114
- Internet sahifaga havola yoki qisqa nomerga xabar jo’natish iltimosi
mavjud xabar olinganida, agar siz tovarga yoki xizmatga buyurtma
bermagan bo’lsangiz, hech qanday harakatni bajarmaslik;
- qisqa nomerga xabar jo’natmasdan oldin operatordan xabar
jo’natish narxini aniqlash lozim;
- tovarga yoki xizmatga buyurtma berishdan oldin ularni taqdim etish
shartlarini hamda "*" simvol bilan joylashtirilgan
axborotni sinchiklab
o’qish;
- begona abonent hisob varag’iga pulni o’tkazishdan oldin moddiy
yordam beriluvchi shaxsni aniqlash lozim;
- notanish SMS-konkurslarda va SMS-o’yinlarda ishtirok etmaslik;
- shubhali saytlarga telefon nomerini kiritmaslik;
- "mobil o’tkazma" xizmati ishlatilganida telefon nomerini terishda
hushyorlik zarur;
- uchinchi shaxsga telefon bermaslik;
- ishlatilish zarurati bo’lmaganida Bluetooth va Wi-Fi ni o’chirib
qo’yish.
Mobil
telefondan
ma’lumotlarni
uzatishda
protokollardan,
texnologiyalardan, operatsion tizimlardan va dasturiy ta’minotdan
foydalanishdagi tavsiyalar:
- ma’lumotlarni uzatishning kriptografik himoyasi o’chirilgan bo’lsa,
aksariyat operatorlar u xususida o’z abonentlarini telefon ekranidagi mos
ikonka mavjudligi orqali xabardor qiladi.
Bunday ikonka mavjudligida
telefondan qo’ng’iroq qilish, xabarlarni uzatish va Internetga chiqish
tavsiya etilmaydi;
- ma’lumotlarni uzatishning RFID texnologiyasi ishlatilganida
shubhali o’quvchi vositalari orqali axborotni uzatishda telefondan
foydalanmaslik lozim. NFC modullarini faqat ixtisoslashtirilgan ishonchli
ishlab chiqaruvchilardan xarid qilish kerak;
- mobil telefon operatsion tizimi himoyasini ta’minlash uchun avvalo
virusga qarshi dasturiy ta’minotni o’rnatish zarur. Virusga qarshi dasturiy
ta’minotni
shubhali serverlardan emas, balki mobil operatsion tizimlarni
ishlab chiqaruvchilarining har birida mavjud Internet resursdagi ishonchli
dasturiy ta’minotni olish mumkin. Bunda, hatto shaxsiy ma’lumotlar
o’g’irlangan holda etkazilgan moddiy zarar sud orqali qoplanishi mumkin;
- mobil to’lovlarning asosiy "muammosi" - niyati buzuq qo’lida
o’g’irlangan uyali telefonning mavjudligi. Telefon o’g’irlangandagi
harakatlarni blokirovka qilish uchun zudlik bilan SIM-kartani blokirovka
115
qilish lozim. Undan tashqari, o’g’irlangan uyali telefonda mobil bank bilan
amallar uchun ilovalar o’rnatilgan bo’lsa, mobil bankdan foydalanish
parolini almashtirish tavsiya etiladi;
-
unutmaslik lozimki, agar telefon o’g’irlangan bo’lsa nomerni
almashtirish yetarli bo’lmaydi, chunki SIM-karta nomeri telefonning IMEI
identifikatoriga bog’langan. Qanday nomer ishlatilganidan qat’iy nazar,
niyati buzuq IMEI ni bilib olib qurilmani aniqlashi mumkin.