xalqaro axborot makoniga kirish va ma’lumotlar
olishiga keng imkoniyatlar yaratadi va o‘z o‘rnida
undan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida turli xil
“ergonomik” kasalliklarni
kelib chiqishiga sabab
bo‘ladi. Masalan, 1992 yillarda AQSHda ishlab
chiqarishdagi
kasb
kasalliklarining
50
foizini
“ergonomik” kasalliklar tashkil etgan va bu bevosita
mamlakatda
kompyuterlashtirish
tizimini
rivojlantirish bilan bog‘liq holda yuzaga kelgan.
Kompyuterlardan foydalanishda inson sog‘ligiga
ta’sir etuvchi asosiy xavfli va zararli omillar tarkibiga
elektr toki, elektromagnit, infraqizil,
ultrabinafsha
nurlanishlar va shovqin kiradi. Ular bevosita insonga
psixofiziologik ta’sir etadi.
Infraqizil nurlar inson tanasining qizishiga, tana
haroratining oshishiga, ultrabinafsha
nurlar esa teri
osti to‘qimalarida biologik o‘zgarishlar vujudga
kelishiga, elektromagnit nurlanishlar markaziy nerv
tizimi faoliyatini buzilishiga olib kelishi mumkin.
Bundan tashqari, yuqori dozadagi nurlanish ta’sirida
“Nur kasalligi”
kelib chiqishi, insonda genetik
o‘zgarishlar sodir bo‘lishi, pushtsizlikka olib kelishi,
ona qornidagi homilaning rivojiga salbiy ta’sir etishi
ham mumkin. Nurlanishning inson sog‘ligiga
ta’sirining dastlabki ko‘rinishlari kamdarmonlik,
charchash,
tez toliqish, bosh og‘rig‘i, uyqu kelishi,
puls va qon bosimining kamayishi, keyinchalik tana
haroratining ko‘tarilishi,
qayd qilish holatlarida
bilinadi.
Kompyuterlarda
yuzaga
keladigan
nurlanishlardan himoyalanishda birinchi navbatda
monitor to‘g‘ri tanlanishi lozim. Hozirgi kunda MPR-
II,
TSO-92,
TSO-95
standartlari
orqali
kompyuterlarda yuzaga keladigan elektrik va magnit
nurlanishlarga aniq va qattiq talablar o‘rnatilgan.
7.2-jadval
Chastota diapozoni
MPR-II standarti
bo‘yicha
TSO-92 standarti
bo‘yicha