• Mobil qurilma Native Platform Mobil mijozning namunaviy xizmatlari B ra nd ma uer
  •  Mobil texnologiyalarda bulutli hisoblashlardagi




    Download 2,59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet49/56
    Sana03.06.2024
    Hajmi2,59 Mb.
    #259799
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   56
    Bog'liq
    10.-S.K.GanievT.A.Kuchkarov.TarmoqxavfsizligiMobiltarmoqxavfsizligi

    10.2. Mobil texnologiyalarda bulutli hisoblashlardagi 
    muammolar va ularning yechimi 
    Bulutli hisoblashlar nafaqat foydali tomonlarga ega, balki bulutli 
    xizmatlarni taqdim etish uchun quyidagi zarur talablar qondirilishi lozim. 
    - ilova funksiyalarini bulut va qurilma tarafidan ajratish imkoniyati; 
    - tezkor javob uchun tarmoqning past latentligi; 
    Sinxronlash xizmati 
    OfflineApp xizmati 
    InterApp bus 
    Tarmoqli o‘zaro ta’sir 
    xizmati 
    Push xizmati 
    Ma’lumotlar bazasi 
    xizmati 
    Mobil qurilma 
    Native Platform 
    Mobil mijozning 
    namunaviy xizmatlari 
    B
    ra
    nd
    ma
    uer
     
    Bulutli muhit 
    Secure socket-based 
    data service 
    Boshqarish 
    konsoli
    Xavfsizlik 
    Syns xizmati 
    Push xizmati 
    Ilovaning Offline ishlashini 
    madadlash 
    Ma’lumolar 
    bazasi 
    Bulutli hisoblash tizimi resurslari 
    Bulutli tizimning 
    namunaviy xizmatlari 
    Xabarlar 
    tizimi 
    Bulutli 
    servislar 


    119 
    - bulut va qurilma orasida ma’lumotlarni tezlik bilan uzatish uchun 
    tarmoqning yuqori o’tkazish qobiliyati; 
    - xarajatlarni optimallashtirish maqsadida tarmoq holatini adaptiv 
    monitoringlash; 
    - kanalni nazoratlash uchun doimiy tarmoq ulanishi; 
    - so’rov bo’yicha ulanishni madadlash imkoniyati; 
    - energiya samaradorligini va kam chiqimlikni hisobga olgan holda 
    tarmoqni tanlash imkoniyatiga egaligi. 
    Ushbu talablar bulutli resurslarni ishlatishga qator cheklashlar 
    qo’yadi va echilishi lozim bo’lgan qator muammolarni kelib chiqaradi: 
    Barcha e’tirof etgan ochiq standartlarning mavjud emasligi.
    Bulutli 
    xizmat provayderlari orasidagi mobillik va o’zaro ta’sir mumkin emas. Bu 
    bulutli texnologiyalarning tezkor rivojlanishini va keng ishlatilishini 
    qiyinlashtiradi. Foydalanuvchilar o’zlarining joriy ma’lumot manbalarini 
    bulutli 
    platformalarga 
    istar-istamas 
    o’tkazadilar, 
    chunki 
    bulutli 
    platformalarda qator echilmagan texnik muammolar mavjud. 
    Masshtablanishning 
    cheklanganligi.
    Bulutli 
    xizmatlarni 
    ta’minotchilarining aksariyati cheksiz masshtablanishni taqdim etishlari 
    xususida gapiradilar. Aslida, bulutli hisoblashlarning keng tarqalishi va 
    foydalanuvchilar sonining oshishi bilan, bulutli xizmatlarni taqdim 
    etuvchilarning hech qaysisi barcha foydalanuvchilar so’rovlarini qondirish 
    imkoniyatiga ega emas. 
    Xizmatdan foydalanishdagi ishonchsizlik.
    Ko’pgina bulutli tizimlarda 
    (xususan Amazon, Google, Microsoft) vaqtincha nosozliklar bo’lib turadi. 
    Bitta ta’minotchi xizmatiga bog’liqlik nosozlik vaqtida tanglik holatiga 
    sabab bo’ladi, chunki ilova bulutli xizmatlarning boshqa ta’minotchisiga 
    o’ta olmaydi. Natijada xizmat ko’rsatish to’xtatiladi. 
    Xizmat provayderi tomonidan blokirovkalash.
    Mobillikning mavjud 
    emasligi 
    ilova 
    va 
    ma’lumotlarning 
    bulutli 
    xizmatlarning 
    bir 
    ta’minotchisidan ikkinchisiga o’tishiga imkon bermaydi. 
    Turli bulutli tizim xizmatlaridan foydalanishning mumkin emasligi.
    Hozirda bulutli xizmatlarning turli ta’minotchilari orasida o’zaro 
    qo’shilishning yo’qligi ilovalarning turli bulutli hisoblash tizimlari 
    imkoniyatlaridan foydalana olmasliklariga sabab bo’ladi. 
    Ushbu muammolarni mobil agentlar texnologiyasidan foydalanib 
    echish mumkin. 
    Mobil agent (MA) texnologiyasi - mobil telefonlar uchun Mail.ru 
    Agent dasturining maxsus versiyasi. MA yordamida abonentlar bilan 


    120 
    aloqa, ular manziliga bog’liq bo’lmagan holda, ta’minlanishi mumkin. 
    Hozirda ushbu dastur aksariyat kompyuterlarda butun dunyo bo’yicha on-
    line rejimida muloqot vositasi sifatida ishlatiladi. Dastur ovozli, videoli 
    aloqani hamda matnli xabarlarni tarqatishni ta’minlash imkoniga ega. 
    Undan tashqari dastur mobil operatorning imkoniyatidan foydalanib 
    trafikni nazoratlashga imkon beradi. Dasturning o’zi tekin, mablag’ esa 
    faqat foydalanuvchining tarif rejasiga muvofiq uning hisob varag’idan 
    olinadi (internet-GPRS trafigi to’lovi). MA orqali xohlagan telefon 
    nomeriga SMS ni tekin jo’natish mumkin. MA telefon nomerlari yozilgan 
    yon daftarchaning "zaxirali nusxasini" serverda saqlashga imkon beradi 
    (apparat yo’qolishi holi uchun). 
    Shunday 
    qilib, 
    MA 

    geterogen 
    kompyuter 
    tarmog’idagi 
    kompyuterlar orasida avtonom tarzda ko’chib yuruvchi va foydalanuvchi 
    tomonidan qo’yilgan masalani echish uchun har bir mashinadagi servislar 
    bilan o’zaro aloqa qiluvchi dasturiy modul. MA foydalanuvchilar va texnik 
    qurilmalar orasida vositachilik sifatida ishlatilishi mumkin. Masalan, agar 
    foydalanuvchi qurilmani boshqarishni xohlasa, ammo mos dasturiy 
    ta’minotga ega bo’lmasa, ma’lumotlar almashish protokoliga ega MA ga 
    murojaat etishi mumkin. 
    Odatda, foydalanish so’rovlari bulutdan to’g’ridan-to’g’ri Internetga 
    jo’natiladi. Bu tarmoq trafigi tezligining oshishiga va reaksiya vaqtining 
    kamayishiga olib keladi. 
    Mobil agentlar yordamida bulutli hisoblashlarni ifodalovchi 
    tizimning 
    bazaviy 
    arxitekturasida 
    Task 
    manager ga 
    asoslangan 
    markazlashtirilgan yondashish ishlatiladi. Har bir ma’muriy domen bulutli 
    xizmatlar ta’minlovchisida o’zining virtual mashinasiga va mobil agent joyiga 
    (Mobile Agent Place, MARga) ega. Virtual mashinalaridan biri ko’pgina 
    funksiyalarni (resurslarni indeksatsiyalash, autentifikatsiya, xavfsizlik, 
    billing, avariyali tiklash, buzilishga bardoshlik) bajaruvchi Task manager 
    sifatida tanlanadi. 
    MA dagi 
    ma’lumotlar 
    strukturasi 
    sifatida 
    ifodalangan 
    foydalanuvchining masalasi bulutga jo’natiladi. MAR mobil agent 
    tomonidan jo’natilgan barcha ma’lumotlarni qabul qiladi. MAR mobil 
    agentdan ma’lumotlar olinganmi yoki olinmaganligidan qat’iy nazar, Task 
    manager ni ogohlantiradi. MAR va Task manager orasida ma’lumotlar 
    almashuvi doimiy. 


    121 
    10.2-rasmda ushbu mobil-agentli yondashishdan foydalanib, bulutli 
    muhitda mobil agentlarni hisoblash tizimining modifikatsiyalangan 
    arxitekturasi keltirilgan. 
    Ushbu arxitektura mobil texnologiyalarning bulutli hisoblash 
    tizimlari bilan birgalikda ishlatilishidagi ba’zi jiddiy muammolarni echish 
    imkoniyatiga ega va qator afzalliklarni beradi: 

    Download 2,59 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   56




    Download 2,59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Mobil texnologiyalarda bulutli hisoblashlardagi

    Download 2,59 Mb.
    Pdf ko'rish