• 6-jadval
  • 8-jadval
  • 3-mavzu. Kompaniyaning fond bozoridagi investorlik faoliyati joriy holati va istiqboldagi imkoniyatlarini o‘rganish
  • Moliya fakulteti




    Download 142,55 Kb.
    bet9/16
    Sana07.08.2024
    Hajmi142,55 Kb.
    #269220
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
    Bog'liq
    Ulug\'bek

    5-jadval


    AT “Aloqabank” ning daromadlari to‘g‘risida ma‘lumot




    Bankning daromadlari tahlili




    Ko`rsatkichlar/yillar

    01.01.2022
    Mlrd.so’m

    01.01.2023
    Mlrd.so’m

    01.01.2024
    Mlrd.so’m

    Foizli daromadlar

    1206,7

    1499,5

    1395,3

    Foizsiz daromadlar

    427,2

    836,1

    880,3

    Jami daromadlar

    1 633,7

    2 335,6

    2275,6

    Aloqabankning daromadlarini tahlil qiladigan bo’lsak so’ngi 3 yilda jami daromadlar 1 464 mlrd so’mga ko’payib 89% ga o’sgan. 2022-yilda
    Aloqabankning foizli daromadlari 1 206.7 mlrd so`mni tashkil qilgan bo`lsa, 2023yilda bu ko`rsatkich 293 mlrd so`mga oshib 1 499.5 mlrd so`mga yetganligini ko`rishimiz mumkin. 2024-yilda esa foizli daromadlari 1395.3 mlrd so`mga oshgan ekanligini ko`rishimiz mumkin.

    6-jadval


    AT “Aloqabank” ning xarajatlari to‘g‘risida ma‘lumot

    Bankning xarajatlari tahlili




    Ko’rsatkichlar va yillar

    01.01.2022
    Mlrd.so’m

    01.01.2023
    Mlrd.so’m

    01.01.2024
    Mlrd.so’m

    Foizli xarajatlar

    798,3

    993,8

    983,8

    Foizsiz xarajatlar

    211.9

    399,0

    385,8

    Operatsion xarajatlar

    362,6

    488,5

    445,0

    Jami xarajatlar

    1 372,8

    1 881,3

    1 814,6

    Aloqabankning oxirgi 3 yildagi xarajatlarining tarkibini ko`radigan bo`lsak, 2022-yildagi foizli xarajatlari miqdori 798.3 mlrd so`mni tashkil qilgan, 2023-yilga kelib 993.8 mlrd so`mni qariyib 200 mlrd so`mga o`sgan ekanligini ko`rishimiz mumkin va 2024-yilda 983.8 mlrd so`mga yetgan ekanligini ko`rishimiz mumkin.
    Foizsiz xarjatlari tarkibi miqdori esa 2022-yilda 211.9 mlrd so`mni, 2023yilda 180 mlrd so`mga oshib 399 mlrd so`mga yetganligini va 2024-yilda xarajatlar 14 mlrd ga yaqin kamayib 385.8 mlrd so`mga yetgan ekanligini ko`rishimiz mumkin.
    Operatsion xarajatlar 2022-yilda 362.6 mlrd so`mni tashkil qilib, 2023-yilda 488.5 mlrd so`mni tashkil qilgan va 2024-yilda 445 mlrd so`mni tashkil qilgan. 2023-yilda operatsion xarajatlar oshgan ekanligini lekin 2024-yilda kamaygan ekanligini bu jadvalda ko`rishimiz mumkin.
    7-jadval AT “Aloqabank” tomonidan 2020-2022 yillar davomida hisoblangan va

    to‘langan dividendlar to‘grisida ma’lumot




    Yil

    Aksiya turi

    Hisoblangan

    Izoh (mln. so’m)

    1

    2020

    Oddiy

    -

    2019 yil yakunlari bo’yicha dividendlar hisoblanmagan

    Imtiyozli

    -

    2

    2021

    Oddiy

    -

    2020 yil yakunlari bo’yicha dividendlar hisoblanmagan

    Imtiyozli

    -

    3

    2022

    Oddiy

    -

    2021 yil yakunlari bo’yicha dividendlar hisoblanmagan

    Imtiyozli

    -

    Quyidagi jadvalda AT “Aloqabank”ning 2020-2022-yillar oralig’ida to’langan dividentlar to’g’risida ma’lumot keltirilgan. Lekin shu 3-yil davomida oddiy aksiyaga ham imtiyozli aksiyaga ham dividentlar hisoblanmagan.

    8-jadval


    AT “Aloqabank” ning foiz shaklidagi daromadlari to‘g‘risida ma‘lumot



    Foizli daromadlar tarkibi

    ming so’m

    1.

    Rossiya Markaziy bankidagi hisobvaraqalar bo’yicha foiz daromadi

    397 808

    1.1

    Boshqa banklardagi hisobvaraqalar bo’yicha foiz daromadi

    7 390 245

    1.2

    Investitsiyalar bo’yicha foiz daromadlari

    48 848 418

    1.3

    Ushbu bankning to’lanmagan akseptlari bo’yicha mijozlar majburiyatlari bo’yicha foizli daromadlar

    723 208

    1.4

    Kredit va lizing operatsiyalari bo’yicha foizlar, chegirmalar va to’lovlar

    420 219 972

    1.5

    Jami foiz daromadlari

    447 579 651

    Umuman olganda Aloqabankning foizli daromadlarining yuqori qismi kredit va lizing operatsiyalariga bog’liq ekan. Raqamlarda qaraydigan bo’lsak bu foiz va lizing operatsiyalaridan keladigan daromadlar umumiy foiz ko’rinishidagi daromadlarning deyarli 94 foizini tashkil etadi. Bu holatni juda ham ijobiy deb aytay olmaymiz sababi bankning asosiy foizli daromadlari faqatgina shu sohaga bog’lanib qolgan, shuningdek boshqa banklardagi hisobvaraqalar bo’yicha foiz daromadlariga keladigan bo’lsak bu ko’rsatkich ham juda kichkina foizga ega, 0.17 foiz. Rossiya Markaziy bankidagi hisobvaraqalar bo’yicha foiz daromadlari esa juda ham kam ko’rsatkichlarga ega bu holat balki hozirda Rossiyada bo’layotgan inqirozli vaziyat tufayli ham bo’lishi mumkin sababi Yevropa davlatlari hozirda
    Rossiya hukumatiga qarshi sanksiyalar e’lon qilgan va bu Markaziy Osiyo davlatlari uchun ham kattagina ta’sir o’tkazmoqda, shu bilan birga banklar faoliyatiga ham. Investitsiyalar bo’yicha foiz daromadlari esa nisbatan yaxshiroq va jami foiz ko’rinishidagi daromadlarning 11 foizini tashkil etadi.
    Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari ____________________________ ________
    (nasl nomasi va ismi) (imzo)

    3-mavzu. Kompaniyaning fond bozoridagi investorlik faoliyati joriy holati va istiqboldagi imkoniyatlarini o‘rganish


    Aloqabankning fond bozoridagi investorlik faoliyati joriy holati va istiqboldagi imkoniyatlarini to'liq tarzda tahlil qilishda quyidagi jihatlarni ko’rib chiqish zarur:
    Joriy Holat
    Aloqabankning Fond Bozorida O’rni:
    Aloqabank O‘zbekistonning yetakchi tijorat banklaridan biri sifatida, fond bozorida o‘z o‘rnini mustahkamlashga intilmoqda. Bankning fond bozoridagi investorlik faoliyati asosan quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:

    • Qimmatli Qog’ozlar Bozorida Investitsiyalar: Bank qimmatli qog’ozlar, jumladan, aksiyalar va obligatsiyalarni sotib olish va sotish bilan shug‘ullanadi. Bu orqali investorlarning kapitalini oshirish va diversifikatsiya qilishni maqsad qilmoqda.

    • Investitsiya Fondlari: Aloqabank, o‘z mijozlariga investitsiya fondlariga sarmoya kiritishni taklif qilishi mumkin. Bu fondlar turli aktivlarga investitsiya qilish orqali xavf va daromadlarni diversifikatsiya qilish imkonini beradi.

    • Portfel Boshqaruvi: Aloqabank mijozlarga investitsiya portfellari boshqaruvi xizmatlarini taqdim etadi. Bu xizmatlar mijozlarning investitsiya maqsadlariga mos keladigan strategiyalarni ishlab chiqishga yordam beradi.

    Asosiy Faoliyat Ko‘rsatkichlari:

    • Aktivlar Hajmi: Aloqabankning fond bozoridagi faoliyati qamrab olgan aktivlar hajmi bankning umumiy investitsiya portfelining bir qismini tashkil qiladi. Bu hajmning o‘sishi bankning moliyaviy barqarorligi va tajribasini aks ettiradi.

    • Daromadlilik: Bankning fond bozoridagi faoliyati daromadlilik ko‘rsatkichlari bilan baholanadi. Aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlarning qiymat o‘zgarishlari daromadlilikni ta’minlaydi.

    • Risklar: Fond bozoridagi investitsiyalar xatarlarni ham o'z ichiga oladi. Aloqabank bu xatarlarni boshqarish va minimallashtirish uchun turli strategiyalarni amalga oshiradi.


    Download 142,55 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




    Download 142,55 Kb.