• Aql-idrok – kognitiv qobiliyatlarning namoyon bo‘lishi.
  • Modern problems and prospects of development of energy supply of digital technology facilities




    Download 0,59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/4
    Sana17.05.2024
    Hajmi0,59 Mb.
    #239685
    1   2   3   4
    Bog'liq
    raqamli-texnologiyalar-sohasida-sun-iy-intellektning-o-rni-va-ta-limi-yaratilayotgan-imkoniyatlar-va-yangi-loyihalar

    Ключевые слова: 
    Искусственный интеллект, инновации, кибербезопасность, 
    виртуальный, оптимизация, интеллект, цифровые технологии, когнитивные функции. 
    Raqmli texnologiyalar bugungi kunda deyarli barcha sohalarni qamrab olgan hisoblanadi. 
    Raqamli texnologiyalar sohasida ayniqsa sun’iy intellektning o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi. 
    Intellekt (lotincha intellectus-sezish, idrok etish, anglash, tushunish) yoki aql-psixalogiyasining 
    yangi vaziyatga moslasha olish, eslab qolish hamda tajriba asosida o‘rganish qobiliyatidan iborat 
    bo‘ladi. O‘z ongi orqali tabiat va atrof muhitga o‘z ta’sirini o‘tkazish hisoblanadi. Aql-idrok
    odatda, inson psixalogiyasining xususiyati sifatida tushuniladi, bunga tashqridan olinadigan 
    ma’lumotlarni to‘g‘ri talqin qilish va yangi vaziyatlarga moslashish imkonini beradi. Insonning 
    kognitiv qobiliyatlari yoki kognitiv funksiyalari bor – bu miyyaning eng yuqori funksiyalari bo‘lib, 
    ular odamni tashqi dunyo bilan bog‘laydi, bu sizga u haqida tasavvurga ega bo‘lish va u bilan 
    o‘zaro munosabatda bo‘lish imkonini beradi. Kognitiv qobiliyatlarga fikrlash, nutq, o‘rganish va 
    kosmosga yo‘naltirish va boshqlar kiradi. 
    Aql-idrok – kognitiv qobiliyatlarning namoyon bo‘lishi.
    Aql-idrokka ta’rif berishda 
    “kognitiv funksiyalar” va “ijodiy funksiya” atamalaridan ham foydalanish mumkin, chunki bilish 
    ijodkorning muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. Inson aql-zakovati unga mavjud bo‘lganidan 
    tashqari yangi narsa yaratish, ya’ni ijodiy funksiyani amalga oshirish imkoniyatini beradi. 


     
    INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SCIENCE AND INNOVATION
    SPECIAL ISSUE: "MODERN PROBLEMS AND PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF ENERGY 
    SUPPLY OF DIGITAL TECHNOLOGY FACILITIES", MARCH 1, 2024 
    631
    Sun’iy intellekt
    – bu sun’iy intellekt tizimlarining kognitiv funksiyalarni namoyon qilish 
    qobiliyati, ya’ni o‘rganish, shu jumladan o‘z tajribasidan, berilgan parametrlarga moslashish va 
    ilgari faqat odamlar (yoki undan yuqori bo‘lgan hayvonlar) uchun mavjud bo‘lgan vazifalarni 
    bajarish. Sun’iy intellekt masalasi mashhur va sun’iy intellekt texnologiyalari faol amalga oshirilib 
    kelinmoqda. Masalan: 
    1. Rossiya atom elektrstansiyalari amalda qurilishi va undagi uranni boyitib olinganligini 
    aniqlashda sun’iy intellekt texnologiyalarining qo‘llanishi, hodimlarning shaxsiy himoya 
    vositalaridan foydalanishini baholashga qaratilgan loyiha, ya’ni mashinani ko‘rish tizimi. 
    2. Atom energetikasi sohasida nazoratga qaratilgan loyihalar turbinali generatorlarning 
    samaradorligini kuzatish va aniqlash orqali uskunalarni ishlab chiqarish va reaktorlardagi 
    nuqsonlar va yoriqlarni aniqlash amalga oshirildi. 
    3. Sun’iy intellekt ilovalarini tahlil qilish va ulardan foydalanadigan tarmoqlar tavsifi 
    sun’iy intellektni amalga oshirish jarayonlarini rejalashtirish va optimallashtirish mumkin bo‘lgan 
    elektr-energetikaga ixtisoslashga kompaniyalar tomonidan texnologiyalarni ishlab chiqilishi. 
    4. Sun’iy intellektning yangi tarmoqlari: ChatGpt, OpenAI va yana boshqa ko‘plab 
    ilovalarning ishlab ishlab chiqarilishi insonlarning dastur kodlarni yozish, rasmlar chizish, hattoki 
    insonlarga qo‘shimcha fikr bera oladigan versiyalarining ishlab chiqarilishi. 
    5. Raqamli texnologiyalarning rivojlangan bosqichida uchuvchisiz uchish moslamalari, 
    dronlar va haydovchisiz boshqariladigan avtomobillar aynan sun’iy intellekt mahsuli hisoblanadi. 
    Bugungi kunga kelib dunyoga mashhur BYD kompaniyasi o‘zi ishlab chiqarayotgan 
    avtomobillariga Muhlisa AI nomli sun’iy intellektni raqamli texnologiyalar yordamida kiritib 
    kelmoqda. Buni ishlash tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
    1. Haydovchisiz boshqaruv imkoniyati. 
    2. Tezlikni qatnov qismidagiga avtomatik sozlash. 
    3. Haydovchi yo‘lga e’tiborsiz bo‘lganda avtomobil avtomatik boshqaruvni amalga 
    oshiradi 

    Download 0,59 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0,59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Modern problems and prospects of development of energy supply of digital technology facilities

    Download 0,59 Mb.
    Pdf ko'rish