|
Islom Tarraqiyot Banki ( Islamic Development Bank) -
|
bet | 3/8 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 427,06 Kb. | | #103813 | Turi | Referat |
Bog'liq J eMDRf4VSAe-hdUKL9c0RTiU6AXZg51Islom Tarraqiyot Banki ( Islamic Development Bank) - Islom taraqqiyot banki ( arabcha : ạlbnk ạlạmy ltnmyẗ , qisqartirilgan IsDB ) infratuzilmani rivojlantirish uchun islomiy moliyalashtirishga yo'naltirilgan va Saudiya Arabistonining Jidda shahrida joylashgan ko'p tomonlama rivojlanish moliya instituti . 57 ta aktsiyador davlat mavjud boʻlib , ularning eng yirik yagona aktsiyadori Saudiya Arabistonidir. Bankning moliyaviy resurslari ustav kapitali va qoʻshimcha moliyaviy vositalaridan iborat. Moliyaviy faoliyatlarning kengayishi natijasida bank qoʻshimcha manbalar bilan taʼminlandi:
1980-yilda sarmoya-depozit rejasi ishga tushgan. Bu reja sarmoyadorlar uchun bankka moliyaviy yordam berishda qatnashish orqali qisqa muddatli sarmoyalarni amalga oshirish uchun islom muqobilini beradi. Ushbu tizim asosida bank nafaqat yakkaholdagi omonatchidan, balki tashkilotlardan ham „Importga moliyaviy yordam berish operatsiyalari“ dasturini amalga oshirish uchun depozitlar qabul qiladi.
1987-yilda „Islom banklari portfeli“ tashkil qilingan. Ushbu tashkilot aʼzo boʻlgan davlatlararo savdo-sotiq moliyaviy qoʻllab quvvatlash uchun sarmoyadan foydalanish hamda qimmatbaho qogʻozlar va lizing bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida ochilgan. Shariat normalariga asosan bunga naqd pul va qarzlar kirmaydi.
1988-yildan savdo-sotiqqa uzoq muddatli moliyaviy yordam berish rejasi amalga oshirila boshladi. Ushbu reja importga moliyaviy yordam berish programmasini toʻldiradi va IKTga aʼzo boʻlgan davlatlarning anʼanaviy boʻlmagan tovarlari eksportini kengatirishda koʻmak beradi. Bu esa IRBga aʼzo boʻlgan davlatlardan eksport qilish uchun kerakli moliyaviy vositalar bilan 6 oydan 60 oygacha boʻlgan muddatga jalb qilish orqali amalga oshiriladi.
1989-yilda alohida investitsion fond tashkil qilingan. Uning maqsadi qoʻshimcha moliya resurslarini jalb qilish va ularni shariatga asoslangan holda sarmoyalashtirish.
Islom rivojlantirish banki 1973-yil Jiddada Islom konferensiyasi tashkilotining aʼzo-davlatlari deklaratsiyasi imzolanganidan keyin 1974-yilda tashkil qilindi, oʻz faoliyatini rasmiy ravishda 1975-yil 20-oktyabrdan boshlagan.
|
| |