|
BOB. BULUTLI HISOBLASHLARDABog'liq 10.-S.K.GanievT.A.Kuchkarov.TarmoqxavfsizligiMobiltarmoqxavfsizligi10 BOB. BULUTLI HISOBLASHLARDA
AXBOROTNI HIMOYALASH USULLARI
10.1. Mobil ilovalar va bulutli hisoblash tizimlarining
o’zaro ta’sir arxitekturasi
Bulutli hisoblashlar - Internet ("bulut") orqali serverlar, axborot
saqlagichlari, ma’lumotlar bazasi, tarmoqlar, dasturiy ta’minot va h.
xizmatlarini taqdim etish. Bulutli hisoblashlarni soddalashtirilgan holda
masofadagi serverda joylashgan brauzer asosidagi ilova sifatida tasavvur
etish mumkin. Boshqacha aytganda, "bulutli hisoblashlar" - provayder
tomonidan iste’molchi so’rovi bo’yicha masofadagi hisoblash resurslarini
taqdim etish. Bu oddiy foydalanuvchi uchun, uning bulutli hisoblashlar
xususida bilishiga yetarli. Ammo, aslida, bulutli hisoblashlarning
imkoniyatlari g’oyat katta.
Bulutli hisoblashlarning eng katta afzalliklaridan biri axborot
saqlagichidir. Misol tariqasida Internetdagi elektron pochta xizmatlarini
ko’rsatish mumkin. Pochta xizmatlari ko’pincha bulutdagi bo’lishi
mumkin bo’lgan makondan foydalanib foydalanuvchilarga xotiraning katta
hajmini taqdim etadi, chunki ular uchun bu arzon. Natijada ma’lumotlar
yo’qolishini bartaraf etish imkoniyati yaratiladi. Oxirgi yillarda ko’pgina
yirik banklarda mijoz xususidagi muhim axborotning yo’qolishi haqida
gaplar ko’paygan edi. Agar ushbu axborot bulutli muhitda saqlanganida,
ma’lumotlarning yo’qolishi ehtimolligi aytarlicha kamaygan bo’lar edi.
Mobil qo’rilmalardan foydalanuvchi bulutli texnologiyaning rivojida
muhim omil hisoblanadi. Bulutli texnologiyadan foydalanuvchi apparat
vositalariga va dasturiy ta’minotga kapital xarajatisiz axborot va ilovarni
almashishlari mumkin. Barcha hisoblash amallari bulut ichida amalga
oshirilishi sababli, yuqori texnologiyali apparat vositalariga ehtiyoj
qolmaydi. Natijada foydalanuvchilar uchun mobil qurilmalar narxi
pasayadi.
10.1-rasmda OpenMobster (Open Source Mobile Cloud Platform)
ochiq platforma misolida mobil ilovalar va bulutli hisoblash tizimlarining
o’zaro ta’sir arxitekturasi keltirilgan.
|
| |