
NFC-modullar
 
kabi maxsus qo’shimcha qurilmalar o’rnatish 
lozim. 
NFC-stikerlar
passivlariga va aktivlariga ajratiladi. 
Passiv NFC-stikerlar
 
mobil telefon bilan ma’lumotlarni almasha 
olmaydilar. Ular NFC-qurilmaga mobil operatorning aloqa kanali orqali 
(SMS yoki mobil Internet orqali) axborotni yozishga imkon bermaydi. 
Aktiv NFC-stikerlar
 
telefon bilan bog’lanish uchun Wi-Fi aloqa 
kanalidan yoki Bluetooth dan foydalanadi. 
NFC-modulda
 
mikroprosessor bo’lib, u servis ilovalarining ishonchli 
saqlanishini, kriptografik himoyani ta’minlaydi va quyidagi uchta aloqa 
kanalini madadlaydi: 
- kontaktsiz tranzaksiyalar uchun NFC-kanal; 
- TSM dan (Trusted Service Manager) mobil operator tarmog’i orqali 
axborot oqimi; 
- telefonning mobil ilovasi orqali foydalanuvchi bilan ma’lumotlar 
almashish. 
NFC-modulda servis ilovalari - dasturiy modullar (to’lov, transport 
va h.) yozilgan. Servis ilovalari ruxsatsiz foydalanishdan kalitlar 
yordamida himoyalangan xavfsizlik tizimiga ega. 


109 
NFC-modulli telefon to’lov terminali bilan bog’lanishni o’rnatadi, 
natijada abonent hisob varag’idan xizmat narxi undiriladi. 
NFC-texnologiyasini qo’llashning uchta asosiy sohasi mavjud: 
- kartalar emulyasiyasi:
NFC qurilmasi o’zini mavjud simsiz karta 
sifatida tutadi; 
- o’qish rejimi:
NFC qurilma aktiv hisoblanadi va passiv RFID 
metkani, masalan interaktiv reklama uchun, o’qiydi; 
- P2P rejim 
- ikkita NFC qurilma o’zaro bog’lanishib, axborot 
almashishadi. 
NFC-modul ishlatilishining boshqa usullari ham bo’lishi mumkin: 
- chiptalarni (avia chiptalar, konsert chiptasi va h.) elektron xarid 
qilish; 
- jamoa transportida chiptalarni mobil xarid qilish; 
- mobil to’lovlar - qurilma to’lov kartasi sifatida; 
- elektron taxta - mobil telefon ko’chadagi e’lonlar taxtasidan RFID 
metkalarni o’qishda ishlatiladi. 

Download 2,59 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   56




Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Мобил алоқа тизимларда ахборот хавфсизлиги

Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish