|
Bankning qimmatbaho qog'ozlar bilan aktiv operatsiyasi
|
bet | 4/6 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 83,5 Kb. | | #125166 |
Bog'liq qimmatli qogoz Bankning qimmatbaho qog'ozlar bilan aktiv operatsiyasi
Tijorat banklari aktiv operatsiyalami olib borish yo'li bilan daromad olishga harakat qiladi, lekin bu faoliyatni olib borish jarayonida amaldagi qonunchilik me'yorlariga amal qilislilari lozim. Tijorat banklari o'zlari uchun o'matilgan likvidlik darajasini saqlab turishlari hamda olib borilayotgan aktiv operatsiyalari turiari bo'yicha yuzaga chiqishi mumkin bo'lgan risklami oqilona taqsimlashlari shart. Amaldagi qonunchilikka asosan tijorat banklari o'zlarining aktivlarini ma'lum qismini daromad keltirmaydigan hamda juda kam miqdorda daromad keltiruvchi aktivlarga yo'naltiriladi.
Balans ma'lumotidan ko'rinib turibdiki, bank investitsiya faoliyatini olib borishda aktivlaming kam qismini yo'naltiigan. Bu esa bankning investitsiya faoliyatini yoritishga undaydi.
Amalda tijorat banklarining investitsiyalariga – bank aktivlari sndirilish muddati bir yildan ortiq bo'lgan qimmatli qog'ozlarga qo'shimcha daromad olish uchun yo’naltiriiishi hisobiauaiii. Xalqaro bank amaliyotida tijorat banklarining investitsiya faoliyati jarayonini stratcgiyasida ikki xil strategiya ajratiladi:
-passiv strategiya -aktiv strategiya
Tijorat banki investitsiya faoliyati olib borishning passiv strategiyasida asosan kutish, ya'ni qimmatli qog'ozlar bo'yicha bir maromda va doimiy ravishda daromad olishda ulaming bozordagi o'rtacha darajadagi daromadga yaqin darajada foydalanadi. Passiv strategiyani olib borishda banklar ikki xil usuldan foydalanishlari mumkin;
-"zinapoya" usuli; -"shtanga" usuli;
Tijorat banki birinchi usuldan foydalanganda o'zi tomonidan aniqlangan investitsiya muddati asosida qimmatli qog'ozlarni turli muddati bo'yicha sotib oladi va ulami investitsiya portfeli tarkibida bir tekis joylashtiradi. Passiv stretegiyani "shtanga" usulida tijorat banki investitsiyaga yo'naltirilayotgan mablag'laming asosiy qismini investitsiya portfelining likvidligini ta'minlaydigan juda qisqa muddatli qimmatli qog'ozlarga va ma'lum qismini yuqori foyda beradigan uzoq muddatli qimmatli qog'ozlarga sarflaydi.
O'zbekiston Respublikasida tijorat banklari qimmatli qog'ozlar investitsiya portfelini shakllantirish va uni boshqarishda passiv strategiyaning ikki usulidan ham foydalanadilar. Tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, hozirgi vaqtda Respublikamizdagi tijorat banklari tomonidan asosan qisqa muddatli qimmatli qog'ozlarga investitsiya qilish faoliyati olib borilmoqda. Tijorat banklarning qimmatli qog'ozlar bilan agressiv siyosati asosida qimmatli qog'ozlaming fond bozorida kursi va foiz stavkasini tebranishidan imkoni boricha ko'p daromad olish yotadi.
|
| |