Bankning qimmatbaho qog'ozlar bilan passiv operatsiyasi




Download 83,5 Kb.
bet3/6
Sana20.12.2023
Hajmi83,5 Kb.
#125166
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
qimmatli qogoz

Bankning qimmatbaho qog'ozlar bilan passiv operatsiyasi


Tijorat banklarining asosiy faoliyati bu vaqtincha bo'sh pul mablag'larini kreditorlar va qarzdorlar o'rtasida hamda sotuvchilar va xaridorlar o'rtasida aylanishini vositachilik asosida olib borish hisoblanadi. Lekin, tijorat banklarining mamlakat moliya bozorida faqatgina o'ziga xos xususiyatiari mavjud. Ular quyidagilardan iborat:
-birinchidan, tijorat banklari faoliyati uchun qarz majburiyatlari yuzasidan ikki tomonlama tasnif mavjud. Ular birinchi tomondan yuridik va jismoniy shaxslar uchun muomalaga o'zlarining qarz majburiyatlarini, ya’ni depozit sertifikatlari, depozit-jamg'arma sertifikatlari, obligasiyalarini chiqaradilar. Ikkinchi tomondan esa, tijorat banklari qo'shimcha daromad olish maqsadida boshqa einitentlaming muomalaga chiqargan qarz majburiyatlarini (aksiyalar, obligasiyalar, depozit sertifikatlari) sotib oladilar:
-ikkinchidan, tijorat banklari o'z nomidan chiqarilgan qimmatli qog'ozlar
(obligasiyalar, depozit sertifikatlari) bo'yicha qat’iyy belgilangan foiz bo'yicha daromad to'lanishi majburiyatini oladilar. Investitsiya fondlari esa daromad to'lanishi yuzasidan risklami investorlar zimmasiga yuklaydilar.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining jismoniy shaxslar uchun obligasiyalari davlat qimmatli qog'ozlari hisoblanadi va uning egalariga obligasiyalarning nominal qiymatiga nisbatan foiz ko'rinishida daromad olish huquqini beradi. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining jismoniy shaxslar uchun obligasiyalar chiqarilishi, uning muomalasi tartibi va so'ndirilishi O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2002 yil 22 apreldagi 1141-sonli "O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining jismoniy shaxslar uchun obligasiyalarini chiqarish va ular muomalasi to'g'risidagi" Nizom ga asosan olib boriladi. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki depozit sertifikatlari mamlakatimizda pul bozorida likvidlikni taitibga soiib turish maqsadida chiqariladi. Depozit sertifikatlarini chiqarish, muomalada bo'lish va u bo'yicha to'lovni amalga oshirish tartibi O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1998 yil 26 dekabndagi "O'zbekiston Respublikasi Maikaziy banki depozit sertifikatlarini chiqarish to'g'risida Nizom ga asosan amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki depozit sertifikati - bu O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining pul mablag'larini omonatga qo'yilganligi haqidagi guvoxnomasi bo'lib, u omonatchi yoki uning huquqiy vorisining omonat summasini va u bo'yicha foizlami belgilangan muddat tugagandan so'ng olish huquqini tasdiqlaydi.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki depozit sertifikati egasi muddatidan oldin to'lovga taqdim etish huquqiga ega, bu holda depozit sertifikati bo'yicha to'lanadigan foizlar depozit sertiflkatlarini chiqarish shartlari yoki oldi-sotdi shartnomasiga asosan to'lanadi. Agarda, depozit sertifikati bo'yicha omonatni olish muddati o'tkazib yuborilsa, bunday depozit sertifikati talab qilib olinadigan hujjat hisoblanadi, bunday holatda O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki depozit sertifikat egasining birinchi talabi bo'yicha omonat summasi va foizlami to'lash majburiyatini oladi. Bunday holatda deposit sertifikatining o'tkazib yuborilgan muddat uchun foizlar hisoblanmaydi va talanmaydi. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining depozit sertifikatlarini to'lov muddati kelganda mazkur depozit scrtifikatlarga egalik qilishni tasdiqlovchi hujjat hamda depozit sertifikati summasi va u bo'yicha foizning o'tkazilishi lozim bo'lgan hisobvaraq ko'rsatilgan talabnoma taqdim etilganidan so'ng O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki to'lovni amalga oshiradi. Depozit sertifikatining to'lovi muddatidan oldin amalga oshirilayotganda pul mablag'lari depozit sertifikati egasining hisobvarag'iga depozit sertifikatni muddatidan oldin to'lovga qabul qilish to'g'risidagi ariza tushgan kundan boshlab 5 bank ish kuni davomida ko'chiriladi.
Investorlar tomonidan qimmatli qog'ozlarni qaytarish bilan bog'liq barcha xarajatlarni qoplash, shuningdek, qimmatli qog'ozlarni sotib olish bo'yicha ular kiritgan pul mablag'larini qaytarish emitent tijorat banki hisobidan amalga oshiriladi.

Download 83,5 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 83,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bankning qimmatbaho qog'ozlar bilan passiv operatsiyasi

Download 83,5 Kb.