|
Qanday yordam so'rashni bilmaslik
|
bet | 73/74 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 37,16 Mb. | | #147871 |
Bog'liq Ishchi amaliy.1 4. Qanday yordam so'rashni bilmaslik
Albatta har qanday yangi narsani o'rganayotganda mentoringiz bo'lishi bu juda yaxshi. Lekin savollarni qachon va qanday berishni ham bilish kerak. Asosiysi mentoringizdan qanday javob kutish mumkinligini aniq bilish.
Siz kutgan va kerakli javobni olish uchun quyidagilarga e'tibor qaratish kerak:
Harqanday savolni birinchi Googlega berib ko'ring.
Savolni to'g'ri ifoda etayotganingizga ishonch hosil qiling.
Savolni kichikroq savollarga bo'lib oling. Misol uchun, mentoringiz oldiga borib butun bir misolni qanday ishlashni so'rash to'g'ri bo'lmaydi. Uni kichikroq bo'laklarga bo'lib, bu misolni ishlash uchun qaysi ma'lumot turidan foydalansam bo'ladi degan savol berilsa, javob ham ancha aniq va siz kutgandek bo'ladi.
Mentoringizdan umumiy va abstrakt javob olishga tayyor bo'ling.
5. Dasturlash faqat kod yozishdan iborat deb o'ylash
Ko'p yosh dasturchilar dasturning kodini yozishga shoshiladilar va ko'p holatlarda shoshqaloqlik qilib o'z kodlari ichida adashib qolishadi va tushkunlikka tushib qolishadi. Aslida esa dasturlash bu faqat kod yozish degani emas. Dasturlash bu — muammoni aniqlash, tadqiqotlar o'tkazish, yechimlarni topish va keyinchalik ularni sinab ko'rishdan iborat bo'lgan jarayon.
Maktabda oqigan paytlarimiz biror bir mavzuni to'laligicha tushunib olmasak keyingi mavzularni ham tushunmay qolamiz deb o'rganib qolganmiz. Lekin dasturlashni o'rganishda hamma narsani ham 100% o'rganishning iloji bo'lmay qolishi mumkin. Asosiysi umumiy tushunchalarni yaxshilab tushunib olish. Baʼzan, bu mavzuni 100% tushunmaganingizni to'g'ri qabul qilishingiz kerak bo'ladi.
7. Ma'lum darajaga yetgandan so'ng o'rganishni to'xtatib qo'yish
Dasturlash, har kuni yangi narsalar chiqib, kundan kunga rivojlanib borayotgan soha. Shunday ekan uni to'liqligicha o'rganishning ilojisi yo'q. Hech qachon biror bir kursni tamomlab, endi shu o'rganilgan narsalar bilan bir necha yillar davomida ishlab yurib bo'lmaydi. Buning iloji yo'q. Bu soha sizdan har kuni yangi narsalar o'rganishni va uni hayotga tatbiq qilishni talab qiladi. O'rganishdan to'xtasangiz, bir kun tongda uyg'onasiz va endi dasturchi emasligingizni tushunasiz.
|
| |