Mobil tarmoqlarning biz foydalanayotgan hozirgi ko’rinishi 1980-yillardan paydi bo’lib, rivojlanishni boshlagan. Ungacha atm va isdn texnalogiyalari orqali abonetlar o’rtasida asofaviy aloqa ta’minlangan




Download 41,67 Kb.
bet1/3
Sana24.05.2024
Hajmi41,67 Kb.
#252767
  1   2   3
Bog'liq
1-5-6G


MOBIL TARMOQLARNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI, PAYDO BO’LISH TARIXI VA UNING KELAJAKDAGI ISTIQBOLLARI Kilichov Jasur Ruzikulovich TATU Samarqand filiali oliy toifali o’qtuvchisi Almardonov Asliddin Faxriddin o’g’li TATU Samarqand filiali III bosqich talabasi Annotatsiya: Globallashgan zamonaviy dunyoning ajralmas xususiyati harakatdagi aloqadan keng foydalanish hisoblanadi. Ya’ni mobil qurilma va texnalogiyalardan. Hozirgi vaqtda hayotimizni mobil telefonlar va internetsiz tassavur qilish juda qiyin. Kundalik hayotda doimiy foydalanayotgan bu kabi barcha qurilma va hizmatlar birlashib mobil tarmoqlarni tashkil etadi. Oddiy abonetlarga buning qanday tuzulgani qiziq bo’lishi tayin. Ushbu maqolamizda esa mobil tarmoqlarning rivojlanish bosqichlari, paydo bo’lish tarixi va kelajakdagi istiqbollari haqida so’z boradi. Kalit so’zlar: mobil aloqa, 1G, 2G, 3G, 4G va 5G, texnologiya, internet, LTE, ARM, xizmat, ISDN, IP, keng polasali tarmoq, avlod (generation), GPS, Radiocom-2000, standart, MMS, SMS.
Raqamli mobil aloqa vositalari zamonaviy telekommunikatsiya tizimlari tarkibiga kiruvchi, har qanday masofaga, berilgan sifat parametrlari bilan, turli xabarlarni uzatish va qabul qilishni ta’minlovchi murakkab texnik vositalarning majmuasidan iborat. Radioaloqa – bu xabarni elektromagnit to‘lqinlar vositasida simsiz uzatishdir. Radioning ixtirochisi A.S. Popov bo‘lib, u birinchi marta 7 may 1895-yilda signalni radio orqali uzatishni amalga oshirdi. O‘tgan davr mobaynida radioaloqa sohasi jadal sur’atlar bilan rivojlandi va insoniyat taraqqiyotiga beqiyos ilmiyamaliy, texnika, mudofaa va gumanitar progressni olib kirdi.
Mobil tarmoqlarning biz foydalanayotgan hozirgi ko’rinishi 1980-yillardan paydi bo’lib, rivojlanishni boshlagan. Ungacha ATM va ISDN texnalogiyalari orqali abonetlar o’rtasida asofaviy aloqa ta’minlangan. Hozirgi kungi mabil aloqa tarmoqlarida ATM va ISDN texnalogilari negizida tashkil etilgan bo’lib, tarmoq qurilishida ular hali ham qo’llaniladi. Asenkron uzatish rejimi (ATM) texnologiyasi keng tarmoqli ISDN (BISDN) tarmoqlari deb nomlangan integratsiyalangan xizmatlar tarmoqlarining yangi avlodi uchun yagona universal transport sifatida ishlab chiqilgan. Ishlab 75 chiquvchilarning rejalariga ko’ra, ATM tomonidan taqdim etiladigan bir xillik, bitta transport texnologiyasi bir nechta quyidagi imkoniyatlarni ta’minlay olishidan iborat bo’ladi, ya’ni ushbu texnologiyani iloji boricha ko’p qirrali qilish maqsad qilingan edi. Asenkron uzatish rejimining texnologiyasining asosiy g’oyasi ancha oldin ilgari surilgan edi - bu atama Bell Labs tomonidan 1968 yilda paydo bo’lgan. O’sha paytda ishlab chiqilgan asosiy texnologiya TDM texnologiyasi bo’lib, u sinxron kommutatsiya texnikasiga ulangan kadrdagi baytlarning tartib raqamiga asoslangan edi. Sinxron uzatish rejimi (STM) texnologiyasi deb ham ataladigan TDM texnologiyasining asosiy kamchiliklari kanallarning umumiy tarmoqli kengligini subkannellar o’rtasida qayta taqsimlashning mumkin emasligidir. Subkanalda foydalanuvchi ma’lumotlari uzatilmaydigan vaqt oralig’ida, jamlangan kanal hali ham nollarga to’ldirilgan ushbu kanalning baytlarini uzatadi. ISDN texnologiyasi -Ushbu nom 1981 yilda XI CCITT tomonidan taklif qilingan. ISDN-ning asosiy maqsadi - ma’lumotni abonentning simli liniyasi orqali 64 kbit / s gacha tezlikda uzatish va o’rnatilgan telekommunikatsiya xizmatlarini (telefon, faks va boshqalar) taqdim etish. Buning uchun telefon simlaridan foydalanish ikkita afzalliklarga ega: ular allaqachon mavjud va terminal jihozlarini elektr bilan ta’minlash uchun ishlatilishi mumkin. 64 kbit / s standartini tanlash quyidagi mulohazalar bilan belgilanadi. 4 kHz chastota diapazoni bilan Kotelnikov teoremasiga binoan, namuna olish chastotasi kamida 8 kHz bo’lishi kerak. Bu tehnalogiyaning dastlabki ko’rinishi foydalanuvchilarga sifatli aloqani ta’minlab bergan. ISDN tarmog’i quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: • tarmoq terminali qurilmalari (NT, ingliz Tarmoq terminali qurilmalari)
• chiziqli terminal qurilmalari (LT, Eng. Line Terminal uskunalari)
• terminal adapterlari (TA, eng. Terminal adapterlari)
• Abonent terminallari Abonent terminallari foydalanuvchilarga tarmoq xizmatlaridan foydalanishni ta’minlaydi.
Terminallarning ikki turi mavjud: TE1 (ixtisoslashtirilgan ISDN terminallari), TE2 (ixtisoslashmagan terminallar). TE1 ISDN tarmog’iga to’g’ridan-to’g’ri ulanishni ta’minlaydi; TE2 terminal adapterlaridan (TA) foydalanishni talab qiladi.

Download 41,67 Kb.
  1   2   3




Download 41,67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mobil tarmoqlarning biz foydalanayotgan hozirgi ko’rinishi 1980-yillardan paydi bo’lib, rivojlanishni boshlagan. Ungacha atm va isdn texnalogiyalari orqali abonetlar o’rtasida asofaviy aloqa ta’minlangan

Download 41,67 Kb.