Multidisciplinary Scientific Journal April, 2024




Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana09.10.2024
Hajmi1,19 Mb.
#274259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
40-52 (1)

Multidisciplinary Scientific Journal April, 2024
44 | P a g e
International Journal of Science and Technology 
ISSN 3030-3443 
Volume 1, Issue 13, April. 2024
Muallif tomonidan O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma'lumotlari asosida 
ishlab chiqilgan
29
 
Yuqoridagi jadvaldan ko'rinib turibdiki, 2018-yilda masofaviy bank 
xizmatlaridan foydalanuvchilar soni - 7 959 107 nafarni, 2019-yilda esa 10 153 458 
nafar (o‘sish +2 194 351) ni tashkil etgan; 2020-yil - 14 571 094 (bu o'tgan yilga 
nisbatan +4 417 636 taga ko'p); 2021-yil 20 203 384 (o‘sish +5 632 290); 2022-yil - 
30 000 914 (bu o'tgan yilga nisbatan +9 797 530 taga ko'p); va 2023-yilda esa - 44 099 
600 (o'sish +14.098.686) ta foydalanuvchini tashkil qildi. Shunday qilib, masofaviy 
bank xizmatlaridan foydalanuvchilar soni 2024-yil 1-yanvar holatiga ko`ra 2019-
yilning shu davriga nisbatan 5,5 baravar oshib, 44 million foydalanuvchini tashkil etdi. 
Moliyaviy texnologiyalar shunchalik rivojlanganki, bankka bormasdan turib
bankning barcha xizmatlaridan foydalanish mumkin. Jumladan, mobil ilova orqali 
omonat ochish (milliy va xorijiy valyutada), to`lovlarni amalga oshirish (kommunal, 
davlat xizmatlari va boshqalar uchun), kredit olish (mikroqarz), bank plastik kartalari 
(VISA – AQSh $ dollaridagi, Mastercard - yevro € valyutasidagi, МИР – Rossiyaning 
rubl ₽ valyutasidagi bank kartalari) ga buyurtma berish yoxud virtual yaratish, bank 
kartalari o`rtsida o`tkazmalarni bajarish (P2P – “people to people“, ya`ni “jismoniy 
shaxs jismoniy shaxsga”), boshqa davlatlarga xalqaro pul jo`natmalari (“Zolotaya 
korona”, “Money Send”, “VISA Direct”), konversiya operatsiyalari (bir valyutani 
boshqa valyutaga almashtirish) va boshqalar shular jumlasidandir. Bankning mobil 
ilovasidan foydalanishda, avval masofadan turib biometrik identifikatsiyalash (Face-
ID) dan o`tish zarur. Bunda siz bilan oferta shartnomasi tuziladi va siz mijoz sifatida 
bank tizimida ro`yxatdan o`tgan hisoblanasiz.
Huddi shunday Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) shaxsni 
Mobil-ID tizimi ilovasi orqali identifikatsiyalashi mumkin. Shundan so`ng 
foydalanuvchilar elektron raqamli imzo (ERI)ni qo‘llamasdan ham barcha davlat 
xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. 
29
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki: 
www.cbu.uz
.



Download 1,19 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Multidisciplinary Scientific Journal April, 2024

Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish