|
Multidisciplinary Scientific Journal April, 2024Bog'liq 40-52 (1)Multidisciplinary Scientific Journal April, 2024
42 | P a g e
International Journal of Science and Technology
ISSN 3030-3443
Volume 1, Issue 13, April. 2024
aloqa tizimlari va infratuzilmasini yanada rivojlantirish, informatsion tizimlar
komplekslari va “Elektron hukumat” axborot bazasini shakllantirishimiz kerak”
28
.
XXI asr axborot - kommunikatsiya texnologiyalari asridir. Mavzuning
dolzarbligi, moliyaviy texnologiyalar moliya bozorining ajralmas qismiga aylanib
qolganligi va elektron moliyaviy texnologiyalarisiz keyingi rivojlanishni tasavvur etib
bo'lmasligida namoyon bo`ladi.
Moliyaviy texnologiyalarda axborot
–
kommunikatsiyalaridan foydalanish, bu -
simlarsiz aloqa o'rnatish va axborotlarni, shu jumladan audio va video ma'lumotlarni
uzatish imkonini beruvchi dasturiy va texnik vositalar majmui tushuniladi.
Mavzuga oid adabiyotlar sharhi
S.Elmirzayev, N.Shavkatov, N.Sherqoʻziyeva, A.Karimov, D.Abdirahimova,
S.Omonovlar jamoasi fikricha Moliyaviy texnologiya - bu moliyaviy muammolarni hal
qilish yo'llarini o'ylab topish jarayoni. Moliyaviy texnologiyalar texnologiyasini
moliya sohasida qo‘llashning asosiy yo‘nalishlarini tahlil qilish zarur: 1) P2P
kreditlash bankning chakana kreditiga muqobil sifatida. Bu yo‘nalishning mazmun-
mohiyati aholiga boshqa jismoniy shaxslardan qarz olish va o‘zlari kredit berish
imkonini beruvchi maxsus platformadan (smartfonga o‘rnatilgan ilova) foydalanishdan
iborat; 2) Raqamli banking – mobil va onlayn platformalar yordamida moliyaviy
xizmatlarni amalga oshirish imkoniyati, bu bankning mijoz bilan ishlash sifatini
oshiradi, vaqt va xarajatlarni tejaydi; 3) Elektron to`lov tizimlari va boshqalar.
A.T.Kenjabayev, M.M.Ikramov, A.SH.Allanazarovlarning fikricha “Axborot
-
kommunikatsiya texnologiyalari” kompyuterlashtirish umumiy yo`nalishi bilan
bog`liq bo`lgan konseptual masalalar, iqtisodiy masalalarni qo`yish va ularni
kompyuter yordamida yechish muammolari, axborotlarni uzatish tarmog`i
xususiyatlari va unda ishlash kabi asosiy masalalar ko`rib chiqadi. Bunda
kompyuterning tashqi qurilmalari, dasturlash asoslari, algoritmlashtirish va algoritmlar
tuzish, blok-sxemalar bilan ishlash, biron-bir tilda dastur tuza olish va ushbu
28
O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyevning 2016 yil 8 sentabrdagi Оliy Маjlis Qonunchilik palatasi va
Senatning qo`shma majlisidagi nutqi.
|
| |