|
Multidisciplinary Scientific Journal April, 2024Bog'liq 40-52 (1)Multidisciplinary Scientific Journal April, 2024
45 | P a g e
International Journal of Science and Technology
ISSN 3030-3443
Volume 1, Issue 13, April. 2024
O‘zbekiston Respublikasi hududida 2020-yilning 16-martidan boshlab
koronavirus infeksiyasi ( KOVID - 19 ) tarqalishining oldini olishga qaratilgan maxsus
chora-tadbirlar (karantin) joriy etildi. Bu davrda “temir daftar”, “Oʻzbekistonda
kambag`allik” kabi tushunchalar paydo boʻldi
30
.
Idoralararo (
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya
vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi
budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi; Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik
vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik
vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi;
Sog‘likni saqlash vazirligi; Ichki ishlar vazirligi; Maktabgacha va maktab ta’limi
vazirligi; Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi; Transport vazirligi; Adliya
vazirligi, Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi; Bosh prokuratura
huzuridagi Majburiy ijro byurosi; Markaziy bank; ATB “Xalq banki”; O‘zbekiston
Banklari assotsiatsiyasi
) o`zaro elektron axborot almashinuvi yo`lga qo`yilgan, kam
ta`minlangan oilalarni aniqlash, ularga moddiy yordam va nafaqa tayinlash hamda
murojaat qiluvchilar hisobini yurituvchi “Ijtimoiy himoya yagona rеyеstri” axborot
tizimi (“Yagona rеyеstr” AT) ishga tushdi
31
. Bugungi kunda har bir tumanda, har bir
mаhаllа fuqаrоlаr yig`inida «Insоn» ijtimoiy xizmatlar mаrkаzlаrining ijtimoiy
xоdimlаri mavjud bo`lib, ijtimoiy yordamga muhtoj bo`lgan fuqaro (ariza
beruvchining) ma`lumotlari so`rovnomada to`ldiriladi va “Yagona rеyеstr” ATga
yuboriladi.
“Yagona rеyеstr” AT murojaat qiluvchining haqiqatdan ham kam
ta`minlanganligini aniqlashda yordam beradi, ya`ni u yerda oylik maosh, pensiya,
stipendiya, mol-mulk, avtomashina, ishsizlikni tasdiqlovchi ma`lumotlarni olish
mumkin.
30
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 martdagi «O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va
kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ-4653-son
qarori.
31
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktabrdagi "Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi VMQ-654-son qarori.
|
| |