Ushbu chiqarilishdagi korporativ obligasiyalar bahosi (baholari) yoki joylashtirish bahosini belgilash tartibi




Download 142,55 Kb.
bet8/16
Sana07.08.2024
Hajmi142,55 Kb.
#269220
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
Ulug\'bek

Ushbu chiqarilishdagi korporativ obligasiyalar bahosi (baholari) yoki joylashtirish bahosini belgilash tartibi:
Obligasiyalarni joylashtirish narxi birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi oraliq davrlarning birinchi kunida nominal qiymati bo‘yicha sotiladi. Qolgan kunlarda esa obligasiyalar investorlar orasida obligasiyaning nominal kiymatiga tegishli oraliq davri uchun hisoblangan foiz daromadni qo‘shgan holda sotiladi.
Korporativ obligasiyalarni to‘lash shartlari va tartibi: Obligasiyalarni joylashtirish davomida obligasiya uchun to‘lovlar naqdsiz hisob-kitoblar orqali
O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi so‘mda amalga oshiriladi.
Bunda tashkil etilgan bozorlarda oldi-sotdi bitimlarini tuzish paytida ular yuzasidan hisob-kitob qilish muddatlari qimmatli qog‘ozlar savdosi tashkilotchisining qoidalari bilan, boshqa hollarda esa oldi-sotdi shartnomalari bilan belgilanadi.
Bank obligasiyalarni joylashtirishdan olingan mablag‘lar hisobini
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi me'yoriy hujjatlariga muvofiq yuritadi.
Obligasiyalar bo‘yicha pulsiz vositalar bilan to‘lovlar ko‘zda tutilmagan.
Obligasiyalarni joylashtirishni boshlanish sanasi – mazkur obligasiyalarning chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi xabar qonunchilikda belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalarida e'lon qilingan sanadan keyingi o‘n beshinchi kun. Agar obligasiyalarni joylashtirishning boshlanish sanasi bank hisob-kitob operatsiyalari uchun dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, bu holda obligasiyalarni joylashtirishning boshlanish sanasi ushbu kunlardan keyingi birinchi ish kuniga ko‘chiriladi.
Obligasiyalarning muomala muddati - obligasiyalarni joylashtirishni boshlanish sanasidan boshlab 1095 (bir ming to‘qson besh) kun.
Obligasiyalar muomalasiga doir bitimlar yozma shaklda amalga oshiriladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Tashkil etilgan bozorlarda oldi-sotdi bitimlarini tuzish paytida ular yuzasidan hisob-kitob qilish muddatlari qimmatli qog‘ozlar savdosi tashkilotchisining qoidalari bilan, boshqa hollarda esa oldi-sotdi shartnomalari bilan belgilanadi. Obligasiyalar O‘zbekiston
Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan fond birjasi yoki uyushgan birjadan tashqari savdo tizimlarida oldi-sotdi ob'ekti bo‘lishi mumkin.
Korporativ obligasiyalar bo‘yicha so‘ndirish va daromadlarni to‘lash shartlari.
Korporativ obligasiyalarni so‘ndirish shakli (pul vositalari, mol-mulk, ayirboshlash va hokazo): Obligasiyalarning so‘ndirilishi naqdsiz hisob-kitoblar orqali O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi so‘mda amalga oshiriladi.
Korporativ obligasiyalarni so‘ndirish muddatini o‘z ichiga olgan so‘ndirish tartibi va shartlari: Obligasiyalarni so‘ndirish sanasi, joylashtirishni boshlanish sanasidan boshlab 1095 (bir ming to‘qson besh) kun o‘tgandan keyin, 1096 (bir ming to‘qson oltinchi) kunida amalga oshiriladi. Obligasiyalarni so‘ndirilishi pul mablag‘i shaklida, obligasiyalarning muomala muddatining 1095 kuniga Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan shakllantirilgan obligasiya egalarining reestriga asosan to‘lab beriladi.
Korporativ obligasiyalarning har biri bo‘yicha to‘lanadigan daromadni belgilash tartibi (daromad miqdori yoki uni belgilash tartibi, shuningdek har bir kupon bo‘yicha to‘lanadigan daromad miqdori yoki uni belgilash tartibi):
Obligasiya egasi obligasiyaning nominal qiymatiga nisbatan belgilangan foizni (foizli daromadni) olish huquqiga ega.
Obligasiya buyicha foiz stavkasi oraliq davrning birinchi kuniga amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasiga (yillik hisobida) teng.

Download 142,55 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Download 142,55 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ushbu chiqarilishdagi korporativ obligasiyalar bahosi (baholari) yoki joylashtirish bahosini belgilash tartibi

Download 142,55 Kb.