|
-rasm. Masofadan bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi tizimlardan foydalanuvchilarning soni(turlari bo‘yicha)
|
bet | 13/16 | Sana | 07.08.2024 | Hajmi | 142,55 Kb. | | #269220 |
Bog'liq Ulug\'bek 1-rasm. Masofadan bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi tizimlardan foydalanuvchilarning soni(turlari bo‘yicha)
Berilgan rasm asosida O‘zbekiston tijorat bankalarining masofaviy xizmatlaridan mijozlarining turlari bo‘yicha foydalanish statistikasini ko‘rishimiz mumkin. 2014- yilga qaraydigan bo‘lsak, yuridik shaxslar va YATT lar 56.5 ming kishini tashkil qilgan bo‘lsa, jimoniy shaxslar 207.9 ming kishini tashkil qilib, korporativ mijozlarga qaraganda deyarli 4 baravar ko‘pchilikni tashkil qilgan. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning masovafiv bank xizmatlaridan foydalanishi yillar o‘tishi bilan o‘sishga erishgan ammo katta farq bilan emas. Misol uchun 2022yil ga kelib masofadan turib bank xizmatlaridan foydalaniladigan korporativ mijozlar soni atigi 968.6 ming kishi tashkil qildi. Jismoniy shaxslarga qaraydigan bo‘lsak, 2017-yilgacha sezilmas farq bilan o‘sib, 2018 yilda 2017-yilga nisbtana 3 baravarga oshib ketgan. 2022-yilga kelib esa masovafiy bank xizmatlarining jismoniy mijozlar soni 19 234.8 ming kishini tashkil qildi. Buning sababi sifatida albatta O‘zbekiston banklari katta e‘tiborni mobile bankingga qaratdi va chakana bank xizmatlarini jimoniy mijozlariga deyarli to‘liq onlayn amalga oshirdi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, O’zbekiston tijorat banklari o’z faoliyatlari davomida qator muammolarga duch keladilar, ularni hal qilish esa iqtisodiyotimizning kelajakdagi taraqqiyoti uchun muhim hayotiy masaladir. Bu muammoni birinchi navbatda, ko’pchilik bank mijozlarining qoniqarsiz moliyaviy ahvoli keltirib chiqaradi. Sir emaski, qachonlardir o’z bank tizimlarini isloh qilgan mamlakatlarning deyarli barchasi u yoki bu darajada shu muammoni hal qilish zarurati bilan to’qnashganlar. Bank resurslarini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar banklarning passiv operatsiyalari deyiladi. Passiv operatsiyalar yordamida tijorat banklarning passiv va aktiv - passiv schyotidagi pul mablag‘larining salmog‘i oshib boradi. Banklarning passiv operatsiyalari ularning faoliyatini tashkil qilishda katta rol o‘ynaydi. Passiv operatsiyalar yordamida tijorat banklari kreditlash uchun zarur bo‘lgan-kredit resurslarini tashkil qiladi. Tijorat banklari eng avvalo har bir kredit talabi bilan murojaat qilgan mijozlar bilan ishlash uchun o`zining kredit siyosatiga ega bo`lishi kerak. Bankning kredit siyosati avvalo bank tomonidan sifatli kreditlar berishga hamda daromad olishga qaratilgan bo`lib kredit xodimlari va bank boshliqlari uchun kredit berishda qaror qabul qilish vaqtida asosiy e'tiborni qaysi sohalarga va yo`nalishlarga qaratishlari kerakligi hamda bankning kredit portfeli strukturasini tashkil etish haqidagi tavsiyanomadir. Bankning kredit siyosati bir vaqtning o`zida rasmiy nazorat tashkilotlari tomonidan tijorat banklarning kredit berish jarayonlarida yetarli ehtiyotkorlikka amal qilishlari bo`yicha belgilangan cheklovlarni ham o`z ichiga oladi. AT “Aloqabank” aktiv va passiv operatsiyalar siyosatini tashkil etuvchi elementlarni yanada yaxshi samara berishida quyidagilar yanada rivojlantirilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi:
Bunda biz eng avvalo mijozdan qaysi hujjatlarni talab qilish mumkinligini va ularda ko`rsatilgan raqamlarning to`g`riligini tasdiqlanganligiga e'tibor berishimiz kerak. Hozirgi kunda korxonalar moliyaviy holatiga berilayotgan xulosalar o`z navbatida bank uchun bu ishda katta yordam bermoqda. Tijorat bankining to’lov qobiliyatiga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi omillardan biri - bu uning o’z sarmoyasi bilan ta’minlanganligidir. Bankning o’z sarmoyasi - uni moliyaviy resurslarining muhim va ajralmas qismi hisoblanadi. Bankni o’z sarmoyasining uning mablag’lari tarkibidagi roli bankning barqarorligi va faoliyatining samaradorligini ta’minlash uchun g’oyat muhimdir.
Bankning o’z sarmoyasi - bu birinchidan moliyaviy resurslarning manbasidir va bu ayniqsa, bank faoliyatining boshlanish bosqichida yaqqol namoyon bo’ladi. Bankni o’z sarmoyasining yana bir muxim vazifasi - himoya kafolatlash vazifasidir. Bu xuddi mashina buferi singari barcha og’irlikni o’z zimmasiga oladi. Har qanday vaqtda bank o’z kapitali bilan omonatlarni qaytara oladi. So’nggi vaqtlarda pulkredit orqali tartibga solishga O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ochiq bozorda davlatning qimmatbaxo qog’ozlari bilan amalga oshiradigan operatsiyalari kuchli ta’sir ko’rsata boshladi. Bundan tashqari, tijorat banklarining likvidligi va to’lov qobiliyatiga ta’sir etuvchi mikroiqtisodiy omillar ham mavjud bo’lib, ular sirasiga quyidagi asosiylarini kiritish mumkin: tijorat bankining resurs bazasi, qo’yilmalar sifati, menejment darajasi, shuningdek, bank faoliyatining funktsional tizimi va ushbu faoliyatning rag’batlantirilishi.
|
| |