|
TALABA BILIMINI MUSTAHKAMLASH UCHUN NAZORAT SAVOLLAR
|
bet | 17/19 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #229679 |
Bog'liq ZDT qo\'llanmaTALABA BILIMINI MUSTAHKAMLASH UCHUN NAZORAT SAVOLLAR
1. CorelDraw 2018 dasturining umumiy tuzilishi.
2. Dastur ishga tushirilgandan keyingi ishlar.
3. Xotirada bir nechta usullarda saqlash yo‘llari.
4. Menyuning Файл (File) va Импортировать (Import) buyrug`i.
5. CorelDRAW dasturida import qilingan tasvirlarni o‘zgartirish.
6. Импортировать (Import) ro‘yxatidan foydalanish.
7. CorelDrawning ishlash prinsiplari.
4-MAVZU: 3DS-MAX DASTURIGA KIRISH. 3DS-MAX DASTURINING QO‘SHIMCHA IMKONIYATLARI.
Reja:
3DS-MAX dasturi haqida tushuncha.
.3DS-MAX dasturini o‘rnatishga qo‘yiladigan minimal talablar.
3DS-MAX dasturi boshqaruv elementlari bilan ishlash.
3DS-MAX dasturida turli ob’ektlarni jarayonlarni modellashtirish.
3DS-MAX dasturida materiallar va ular bilan ishlash.
3DS-MAX dasturida turli ob’ektlarni jarayonlarni harakatga keltirish.
Tayanch tushunchalar: 3DS-MAX, NURBS, PF Source, Spray, Cebas, Explorer, Extrude, Lathe, Bevel Profile, Blizzard, Autodesk Raytracer (ART)
3DS-MAX dasturi haqida tushuncha: 3D Studio MAX uch o‘lchovli modellashtirish va ko‘rgazmali namoyish qilishning (vizualizasiya) yangicha bosqichi hisoblanadi. Bu dastur yordamida yuqori sifatli animasiya va uch o‘lchovli modellarni professional darajada yaratish mum kin. Bunda siz ikki o‘lchovli va uch o‘lchovli ob‘yektlarni qo‘llashingiz mumkin.
Bu dastur yordamida yuqori sifatli multiplikasion filmlar, ma’lum fanlar bo‘yicha ko‘rgazmali dasturlar tuzish mumkin. 3D Studio MAX da ob‘yektlarni qurish maydoni (viewport)da yaratasiz. Bu- ning uchun siz kerakli asbobni tanlab, kursorni qurish maydoniga keltirganingizda kursor shakli o‘zgaradi. Sichqoncha yordamida ob‘yektning o‘lchovlarini berasiz. Yaratilgan ob‘yektlarda kino effektlar yaratish uchun maxsus kamera va yoritgich asboblarini qo‘llashingiz mumkin. Ob‘yekt sirti uchun turli material tanlashingiz mumkin, ya’ni unga masalan shaffof yoki g‘adir-budir sirt berishingiz mumkin bo‘ladi. Qurish maydonida yaratilgan ob‘yektlami harakatlantirib, kichik animasiya hosil qilish mumkin. Buning uchun {Animasiya} tugmasini bosib, kadrlarni o‘zgartirgan holda ob‘yektni harakatlantirish bilan oxirgi kadrga kelinadi. So‘ngra animasiya panelidan {Play} tugmasi bosiladi. Natijada kadrlar almashinib, animasiya hosil bo‘ladi.
Bu yaratilgan animasiyani fayl ko‘rinishida komp‘yuter xotirasida saqlash va istalgan video tasvirlarni o‘qiy oladigan dastur yordamida o‘qishimiz mumkin. Fayl *.avi kengaytmali formatda saqlanadi. Foydalanuvchi interfeysi haqida Ma’lumot Birinchi navbatda siz 3 Ds Max dasturini ishga tushirganda uning asosiy ekraniga ko‘zingiz tushishi mumkin. Agar siz yangi foydalanuvchi interfeysini bilmaydigan bo‘lsangiz, unda dastlab qurilmalarini ko‘rib chiqishingiz hamda ular bilan atroflicha tanishishingiz lozim. Siz interfeysning dastur elementlardan tashkil topganligini, ya’ni, bir xil turdagi buyruqlarni guruhlanganligini ko‘ring va ishonch hosil qiling.
|
| |