• MUSTAQIL ISHI
  • 1. Sanoatda inovatsion faoliyat
  • Moliya va va moliyaviy texnologiyalar sirtqi ta’lim yo’nalishi 2-kurs talabasi Ismoilov Islomning




    Download 93.69 Kb.
    bet1/5
    Sana10.03.2024
    Hajmi93.69 Kb.
    #169694
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    islomppt
    4- лоборатория, ASLIDIN 3, Prezident stipendiatlari 2022, 1-mavzu. Axborot – kommunikatsion texnologiyalarining tushunchas, Презентация1.pptx Tarbiya Metodlarining, maths-weekly-planner, Yarmatov Suvon Totlibayevich 264-269, 1-amaliy, 4-Amaliy mashg\'ulot Aksiz solig\'i. Qo\'shilgan qiymat solig\'i, BIOFIZIKA fizikadan laboratoriya ishlari uchun uslubiy ko\'rsatma, Bo\'riyev Ubaydulla, 4-chorak yakuniy o`qish, Кредит-модуль тизими, Крнференция Париж Замбуруглар, Mikrokredit bank Qumqurg\'on

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

    TERMIZ DAVLAT UNVERSITETI

    IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI

    Moliya va va moliyaviy texnologiyalar sirtqi ta’lim yo’nalishi 2-kurs talabasi

    Ismoilov Islomning

    Innovatsion iqtisodiyot fanidan tayyorlagan

    MUSTAQIL ISHI

     

     

    Termiz 2024

    SANOAT TARMOQLARNI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION LOYIHALARNING AHAMIYATI

    • REJA:
    • Sanoatda inovatsion faoliyat
    • Sanoatda inovatsion faoliyat va texnalogiyalar
    • Sanoatda inovatsion faoliyat va texnalogiyalar transferiga masul xududiy markazlar tashkil etish
    • Xulosa
    • Foydalanilgan adabiyotlar

    1. Sanoatda inovatsion faoliyat

    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
    • Zamonaviy sharoitlarda jahon fani va innovatsiya faoliyatining yutuqlaridan keng foydalanish jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini izchil va barqaror rivojlantirishning, mamlakatning munosib kelajagini barpo etishning muhim omili bo‘lib bormoqda.
    • O‘tgan davrda fan va texnologiyalarni rivojlantirish sohasida zarur infratuzilma yaratildi, muayyan intellektual va texnologik salohiyat shakllantirildi.
    • Shu bilan birga, quyidagi tizimli muammolarning mavjudligi, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish uchun mavjud imkoniyatlar va salohiyatdan yetarlicha foydalanmaslik ko‘zlangan islohotlarning samarali amalga oshirilishiga hamda mamlakatning jadal innovatsion rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda, xususan:
    • birinchidan, davlat dasturlarini ishlab chiqishda zamonaviy fan va innovatsion texnologiyalarning yutuqlari va rivojlanish tendensiyalarini lozim darajada kompleks tahlil qilish va o‘rganish mavjud emas, buning oqibatida mazkur dasturlar aksariyat holatlarda muammolarning oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan hamda uzoq muddatli rivojlanish masalalarini hal etmayapti;
    • ikkinchidan, fundamental va amaliy tadqiqotlarni tashkil etishning hozirgi ahvoli innovatsion g‘oyalar va ishlanmalarni to‘liq ro‘yobga chiqarish va amaliy joriy etish uchun lozim darajadagi sharoitlarni ta’minlamayapti;
    • uchinchidan, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni strategik prognoz qilish, qo‘llab-quvvatlash va joriy etishni ta’minlovchi yagona organning mavjud emasligi, ilmiy-tadqiqot va axborot-tahlil muassasalarining tarqoq holda faoliyat ko‘rsatishi fan, ta’lim va ishlab chiqarishning to‘liq integratsiyalashishiga imkon bermayapti, bu esa o‘tkazilayotgan izlanishlarning samaradorligini pasaytirmoqda
    • to‘rtinchidan, yuqori texnologiyalar, nou-xau va zamonaviy ishlanmalarni birinchi navbatda joriy etishni talab qiluvchi ustuvor soha va tarmoqlarni aniqlash bo‘yicha faoliyatni tashkil etishdagi kamchiliklar texnologik qoloqlikka va innovatsion tovar (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishning cheklanganligiga olib kelmoqda;
    • beshinchidan, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish hamda innovatsion g‘oyalar va ishlanmalarni joriy etishda alohida holatlardagi tor idoraviy manfaatlarning ustunlik qilishi byudjet mablag‘laridan nooqilona foydalanishning sabablaridan biridir;
    • oltinchdan, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni amalga oshirishda davlat-xususiy sheriklikni tatbiq etishga, shuningdek, innovatsion mahsulotlarni joriy etish uchun infratuzilmani takomillashtirishga yetarli e’tibor qaratilmayapti;
    • yettinchidan, innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarish va joriy etish sohasida yuqori tajriba va salohiyatga ega bo‘lgan xorijiy (xalqaro) tashkilotlar bilan hamkorlik, shuningdek, ulardan butun mamlakat fani, sanoati va iqtisodiyotini rivojlantirishning dolzarb muammolarini hal qilishda foydalanish past darajada saqlanib qolmoqda.
    • Mazkur holatlar innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishni tashkil qilish sohasida davlat boshqaruvining institutsional va tashkiliy-huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirishni talab qiladi.
    • Ilg‘or xorijiy tajriba, jahon fanining zamonaviy yutuqlari, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal innovatsion rivojlantirishni ta’minlash maqsadida, shuningdek, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:

    Download 93.69 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 93.69 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Moliya va va moliyaviy texnologiyalar sirtqi ta’lim yo’nalishi 2-kurs talabasi Ismoilov Islomning

    Download 93.69 Kb.