• Kadrlar zaxirasini shakllantirish asoslari.
  • Tayanch iboralar
  • 1.1. Kadrlar menejmentining maqsadi va vazifalari. Kadrlar menejmentining asosiy modellari.
  • Module 13 Organization of enterprise management




    Download 314,5 Kb.
    bet1/9
    Sana11.12.2023
    Hajmi314,5 Kb.
    #115479
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Lecture 13
    KURS ISHI YAKUNI, alphabet (1), Психология фанларини укитиш методикаси, 9-amaliy, 7-8-amaliy, Yaxlit pedagogik jarayon, Matematika 2-sinf 1-chorak monitoring, Mustaqil ish.H.Jumayeva, bejik, 801-Текст статьи-1973-1-10-20200117, 4-sinf texnologiya darsining 1 ta mavzusiga krassvord tuzish, Elektromagnit maydon uchun Maksvell tenglamalari, 4 nodirbek, Document, 5ғМаъоуза (1)


    13- modul. Korxonani boshqarishni tashkil qilish.
    Module 13 Organization of enterprise management.


    1. Kadrlar zaxirasini shakllantirish asoslari.


    2. Tashkiliy tuzilma va uni samarali tashkil etish
    3. Kadrlar texnologiyasi

    1. Kadrlar zaxirasini shakllantirish asoslari.

    1. Kadrlar menejmentining maqsadi va vazifalari. Kadrlar menejmentining asosiy modellari.


    2. Kadrlarni zahirasini shakllantirish strategiyasi.
    3. Kadrni tanlash tizimi, zahiraga kiritish mezonlari.
    4. Kadrlar zaxirasini shakllantirish va uzluksiz ishlash mexanizmini ta’minlash.


    Tayanch iboralar: menejer, rahbar, boshqaruvchi, kadrlar zaxirasi, menejment modellari, yangi avlod kadrlari, professional kishilar, kasbiy malaka, kadrlarni zaxirasi tizimi, shtat jadvali, karьera, xizmat pila-poyasida siljib borish, ko’nikmalar, qobiliyatlar, malakaviy imkoniyatlar, tashkiliy kompetentsiya, kadrlar strategiyasi, kadrlarni zaxirasi siyosati, kadrlar istiqboli.


    1.1. Kadrlar menejmentining maqsadi va vazifalari. Kadrlar menejmentining asosiy modellari.
    Menejmentga konkret boshqaruvchilik say-harakatlari majmui sifatida qaralsa, uning mazmuni quyidagicha talqin etilishi mumkin. Menejment formal tashkilotlar faoliyatini uyushtirish va rivojlantirishda muhim ahamiyatga molik ijtimoiy faoliyat turidir. Ushbu faoliyat sohasida erishilgan yuksak malaka va mahorat, hech shubhasiz, san’at darajasidagi yutuq sifatida e’tirof etilishi mumkin. Menejment san’at turi sifatida talqin etilsada, bu sohada yuksak mahoratga ega bo’lmoqlik uchun mazkur faoliyat turiga asos bo’lguvchi kontseptual g’oyalar, nazariy printsiplarni puxta o’zlashtirish va ish uslubiyatini amaliy jihatdan doimiy ravishda takomillashtirmoqlik zarur.
    Ko’plab kompaniyalarning o’z strategik maqsadlariga erishish mahorati ulardagi bo’linmalar va xodimlarning kompaniya oldiga qo’yilgan maqsadlariga erishish yo’lida hamkorlikda ishlashlarini ta’minlashga yordamlashish maqsadida mukammal strategik tenglashuvni amalga oshirishdan manfaat ko’radi1.
    Kontseptual malakalar – tashkilotni bir butun deb va ayni paytda uning qismlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni aniq ajratgan holda tasavvur etadigan insonning kognitiv (bilim orttirish) qobiliyatidir. SHunday malakalar qatoriga menejerning fikrlashi, uning kelib tushayotgan axborotlarni idrok eta bilishi va rejalashtirish qobiliyati kiradi. Menejer firmadagi har bir bo’limning tashkilotdagi rolini, kompaniyaning sohadagi o’rnini va uning jamiyatdagi hamda ancha keng amaliyot va ijtimoiy doiradagi rolini aniq tasavvur qilishi kerak. Bu boshqa xil narsalardan tashqari strategik fikr yuritishni, ya’ni tashkilotning uzoq muddatga mo’ljallangan kelajagini chamalash qobiliyatini ham nazarda tutadi. Kontseptual malakalar hamma menejerlarga zarur, ammo ular tashkilotning oliy darajadagi rahbarlari uchun alohida ahamiyatga ega. Ular paydo bo’ladigan har bir holatning mazmunini tez ilg’ab, muhim omillarni ajratib, voqeaning keyingi rivojini oldindan ko’ra bilishlari kerak. Masalan, Michrosoft Corporation dastur ta’minoti asosiy ishlab chiqaruvchisining tizimi va faoliyati tashkil etilishi uning asoschisi Bill Geytsning kontseptual malakasini aks etdiradi. Biznesning aniq shakllantirilgan maqsadi uning barcha xodimlariga ma’lum. Michrosoft milliard-milliard daromad olib, o’zining soha lideri degan obro’sini mustahkamlab turadi. Geytsning o’zi kompaniyaning (masalan, dasturlashtirishga ixtisoslashayotgan) yakka-biznes faoliyatini muvofiqlashtirishda faol qatnashadi va ayni paytda eng kuchli menejerlarga qo’shimcha huquq berib, o’z kontseptsiyasini (nuqtai nazarini) rivojlantiradi. Michrosoftning AQSHdagi sotish va marketing bo’yicha vitse-prezidenti katta Skott Oki ta’kidlaganidek, “Kompaniyaning har bir qismi o’z shaxsiy hayoti bilan yashaydi, Bill Geyts esa ularni bir-biriga birlashtiruvchi olim vazifasini bajaradi”. Professional rivojlanish mag’lubiyatsiz vaziyat (win-win situation) ni yaratib bilganligi bois globallashuv uchun muhim ahamiyatga egadir. Xodim tashkilotning o’z xodimlarini mahorat va kompetentsiyalar bilan ta’minlay olishini his etadi. Bundan tashqari, tashkilot professional rivojlanish dasturlaridan foydalana olgan xodimlarning orttirilgan mahoratlari va aloqalaridan manfaat ko’radi2.
    Menejer tashkilot ierarxiyasining yuqori pog’onasiga tomon ko’tarilishiga qarab, u o’zining kontseptual malakalarini rivojlantirishga ko’proq e’tibor berishi kerak. Aks holda uning “Piramida” cho’qqisi tomon yo’li cho’qqining quyi ostonasida tugab qolishi mumkin. Masalan, katta injener tashkilotning rivojlanish strategiyasi to’g’risida o’ylamay, texnik muammolarga boshi bilan sho’ng’ib ketgan bo’lsa, unga kompaniya rahbarlik qilish vazifasi topshirganda uddasidan chiqaolmasligi mumkin. CHunki oliy darajadagi menejerlarning qaror qabul qilish, resurslarni taqsimlash va o’zgartirishlarni amalga oshirish kabi vazifalari keng nuqtai nazarni – fikr-mulohazlarni talab qiladi.
    Boshqaruv darajasi:

    Oliy menejerlar,
    O’rta bo’g’in menejerlari,
    Quyi bo’g’in menejerlari,
    Rahbarlik mavqeiga ega bo’lmagan xodimlar (personal)
    Hozirgi zamonda xorijiy mamlakatlarda boshqaruvchilik faoliyatining mazmun-mohiyatiga doir yangicha qarashlar
    Yangicha fikrlashning vujudga kelishiga sabab bo’lgan shart-sharoitlar:

    • ilmiy – texnik taraqqiyot ta’siri;

    • ilm-fan va ishlab chiqarish sohasidagi salohiyatning takomilga erishuvi natijasida paydo bo’lgan ilg’or g’oyalar tizimining shakllanishi;

    • ikkinchi jahon urushidan so’nggi davrda insonlarning ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi va progressiv texnologiyalar asosida tashkil etiladigan ishlab chiqarish sohalari katta ta’sirga ega bo’ldi;

    • ishlab chiqarish sohasida kichik va o’rta korxonalarning ko’proq ahamiyatga ega bo’lishi. Buning natijasida iste’molchilarning alohida ehtiyojlarini qondirish imkoniyati tug’iladi. O’z navbatida yangicha shart-sharoitlar taqozosiga ko’ra korxonalararo munosabatlar va aloqalar tizimi murakkablashadi.

    Bu vaziyatda biznes sohasida amalqiluvchi quyidagi mezonlarning ahamiyati toboro osha boshladi: ishlab chiqarish jarayonini talab va taklif munosabatlariga tezkorlik bilan moslashtira olish, faoliyatning dinamik xususiyatga egaligi va tashqi muhit talablariga javoban tezda moslasha olish.
    Yangicha nazariya asosini tashkil etuvchi g’oyalar tizimi (1970-80 yillar davomida shakllandi)

    • Korxona – ichki va tashqi muhit omillarining uzviy birligi sifatida e’tirof etiluvchi ochiq tizim demakdir;

    • Ishlab chiqarishda mahsulot hajmiga emas, balki sifatiga ko’proq ahamiyat berish; iste’molchilar (mijozlar) ehtiyojini qondirish ustuvor masala hisoblanadi;

    • Boshqaruvchilik sohasida masalaga vaziyatga qarab yondashuv printsipining tatbiq etilishi; shunga ko’ra, vaziyatga tezkorlik bilan va to’g’ri munosabat bildirish muhim ahamiyat kasb etadi;

    • Daromad keltiruvchi asosiy manba sifatida muayyan sohada tegishli bilim va malakaga ega insonlar e’tirof etiladi va ularning potentsial imkoniyatlarini to’liqligicha namoyon etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishiga katta e’tibor beriladi;

    • Tashkiliy faoliyatni uyushtirish sohasida yangiliklarni joriy etishga tayyorlik, xodimlarning ishchanligini oshirmoq uchun ular faoliyatini motivlashtirish, boshqaruv uslubini takomillashtirishga asoslangan yangicha boshqaruv tizimining tashkil etilishi.

    Yangicha paradigmaga asos qilib olingan boshqaruvchilik printsiplari:

    • xodimlarga nisbatan beg’araz, xolisona munosabatda bo’lish;

    • menejerlik faoliyatining samarali kechishi uchun mas’uliyatni his qila bilish;

    • firma faoliyatini uyushtirish uchun muhim sanalgan gorizontal va vertikal yo’nalishdagi aloqadorlikni (kommunikatsiyalar) o’rnatish;

    • firma xodimlarining shaxsiy imkoniyatlarini (qobiliyatlarini) to’liq namoyon etishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;

    • firma faoliyatining umumiy natijalarida har bir alohida xodimning shaxsiy hissasi ifodalanishiga erishmoqlik;

    • atrof muhitda ro’y beradigan har qanday o’zgarishlarga o’z vaqtida va munosib ravishda munosabat bildirish;

    • odamlar bilan ishlashda ularning o’z mehnat faoliyatidan qanoat hosil qilayotganini qilishiga alohida e’tibor berish;

    • menejerlarning hamkorlik rishtalarini o’rnatish niyatida ishchi guruhlari bilan bevosita ishlay bilishi;

    • menejer ish jarayonida kim bilan muloqotga kirishishidan qat’i nazar hammaning fikrini tinglay bilishi lozim;

    • menejment sohasida biznes etikasiga qat’iy amal qilish muvaffaqiyat garovidir;

    • insonlarga ishonish va ular bilan halol munosabatda bo’lish;

    • menejmentning quyidagi asoslariga tayanish: sifat, tejamkorlik, servis, fan yutuqlarini joriy etish, resurslar ustidan nazorat o’rnatish, personal bilan ishlash;

    • shaxsiy layoqat va salohiyatni uzluksiz takomillashtirish.


    Download 314,5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 314,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Module 13 Organization of enterprise management

    Download 314,5 Kb.