|
Moliyaviy bozor banklarining qimmatbaho qog'ozlar bo'yicha operatsiyalari
|
bet | 1/6 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 83,5 Kb. | | #125166 |
Bog'liq qimmatli qogoz Moliyaviy bozor banklarining qimmatbaho qog'ozlar bo'yicha operatsiyalari
Reja:
Moliyaviy bozor tushunchasi, uning tashkiliy tuzilishi va vazifalari
Banklami investitsion faoliyatini davlat tomonidan muvofiqlashtirish
Bankning qimmatbaho qog'ozlar bilan passiv operatsiyasi
Bankning qimmatbaho qog'ozlar bilan aktiv operatsiyasi
Banklarning investitsion siyosatini takomillashtirish yo'nalishlari
Moliyaviy bozor tushunchasi, uning tashkiliy tuzilishi va vazifalari
Moliya bozorlari - bu, pul oqimlarini mulk egalaridan qarz oluvchilarga qarata yo'naltira oladigan bozor institutlarining yig'indisidir.
Moliya bozorlari ko'p turdagi xilma-xil "kanallardan" iborat bo'lib, ushbu kanallar orqali pul mablag'lari egalaridan qarz oluvchilarga oqib o'tadi. Ushbu kanallar asosan 2 guruhga bo'linadi, ya'ni:
to’g‘ridan-to'g‘ri moliyalashtirish kanallari. Ushbu kanallar bo'yicha pul mablag’lari bevosita pul egalaridan qarz oluvchilarga oqib o'tadi. Mazkur to'g'ridanto'g'ri moliyalashtirishning o'zini 2 (ikki) kichik guruhga bo'lish mumkin,
a) kapitalni moliyalashtirish. Ushbu har qanday ko'rinishdagi kelishuvdan iborat bo'lib, unga asosan investitsiya qilish niyati bo'lgan pul mablag'ming egasiga firmaning mulkida ulush ishtirokiga ega bo'lish huquqi evaziga, uning pul mablag'larini oladi. Bunga yaqqol misol bo'lib, koorporatsiya tomonidan oddiy aksiyalarni sotilishi hisoblanadi.
Oddiy aksiya - bu, koorporatsiya mulkidagi ulushga egalik to'g'risidagi sertifikatdir hamda o'z egasiga koorporatsiya tomonidan olingan foydaning bir qismiga davogarlik qilish huquqini beradi;
b) qarz (zayom) olish orqali moliyalashtirish (debt finance) - ushbu toifaga har qanday kelishuv kirib, unga asosan firma investitsiyalami amalga oshirish maqsadida pul mablag'larini qarzga, ulami kelishilgan foizlari bilan kelgusida so'ndirish bo'yicha majburiyatni o'z zimmasiga oladi. Ushbu holatda kreditor shaxs, aksiyadagiga o'xshash firma mulkidagi ulush ishtiroki huquqiga ega bo'lmaydi. Bunga, koorporatsiyalar tomonidan obligasiyalar sotilishini misol sifatida keltirish mumkin.
Moliyalashtirishning kanallari. Egri kanallar orqali moliyalashtirishda oila xo'jaliklaridan firmalarga oqib o'tayotgan pul mablag'lari maxsus institutlar orqali oqib o'tadi. Bunday institutlarga banklar, o'zaro fondlar, sug'urta kompaniyalari kiradi. Ushbu turdagi tashkilotlar - moliyaviy vositachilar deb ataladi.
Yuqorida aytib o'tilgan fikrlardan ko'rinib turibdiki, moliya bozori, bozor iktisodieti sharoitida pul sarmoyalarini taqsimori va qayta taqsimotini amalga oshiruvchi muhim, e’tiborga sazovor bo'lgan bo'g'inlaridan biri ekan. Bu erda, har qanday bozorda bo'lganidek, sotuvchi va sotib oluvchi bor. Lekin, boshqa bozoriardan ferqli o'laroq, moliya bozorida sotuvchi va sotib oluvchi bevosita oldi-sotti munosabatlarida ishtirok etniaydilar. Balki ulaming nomlaridan shunday oldi-sotti operatsiyalarini moliyaviy vositachilar amalga oshiradi.
Qimmatli qog'ozlar bozorida moliyaviy vositachilar sifatida maydonga odatda brokerlar va dilerlar chiqadi. Broker, qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchisi bo'lib, brokerlik faoliyati bilan shug'ullanadi. Brokerlar sifatida bozorda jismoniy va yuridik shaxslar harakat qilishi mumkin. Fond bozoridagi professional brokerlik faoliyati maxsus tartibda olinadigan litsenziya asosida amalga oshiriladi. Diler - bu, qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchisi bo‘lib (yuridik yoki jismoniy shaxs), u dilerlik faoliyatini amalga oshiradi. Yuqoridagilardan tashqari, qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchilaridan biri sifatida, ulami tashkil etishning aniq yuridik shaklidan qat'iyy nazar. qimmatli qog'ozlarni boshqarish faoliyatining davlat litsenziyasiga ega bo'lgan boshqaruvchi kompaniyalar bo'lishi mumkin.
Ushbu faoliyat o'z ichiga quyidagilami oladi:
-egalari tomonidan mazkur boshqaruvchi kompaniyaga berilgan qimmatli qog'ozlarni boshqarish;
-qimmatli qog'ozlarga foydali joylashtirish uchun mo'ljallangan mijozlar pul mablag'larini boshqarish;
-kompaniyalar tomonidan qimmatli qog'ozlar bozoridagi faoliyat borasida olingan qimmatli qog'ozlar va pul mablag'lami boshqarish.
Moliyaviy tovar boshqa oddiy tovarlardan tubdan farq qiladi. Birinchidan, moliyaviy tovariar tovar sifatida albatta iste’molchini hamda ishlab chiqaruvchi shaxsning ma'lum bir ehtiyojini qondiradi. Ikkinchidan, moliyaviy tovaming sotuvchisini esa pul sarmoyalariga bo'lgan vaqtincha ehtiyojini, o'ziga xos shartlar va muddatlar asosida.
Uchinchidan, boshqa tovariar ulami ishlab chiqaruvchi shaxslarga shu zaxoti iqtisodiy samara keltirmaydi. Ushbu samara olingunga qadar ma'lum bir vaqt o'tadi. Bozorga moliyaviy tovarlami chiqarayotgan shaxslami jahon amalietida "emitent" deb atashadi. Moliyaviy tovarlami sotib olayotgan shaxslarni esa "investor" deb atashadi.
Moliyaviy tovaming bozordagi oldi-sotdisida bevosita ishtirok etadigan hamda sotuvchi va sotib oluvchining topshirig'ini bajaradigan shaxslar esa moliyaviy vositachilardir. Moliyaviy vositachilar, ixtisoslashgan moliyaviy tashkilotlar yoki jismoniy shaxslandir. Jahon amalietida moliyaviy bozorda kuyidagi moliyaviy vositachilar mavjud: Investitsiya firmalari (banklari), Broker fimialari (kontoralari), Investitsiya fondlari, Sug'urta kompaniyalari va Pensiya fondlari. Jismoniy shaxslar esa brokerlar yoki dileriar sifatida mavjuddiilar.
|
| |