82
MOBIL TARMOQLAR: OSI MODELI, TCP VA UDP
PROTOKOLLAR
G`ayratov Zafar
Toshkent
axborot
texnalogiyalari
universiteti Samarqand filiali
Najmiyev Mirjalol
Toshkent
axborot
texnalogiyalari
universiteti Samarqand filiali
Annotatsiya:
Maqolada, mobil tarmoqlarning tarixi va joriy holati haqida ma'lumot
beriladi. Bundan tashqari, mobil tarmoqlarning texnologik rivojlanishlari, xususan, 4G va 5G
texnologiyalari muhokama qilinadi. 4G texnologiyasi, yuqori tezlik va boshqa ishlarni bajara
olgan, 5G texnologiyasi esa yuqori tezlik va past kechikish vaqti orqali yuqori darajada
rivojlangan tajribani ta'minlaydi. Maqolada ayniqsa, mobil tarmoqlarning kelajakdagi
yo'nalishlari haqida ma'lumot beriladi. Bu yo'nalishlar o'z ichiga aqlli shaharlar, internetdagi
obyektlar, virtual va qo'shimcha ta'sirli texnologiyalar, va sun'iy intellektli ilovalarni o'z ichiga
oladi. Ushbu texnologiyalar, mobil tarmoqlarning yana bir bosqichi rivojlanishiga va
ulanishining kengayishiga olib kelishi kutiladi. Hamda mobil tarmoqlarning muqobilliklari
haqida ma'lumot beriladi.
Kalit so’zlar: mobil tarmoqlar, 4G va 5G texnologiyalari, yuqori tezlik, obyekt, past
kechikish, tarmoq, sun'iy intellekt.
Tarmoq
- bu ikki yoki undan ortiq qurilmalarni bog'lanishidan
hosil
bo'ladigan aloqadir. Bunga misol qilib ixtiyoriy narsa olish mumkin. Masalan bir
kompyuterdan boshqasiga ma'lumot uzatish yoki bir necha kishilik yoki jamoaviy
o'yinlarni o'ynash imkoniyati mavjud. 2ta insonni telefon orqali suhbat qurishida
ham asosi sifatida tarmoq yotadi. Qisqacha aytadigan bo'lsak,
har qanday
qurilmani boshqa qurilmalar bilan aloqa qilishida tarmoq tushunchasi yotadi.