Mobil tarmoqlarning rivojlanish tarixi




Download 41,67 Kb.
bet2/3
Sana24.05.2024
Hajmi41,67 Kb.
#252767
1   2   3
Bog'liq
1-5-6G

Mobil tarmoqlarning rivojlanish tarixi. Barcha istovchilarga uyali aloqa xizmatlarini taklif etgan birinchi radiotelefon aloqasi tizimi 1946 yilda Sent-Luis shahrida (AQSh) o’z ishini boshladi. Bu tizimda qo’llanilgan radiotelefonlar oddiy 76 qayd etilgan kanallarni ishlatgan. Agar kanal band bo’lsa, abonent qo’lda boshqa bo’sh kanalga qayta ulangan. Apparatura juda katta va ishlatishda noqulay bo’lgan. Markaziy radiotugun juda katta quvvatli yuqori chastotali signallarni 100 km masofalarga uzatgan.
Turli mamlakatlardan olimlar va muhandislar amaldagi mobil tizimni yanada rivojlantirishgaharakat qila boshlashdi. 1940-yillarning o’rtalarida AT&T Amerika kompaniyasining Bell Laboratories tadqiqotlar markazi butun xizmat ko’rsatiladigan hududni uncha katta bo’lmagan oraliqlarga bo’lish g’oyasini taklif etdi, ular sotalar, (ingl. Cell- yacheyka) deyila boshlandi.
1971-yilda AT&T Bell Laboratories, Murray Hill, N.J. kompaniyalarida AMPS mobil telefon tizimi eng afzal arxitekturasi sifatida sotali tizim konsepsiyasi taklif etildi. G’oya qiziqarli bo’ldi va asosiy stansiyani katta balandlikka tog’ning ustiga, uning pastroq quvvatli stansiyalari yerga sathiga yaqin kenglikka joylashtirish bo’ldi. 1-rasm. Mobil tarmoq evolutsiyasi
1970-yillarning oxirlarida 5 ta shimoliy yevropa davlatlari - Shvesiya, Finlyandiya, Islandiya, Daniya va Norvegiya uchun yagona sotali aloqa standartini yaratish bo’yicha ishlar boshlandi, u
NMT-450 (Nordic Mobile Telephone) nomini oldi va 450 MGs diapazonda ishlash uchun mo’ljallandi. Birinchi NMT-450 tizimlarini ishlatish 1981-yilda boshlandi, lekin bir oy oldin NMT-450 standarti mobil aloqa tizimi Saudiya Arabistonida ishga tushirildi. 77 NMT-450 standarti asosidagi tarmoqlar va ularning modifikatsiyalangan versiyalari Avstriya, Gollandiya, Belgiya, Shveysariyada, shuningdek JanubiySharqiy Osiyo va Yaqin Sharq davlatlarida foydalanila boshlandi. Bu standart asosida
1985-yilda 900 MGs diapazonidagi NMT-900 standarti ishlab chiqilgan bo’lib, u tizimning funksional imkoniyatlarini kengaytirishga va tizimning abonentlar sig’imini sezilarli oshirishga imkon berdi.
1983-yilda AQShda qator dala sinovlaridan keyin Bell Laboratories tadqiqotlar markazida ishlab chiqilgan AMPS (Advanced Mobile Phone Service) standarti tarmog’i tijorat ishlatishga tushirildi. 1985 yilda Buyuk Britaniyada milliy standart sifatida AMPS standarti asosida ishlab chiqilgan TACS (Total Access Communications System) qabul qilindi. 1987 yilda sotali aloqa abonentlarining keskin ortishi bilan ishchi chastotalar polosalari kengaytirildi. Bu sotali aloqa standartining yangi versiyasi ETACS (Enhanced TACS) nomini oldi.
Boshqa yevropa davlatlaridan farqli ravishda Fransiyada 1985-yilda Radiocom-2000 standarti qabul qilindi. 1986-yildan boshlab Skandinaviya davlatlarida NMT-900 standarti qo’llanila boshlandi.
Aloqa va signallarga ishlov berish sohasidagi eng yangi texnologiyalar va ilmiy kashfiyotlardan foydalanish 1980-yillarning oxirlariga kelib, mobil aloqa tizimlarini rivojlantirishning yangi bosqichi – signallarga raqamli ishlov berish usullariga asoslangan ikkinchi avlod tizimlarini yaratishga o’tishga imkon berdi, aynan ularga LTE standarti kiradi.

Download 41,67 Kb.
1   2   3




Download 41,67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mobil tarmoqlarning rivojlanish tarixi

Download 41,67 Kb.