|
Mobil qurilmalarning dasturiy taninoti
|
bet | 27/74 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 37,16 Mb. | | #147871 |
Bog'liq Ishchi amaliy.1Bosh plata - asosiy elektron sxema bo’lib, unga tashqi qurilmalar kontrollerlari shina orqali ulanadi, unga mikroprosessor, BIOS, CMOS, operativ xotira kabi elementlar tikiladi va tashqi qurilmalar kontrollerlari o’rnatiladi.
Mikroprosessor arifmetik-logik qurilma bo’lib, kompyuterning “yuragi” hisoblanadi. Mikroprosessor sekundiga millionlab har xil amallarni bajaradi. IBM PC kompyuterlarida INTEL, AMD, CYRIX, IBM va boshqa firmalarning mikroprosessorlari ishlatiladi.
Qattiq disk (Vinchester) tashqi xotira hisoblanib, kompyuterda asosiy axborot saqlovchi qurilmadir. Zamonaviy kompyuterlarda 80 Gb dan 500 Gb gacha bo’lgan qattiq disklar qo’llanilmoqda.
Operativ xotira (Tezkor xotira) – mikroprosessor ish tezligini oshirish uchun ishlatiladi, ya’ni asosiy axborotlar o’qish va yozishda shu xotirada joylashadi. Opreativ xotirada axborot faqat kompyuter yoqilgan holda saqlanadi.
ga imkon yaratdi.
4-Mavzu:Tizimli blokni qismlarga ajratis
Tizimli blok va uning tuzilmasi
Reja: 1. Mikroprosessor yoki prosessor
2. Qattiq disk yoki vinchester
3. Tezkor xotira mikrosxemalari
4. Kesh xotira mikrosxemalari
5. Kontroller yoki adabterlar
6. Ona platasi (Mother board )
7. Disk yurituvchilari
8. Elektr ta’minlovchi blok
Tizimli blok bu kompyuterning eng asosiy qismi. Uning ichida ona platasi, mikroprosessor, Qattiq disk yoki vinchester, tezkor va kesh xotira mikrosxemalari,elektron sxemalar yoki kontrollerlar yoki adabterlar, elektr ta’minlovchi blok va disk yurituvchilari joylashadi. Bu Tizimli blokga hamma tashqi qurilmalar boglanadi va u ularning ishini ta’minlaydi.
Sistema blokning asosiy qismlari:
Mikroprosessor yoki prosessor- Kompyuterning miyyasi. Kompyuter ishini boshqarish, barcha hisob-kitoblar va buyruqlarni bajarilishini ta’minlaydi. U kichikina, to`rtburchak elektron sxema sekundiga bir necha yuz million amallarni bajaradi. Uning tezligi Megagerslarda hisoblanadi va prosessor nomidan keyin yoziladi, masalan Pentium 700
|
| |