• Bulutli muhit tarafidan zaruriy namunaviy xizmatlar
  • Mobil qurilmalar tarafidan zaruriy namunaviy xizmatlar




    Download 2,59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet48/56
    Sana03.06.2024
    Hajmi2,59 Mb.
    #259799
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   56
    Bog'liq
    10.-S.K.GanievT.A.Kuchkarov.TarmoqxavfsizligiMobiltarmoqxavfsizligi

    Mobil qurilmalar tarafidan zaruriy namunaviy xizmatlar 


    117 
    Sinxronizatsiya xizmati -
    ushbu xizmat mobil qurilmada qilingan 
    barcha o’zgarishlarni bulutli serverga qaytarib yuboradi. 
    OfflintAPp xizmati -
     
    ushbu xizmat 
    Sync va Push kabi pastki sath 
    xizmatlari ishidagi muvofiqlikni yaratishga imkon beradi; dasturchini 
    sinxronlashni bajarish kodini yozishdan ozod qiladi, chunki muayyan 
    vaziyat uchun sinxronlashning qaysi mexanizmi yaxshiroq mos kelishini 
    ushbu xizmat hal qiladi. 
    InterApp Bus xizmati -
    ushbu xizmat qurilmada o’rnatilgan ilovalar 
    orasidagi pastki sath ta’sirini ta’minlaydi. 
    Tarmoqli o’zaro ta’sir xizmati -
    ushbu xizmat serverdan push-
    xabarni olish uchun kerakli uzatish kanalini o’rnatadi; qurilma va server 
    orasida aloqani avtomatik tarzda o’rnatishga imkon beradi. Bu pastki sath 
    xizmati. 
    Push xizmati -
    bulutli servis tarqatgan tuzatishlarni boshqaradi; 
    foydalanuvchi ishini yaxshilaydi, chunki foydalanuvchining yangi axborot 
    mavjudligini mustaqil tekshirishi kerak emas. 
    Ma’lumotlar bazasi xizmati -
    mobil ilovalar uchun ma’lumotlarni 
    lokal saqlagichidan iborat: platformaga bog’liq holda saqlash uchun mos 
    imkoniyatlar ishlatiladi. Ushbu xizmatning asosiy vazifasi - ma’lumotlarni 
    saqlash va ulardan xavfsiz foydalanishni ta’minlash. Network kabi pastki 
    sath xizmati hisoblanadi. 
    Bulutli muhit tarafidan zaruriy namunaviy xizmatlar 
    Sync xizmati (Cloud Syncronization)
    - bulutli saqlagichda joylangan 
    ma’lumotlarni foydalanuvchining mobil qurilmasidagi ma’lumotlar bilan 
    avtomatik tarzda sinxronlash texnologiyasi. 
    Push xizmati -
    server Push xizmati yangilashlar uchun ma’lumotlarni 
    uzatish kanallarini kuzatadi. Yangilashlar aniqlangani onida qurilmaga 
    mos xabar jo’natiladi. Qandaydir sababga ko’ra qurilma tarmoqdan 
    uzilgan bo’lsa, xizmat kutadi va so’ngra, qurilma yangitdan ulanishi 
    bilanoq, xabar etkaziladi. 
    Secure Socket-Based Data Service xizmati -
    ushbu xizmat ilova talab 
    qiluvchi xavfsizlik darajasiga bog’liq holda 
    plain socket yoki SSL socket 
    serverlarni yoki ikkalasini ta’minlaydi. 
    Xavfsizlik -
    ushbu komponent autentifikatsiyani va avtorizatsiyani 
    ta’minlaydi. Natijada, bulutli serverga ulangan mobil qurilmalarning 
    haqiqatan undan foydalanishlariga ishonch hosil qilinadi. Har bir qurilma 
    oldindan 
    ro’yxatdan 
    o’tishi 
    lozim. 
    So’ngra, 
    qurilma 


    118 
    autentifikatsiya/avtorizatsiya muolajasidan o’tadi va undan keyingina 
    serverdan foydalanishga ruhsat oladi. 
    10.1-rasm. OpenMobster platforma arxitekturasi 
    Boshqarish konsoli -
    har bir bulutli server foydalanuvchiga tizimni 
    boshqarish va ma’murlash (masalan, ma’lumotlarni masofadan yo’q qilish, 
    masofaviy blokirovkalash va h.) imkonini beruvchi maxsus ilovaga ega 
    bo’lishi lozim. 

    Download 2,59 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   56




    Download 2,59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mobil qurilmalar tarafidan zaruriy namunaviy xizmatlar

    Download 2,59 Mb.
    Pdf ko'rish