|
Moliya fakulteti
|
bet | 7/16 | Sana | 07.08.2024 | Hajmi | 142,55 Kb. | | #269220 |
Bog'liq Ulug\'bek(o‘ttiz ming) dona;
Ushbu chiqarilishning umumiy hajmi (so‘m): 3 000 000 000 (uch milliard) so‘m;
Ushbu chiqarilishdagi korporativ obligasiyalar egalarining huquqlari:
mazkur chiqarilishdagi har bir korporativ obligasiya o‘z egalariga bir xil hajmda huquqlar beradi;
obligasiyalar muomalada bo‘lgan davr ichida har oraliq davri yakuni bo‘yicha foiz daromadlarini olishga;
obligasiyalarni so‘ndirish sanasida obligasiyaning nominal qiymatiga teng bo‘lgan mablag‘ni olishga;
qonunchilikda belgilangan tartibda o‘ziga tegishli bo‘lgan korporativ obligasiyalarga bo‘lgan egalik huquqini istalgan vaqtda boshqa shaxsga o‘tkazishga;
obligasiyalar bo‘yicha emitent tomonidan to‘lov majburiyatlari bajarilmagan taqdirda ushbu masala yuzasidan davlat tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish va muvofiqlashtirish yuzasidan vakolat berilgan organda, shuningdek sudda o‘z huquqlarini himoya qilishga;
OAT «Aloqabank»ning faoliyati tugatilgan taqdirda unga tegishli bo‘lgan to‘lovlarni talab qilishga;
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan belgilangan boshqa xuquqlarga ham ega.
Ushbu chiqarilishdagi korporativ obligasiyalarning olinishiga nisbatan jamiyat ustavidagi va/yoki chiqarilish to‘g‘risidagi qarordagi har qanday cheklashlar: Mazkur qaror bilan chiqarilayotgan obligasiyalar faqat yuridik shaxslar
– O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari o‘rtasida joylashtiriladi va ushbu obligasiyalarning egalari faqat yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lishi mumkin. OAT «Aloqabank» Ustavida bank tomonidan chiqarilayotgan obligasiyalarini sotib olish bo‘yicha cheklashlar mavjud emas.
Jamiyat ustav kapitalining miqdori (so‘m): 80 000 000 000 (sakson milliard) so‘m;
Ilgari joylashtirilgan aksiyalar soni (turlari bo‘yicha taqsimlangan holda ko‘rsatiladi): Bank tomonidan ilgari joylashtirilgan aksiyalar soni: 800 000 000 dona, jumladan:
egasining nomi yozilgan oddiy hujjatsiz aksiyalar – 784 000 000 dona;
egasining nomi yozilgan imtiyozli hujjatsiz aksiyalar – 16 000 000 dona.
Ilgari joylashtirilgan korporativ obligasiyalar soni (turlari va ko‘rinishlari bo‘yicha taqsimlangan holda ko‘rsatiladi): Bank tomonidan ilgari hujjatsiz shakldagi egasining nomi yozilgan nominal qiymati 100 000 so‘m bo‘lgan 90 000 dona foizli korporativ obligasiyalar joylashtirilgan.
Ushbu chiqarilishdagi korporativ obligasiyalar joylashtirilishining shartlari va tartibi.
Ushbu chiqarilishdagi korporativ obligasiyalar joylashtirilishining usuli
(ochiq yoki yopiq obuna): Obligasiyalar yuridik shaxs investorlar o‘rtasida ochiq obuna yo‘li bilan joylashtiriladi.
Ushbu chiqarilishdagi korporativ obligasiyalar joylashtirilishining muddati:
ushbu obligasiyalar chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab 365 kun davomida joylashtiriladi. Obligasiyalarni joylashtirishning boshlanish sanasi: mazkur obligasiyalarning chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi xabar qonunchilikda belgilangan tartibda e'lon qilingan sanadan keyingi o‘n beshinchi kun. Agar obligasiyalarni joylashtirishning boshlanish sanasi bank hisob-kitob operatsiyalari uchun dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, bu holda obligasiyalarni joylashtirishning boshlanish sanasi ushbu kunlardan keyingi birinchi ish kuniga ko‘chiriladi. Obligasiyalarni joylashtirishning tugatish sanasi: mazkur obligasiyalar chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 365 kun, agarda joylashtirish muddati tugagunga qadar mazkur chiqarilishdagi obligasiyalarning hammasi joylashtirilganda joylashtirishni tugatish sanasi ushbu chiqarilishdagi oxirgi obligasiyani joylashtirish sanasi hisoblanadi.
Ushbu chiqarilishdagi korporativ obligasiyalar joylashtirilishining tartibi:
Ushbu obligasiyalarni joylashtirish qimmatli qog‘ozlarning tashkillashtirilmagan bozorida bank bilan investor o‘rtasida o‘rnatilgan tartibda fuqarolik-huquqiy bitim tuzish orqali amalga oshiriladi. Obligasiyalar qimmatli qog‘ozlarning tashkillashtirilgan bozorida, ya'ni «Toshkent» Respublika fond birjasi yoki qimmatli qog‘ozlarning tashkil etilgan birjadan tashqari savdosi tashkilotchilarining maydonchalarida sotilsa, bunda ularning savdo qoidalariga muvofiq obligasiyalar bo‘yicha oldi-sotdi bitimlari tuziladi. Obligasiyalarni joylashtirish jarayonida anderrayterlarni jalb etish ko‘zda tutilmagan.
Korporativ obligasiyalarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish va saqlash, shu jumladan, tashkiliy-huquqiy shaklini o‘z ichiga olgan to‘liq firma nomi, joylashgan joyi, pochta manzili, emitentning korporativ obligasiyalari egalari reestrini shakllantirishni amalga oshirgan markaziy ro‘yxatdan o‘tkazuvchining va ularga bo‘lgan huquqlarni hisobga olishni amalga oshirgan depozitariyning telefoni, shuningdek tegishli faoliyatni amalga oshirishga doir lisenziya to‘g‘risidagi ma'lumotlar (raqami, berilgan sanasi, lisenziyani bergan organ, amal qilish muddati): Obligasiyalarni saqlash qonunchilikda belgilangan tartibda Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan amalga oshiriladi. Obligasiyalar bo‘yicha egalik huquqi hisobini yuritish, xizmat ko‘rsatuvchi Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysida vakillik hisobvarag‘ini ochgan depozitariy tomonidan amalga oshiriladi. Reestrni shakllantirish markaziy ro‘yxatdan o‘tkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi tomonidan amalga oshiriladi.
|
| |