|
Moliya fakulteti
|
bet | 11/16 | Sana | 07.08.2024 | Hajmi | 142,55 Kb. | | #269220 |
Bog'liq Ulug\'bekValyuta operatsiyalari — milliy qonunchilik yoki xalqaro shartnomalar bilan tartibga solingan valyuta boyliklari bilan bogʻliq boʻlgan bitimlar. "Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida"gi OʻzR Qonunining 6-moddasiga muvofiq, valyuta operatsiyalariga boʻlgan mulk huquqining va boshqa huquqlarning oʻzga shaxsga oʻtishi hamda valyuta boyliklarini toʻlov vositasi sifatida ishlatish bilan bogʻliq operatsiyalar; valyuta boyliklarini OʻzRda olib kirish va joʻnatish, shuningdek OʻzRdan olib chiqish va joʻnatish; xalqaro pul joʻnatmalarini amalga oshirish. "Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida"gi qonunning 7-moddasiga asosan, joriy xalqaro operatsiyalarga quyidagilar kiradi.
tashqi savdo, boshqa joriy faoliyat olib borilishi, shu jumladan xizmatlar koʻrsatilishi munosabati bilan, shuningdek odatdagi qisqa muddatli bank va kredit mexanizmlari ishlashi munosabati bilan toʻlanishi zarur barcha toʻlovlar;
kreditlarni, qarzlarni uzish uchun yoki toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar amortizatsiyasi uchun maqbul summalarni toʻlash;
savdo bilan bogʻliq boʻlmagan pul joʻnatmalarining maqbul summalari. Valyuta operatsiyalarini amalga oshirish
Valyuta operatsiyasini amalga oshirish uchun rezident tomonidan tijorat bankiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Bunda hujjat matni davlat yoki rus tilida bayon etilgan bo‘lishi, agar hujjat matni boshqa tilda bayon etilgan bo‘lsa, u legallashtirilgan yoki unga belgilangan tartibda apostil qo‘yilgan bo‘lishi hamda davlat yoki rus tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Mazkur hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng, tijorat banki tomonidan belgilangan tartibda valyuta operatsiyasi amalga oshiriladi.
Rezidentlar hujjatlarni elektron tizim orqali qabul qilish uchun dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan tijorat banklariga arizani elektron shaklda taqdim etishi mumkin. Bunda rezident valyuta operatsiyasi amalga oshirilishini nazarda tutuvchi hujjatning
(shartnoma, kelishuv, bitim va/yoki boshqa hujjat) yoki unga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning nusxalarini arizaga ilova qilishi lozim.
Bir valyuta operatsiyasi bo‘yicha barcha hisob-kitob va to‘lovlarni asosiy depozit hisobvarag‘i ochilgan tijorat banki orqali valyuta operatsiyasi shartlariga muvofiq amalga oshirish;
Valyuta operatsiyasi shartlariga o‘zgartirishlar kiritilganda (shartnomaning muddati uzaytirilishi, to‘lov muddatining kechiktirilishi, qarzni so‘ndirish jadvalining o‘zgartirilishi, qarzning to‘liq so‘ndirilishi yoki shartnomaning bekor qilinishi va boshqalar) tijorat bankini xabardor qilish.
Valyuta operatsiyasini amalga oshirishda tijorat banki:
Valyuta operatsiyalari hisobini yuritish uchun raqamlangan, ip o‘tkazib tikilgan va tijorat bankining muhri bilan tasdiqlangan jurnal yuritishi; amalga oshirilgan har bir valyuta operatsiyasi bo‘yicha mazkur Nizomda ko‘rsatilgan hujjatlar, to‘lov hujjatlari va boshqa zarur hujjatlarning nusxalari tikilgan yig‘majild yuritishi; hisob-kitob va to‘lovlarni valyuta operatsiyasi shartlariga muvofiq amalga oshirishi; O‘zbekiston Respublikasi tomonidan kafolatlanmagan xorijdan mablag‘ jalb qilish to‘g‘risidagi shartnomalar va ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar ijroga qabul qilingandan keyin 5 ish kuni ichida ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mazkur Nizomga muvofiq Markaziy bankka taqdim etishi. Valyuta operatsiyasini hisobga olish jurnalida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim: hujjat ijroga qabul qilingan sana; hujjatning raqami va sanasi; rezidentning nomi; valyuta operatsiyasining turi, summasi va valyutasi;
Rezidentning asosiy depozit hisobvarag‘i boshqa tijorat bankiga o‘tkazilgan taqdirda, keyingi valyuta operatsiyalarining hisobi rezidentning asosiy depozit hisobvarag‘i o‘tkazilgan tijorat banki tomonidan yuritiladi. Rezidentning valyuta operatsiyalari bo‘yicha hujjatlari tijorat banklari o‘rtasida tuziladigan qabul qilishtopshirish dalolatnomasi asosida o‘tkaziladi. Dalolatnomaga mazkur Nizomga muvofiq shaklda rezidentning yakunlangan valyuta operatsiyalari to‘g‘risidagi hamda boshqa tijorat banklaridan olingan ma’lumotlar ilova qilinadi.
Hozirgi davrda mamlakatimizda innovatsion texnologiyalardan foydalanuvchilar bilan bir qatorda bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish tizimlari (bankmijoz, internet banking, mobil-banking, sms-banking)dan foydalanuvchilar soni ham ortib bormoqda.
Axborot texnologiyalari yutuqlarini bank tizimi faoliyatiga dadillik bilan tadbiq etish, ular asosida mukammal dasturlar yaratish va bank xizmatlarini yo’lga qo’yishning mustahkam platformasi yaratildi. Ko’p o’tmay “Bank-Mijoz” dasturiy ta’minoti amaliyotga kiritildi.
Bu esa milliy to’lov tizimini yangi texnika va texnologiyalardan foydalangan holda mijozlarga o’z ish joylaridan turib, kompyuter va elektron aloqa tizimi orqali ayrim bank operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyatini yaratdi. Internet-banking xizmati orqali mijoz o’z ish joyida yoki boshqa o’ziga qulay sharoitda:
to’lovlarni o’tkazish;
to’lov o’tishi bosqichlarini kuzatish;
barcha hisobotlarni olish kabi barcha amaliyotlaridan istalgan vaqtda foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Internet-banking orqali mijoz o’z ish joyidan internet orqali bank saytiga ulanib o’z hisob raqamiga tushayotgan pullarni ko’rishi, pul o’tkazmalarini tayyorlab bankga uzatishi mumkin bo’ladi.
Masofaviy bank xizmatlarini ko‘rsatish turli bank operatsiyalarni masofadan amalga oshirish imkoniyatini beradigan xizmatlar kompleksidir. Buning uchun bank muassasasiga tashrif buyurmasdan turib kompyuter yoki mobil telefondan foydalanish kifoya.
Masofaviy texnologiyalar mijozga bank xizmatlaridan foydalanishda maksimal qulaylik va bank bilan ishlash jarayonida vaqt hamda moliyaviy xarajatlarni minimallashtirish imkonini beradi.
Masofadan xizmat ko‘rsatish tizimi mijozlarga taqdim etilayotgan xizmatlarning xarakteriga ko‘ra ikki turga bo‘lish mumkin:
➢ informatsion; ➢ tranzaksion.
Informatsion banking mijozlarga moliyaviy ma’lumotlarni taqdim etishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, tranzaksion banking moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishga imkoniyat yaratadi.
Masofaviy bank xizmatlarining asosiy tamoyili mijoz va bank o‘rtasida turli axborotlarning masofadan almashinuvi hisoblanadi. Bunda bank tomonidan mazkur amaliyotning xavfsizligi ta’minlanadi.
|
| |