|
AT “Aloqabank” passivlarining dinamikasi va tahlili
|
bet | 3/16 | Sana | 07.08.2024 | Hajmi | 142,55 Kb. | | #269220 |
Bog'liq Ulug\'bek
AT “Aloqabank” ning asosiy ko`rsatkichlari dinamikasiga qaraydigan bo`lsak, jami kapitali 2022-yilda 1 795.3 mlrd so`mni tashkil qilganligini, 2023yilda kapital 471.4 mlrd so`mga oshib 2 266.7 mlrd so`mni tashkil qilgan va 2024yilning boshida bu ko`rsatkich yana oshirilib 2 658.1 mlrd so`mni tashkil qilganligini ko`rishimiz mumkin. Prezidentimizning Davlat banklarining ustav kapitalini oshirishdagi qarorlari bo`yicha 2025-yilgacha barcha banklarning ustav kapitalini 500 mlrd so`mga olib chiqish aytib o`tilgan, Aloqabankning ustav kapitali hozirda 2.5 trlndan ortiq ekanligini ko`rishimiz mumkin.
Aloqabankning jami aktivlari hajmi 2022-yilda 16 083.5 mlrd so`mni tashkil qilgan bo`lsa, 2023-yilda sal kam 820 mlrdga oshib 16 907.2 mlrd so`mni tashkil qilganligni va 2024-yilda qariyib 1 mlrd so`mga yaqin o`sish bilan 17 684 mlrd so`mni tashkil qilganligini ko`rishimiz mumkin. Albatta Aloqabankda aktivlarning diversifikatsiyasi ham juda ham yaxshi taqsimlangan bo`lib, ulardan keladigan daromad va samaradorlik yildan-yilga o`sib borayotganligini ko`rishimiz mumkin.
Aloqabankning mijozlarga ajratilgan kreditlar bo`yicha tahlil qiladigan bo`lsak 2022-yilda 9 104.9 mlrd so`m kreditlar ajratilgan bo`lsa, 2023-yildakredit ajratishlar ancha oshgan bo`lib 10 829.4 mlrd so`mni tashkil qilganligini ko`rishimiz mumkin. 2024-yilda bu ko`rsatkich qariyib 750 mlrd so`mga kamayib 10 075.6 mlrd so`mni tashkil qilganligini ko`rishimiz mumkin. Kreditlar salmog`i Aloqabankda yilma-yil oshib borayotganligini ko`rishimiz mumkin.
Aloqabankning jami majburiyatlariga to`xtaladigan bo`lsak, 2022-yilda 14 288.2 mlrd so`mlik majburiyatlarga ega bo`lgan bo`lsa, 2023-yilda bu majburiyatlar hajmi 400 mlrddan ko`proq summaga oshib 14 640.5 mlrd so`mga yetganligini va 2024-yilning boshida 15 025.8 mlrd so`mlik majburiaytga ega ekanligini ko`rishimiz mumkin, Majburiyatning katta qismini talab qilib olinguncha va muddatli depozitlar egallaganligini ko`rishimiz mumkin.
|
| |