• Moliyaviy tashkilotlar haqida tushuncha Mintaqaviy moliyaviy tashkilotlar haqida
  • Moliyaviy tizim va institutlar




    Download 427,06 Kb.
    bet1/8
    Sana23.11.2023
    Hajmi427,06 Kb.
    #103813
    TuriReferat
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    J eMDRf4VSAe-hdUKL9c0RTiU6AXZg51





    TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI ANDIJON FAKULTETI
    MOLIYA VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR
    YO’NALISHI 3-KURS 97/21GURUH TALABASI
    SHERALIYEV BAHTIYORJONINNG
    MOLIYAVIY TIZIM VA INSTITUTLAR” FANIDAN
    REFERAT


    ANDIJON 2023
    Mintaqaviy va butun dunyoviy moliyaviy tashkilotlar
    REJA:



    1. Moliyaviy tashkilotlar haqida

    tushuncha



    1. Mintaqaviy moliyaviy tashkilotlar haqida




    1. Butun dunyoviy moliyaviy tashkilotlar haqida


    1.Moliyaviy tashkilotlar haqida
    tushuncha

    Mamlakatlararo tashkilotlarning tashkil topishi 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi ta’sirida boshlandi. Xalqaro tashkilotlar ishtirokchi mamlakatlar


    moliyaviy resurslarining birlashishi natijasida vujudga keladi. Bunday tashkilotlarning tashkil topishidan asosiy maqsad-hamkorlikni rivojlantirish, birlikni ta’minlash, qiyin vaziyatlarni stabillashtirishdir. Xalqaro valyuta va moliya-kredit tashkilotlarining faoliyat doirasi xalqaro valyuta va fond bozorlarida operatsiyalarni amalga oshirish, xalqaro savdoni qo‘llab-quvvatlash, investitsion faoliyatni, mamlakat loyihalarini kreditlash, fundamental ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirishga qaratilgan.
    SHunday tashkilotlardan biri Jahon banki guruhidir. Jahon banki guruhiga quyidagi tashkilotlar kiradi:
    - Xalqaro qayta qurish va rivojlanish banki;
    - Xalqaro qayta qurish va rivojlanish bankining uchta filiali: Xalqaro rivojlanish
    assotsatsiyasi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Ko‘p tomonlama investitsion-kafolat
    agentligi. Yuqorida nomlari keltirilgan tashkilotlar har biri mustaqildir, ammo ularni yagona boshqaruv organi birlashtirib turadi.
    Xalqaro qayta qurish va rivojlanish banki-qashshoq, o‘rtacha yashash darajasiga
    ega, ammo to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan mamlakatlarni rivojlantirish uchun
    kreditlar beradi. U strategik maqsadlarni amalga oshiruvchi, a’zo mamlakatlar
    iqtisodiyotini integratsiya qiluvchi tashkilot sifatida tan olingan.
    Uning asosiy maqsadi- xususiy sektorni kreditlash, ammo so‘nggi yillarda u
    rivojlanayotgan mamlakatlardagi davlat tashkilotlarni ham kreditlab kelmoqda.
    Kreditlar 15-20 yilga beriladi. 50 yil davomida bank tomonidan 128 mamlakat
    ajratilgan kreditlarning umumiy miqdori 320 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. Bankning asosiy kreditlari infratuzilmani rivojlantirishga, qishloq xo‘jaligi va baliqchilikni, sanoatni qo‘llab-quvvatlashga 15% kreditlari ajratilgan, xolos.
    Xalqaro rivojlanish assotsatsiyasi AQSH ko‘magida 1960-yilda tashkil topgan.
    Ushbu assotsatsiya Xalqaro qayta qurish va rivojlanish bankini to‘dirib, imtiyozga ega bo‘lgan kreditlarni berish bilan shug‘ullanadi. Ancha rivojlangan mamlakatlarga 1% miqdorida 10 yil imtiyozga ega bo‘lgan 35-40 yilga kreditlar beriladi. Bunday kreditlar aholi jon boshiga YIM miqdori 650 AQSH dollaridan oshmagan mamlakatlarga beriladi. Bu assotsatsiyaga a’zo bo‘lish uchun, eng avvalo, Xalqaro qayta qurish va rivojlanish bankiga a’zo bo‘lish lozim.
    Xalqaro moliya korporatsiyasi 1956-yilda tuzilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi
    xususiy sektorning rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratishga qaratilgan. Unga 174 ta
    mamlakat a’zo bo‘lib, ushbu tashkilotning kreditlar uzog‘I bilan 15 yilga berilib, eng
    qimmat kreditlar hisoblanadi.
    Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlik Xalqaro qayta
    qurish va rivojlanish banki filiali sifatida 1988-yilda tuzilgan. Ushbu agentlikning maqsadi rivojlnayotgan mamlakatlarga o‘zining notijorat tavakkalchiliklarni sug‘urtalash orqali investitsiyalash. Agentlik ushbu tavakkalchiliklarga 15 yil kafolat beradi. Agentlik a’zosi bo‘lish uchun Xalqaro qayta qurish va rivojlanish bankiga a’zo bo‘lish lozim.
    Jahon banki rivojlanayotgan mamlakatlar uchun asosiy moliya va texnik ko‘mak
    manbai hisoblanadi. Islom taraqqiyot bankiga 1973 yilda asos solingan bo‘lsa ham, u
    rasman ish faoliyatini 1975 yilda boshlagan. Uning asosiy maqsadi musulmon diniga
    itoat etuvchi xalq va davlatlarning ijtimoiy rivojlanishiga ko‘mak berish va 2020
    yilga qadar jahon standartlari darajasidagi bankga aylanish. Hozirgi davrda bankning
    asosiy ishtirokchilari 56 mamlakat bo‘lib, ITB ularda quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat
    olib boradi:
    - loyihaviy moliyalashtirish;
    -a’zo mamlakatlarda qashshoqlik darajasini kamaytirish;
    -a’zo mamlakatlarning savdo-iqtisodiy rivoji;
    - kichik biznes va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash;
    - a’zo mamlakatlarda resurslarni mobillashtirish;
    -islom moliya institutlari kapitalida ishtirok etish;
    -investitsiyalarni sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash va eksportni kreditlash.
    Uning ta’sischi mamlakatlari quyidagilar: Saudiya Arabistoni, Quvayt, Liviya,
    Turkiya, Birlashgan arab amirliklari, Misr, Indoneziya, Pakiston.
    Islom taraqqiyot banki tarkibiga quyidagi tashkilotlar kiradi:
    - Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi;
    - Investitsiyalarni va eksport kreditlarini sug‘urtalash bo‘yicha Islom
    korporatsiyasi;
    - Islom tadqiqot va o‘quv institute;
    Xalqaro islom savdo-moliyaviy korporatsiyasi.
    Bankning xususiy kapitali 15 milliard islom dinorini tashkil etadi.
    Bankning rasmiy ofislari unga a’zo 12 ta davlatda mavjud, shuningdek
    O‘zbekistonda ham.
    ITB guruhiga quyidagilar kiradi:
    Islom taraqqiyot banki(1975);
    Islom tadqiqot va o‘quv instituti(1981);
    investitsiyalarni sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash va eksportni kreditlash islom
    korporayiyasi; xususiy sektorni rivojlantirish islom korporatsiyasi; Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi. ITB tomonidan kichik biznesga yo‘naltirilgan 170 ta loyiha amalga oshirilgan va 3300 ta yangi ish joylari tashkil etilgan.
    Bugungi kunda ko‘plab xalqaro moliyaviy tashkilotlar mavjud. Ular-ning vakolati turli davlat hukumatlari moliyaviy siyosatini muvofiq-lashtirishdan iborat. Bunday xalqaro moliyaviy tashkilotlar ichida eng muhimi Bazelda (Shveysariya) joylashgan Xalqaro hisob-kitoblar banki (BIS – Bank for International Settlements) hisoblanadi. Uning vazifasi barcha mamlakatlardagi bank qoidalarining maksimal o‘xshashligini ta’minlash-dan iborat. Undan tashqari, xalqaro moliya bozorida yana ikki xalqaro moliyaviy tashkilot faoliyat yuritadi. Ularning maqsadi – savdo va moliya faoliyatini rag‘batlantirishdan iborat. Bular: Xalqaro valyuta fondi (XVF) (IMF – International Monetary Rupd) va Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki, yoki Dunyo banki (International Bank for Reconstruction and Development, World bank). XVF unga a’zo bo‘lgan davlatlar iqtisodiy va moliyaviy sharoitlarining o‘zgarishini kuzatadi, texnik yordam ko‘rsatadi, xalqaro savdo va moliya operatsiyalari qoidalarini ishlab chiqadi, xalqaro iqtisodiyotning turli masalalari bo‘yicha maslahat beradi, ayrim a’zo davlatlar to‘lov balansini to‘g‘rilab olishlari uchun resurslar taqdim qiladi va h.k. Dunyo banki rivojlanayotgan davlatlarda turli investitsion loyiha-larni moliyalashtiradi. U rivojlangan davlatlarda obligatsiyalar sotuvi orqali kapitalni jalb etadi va shundan so‘ng uni muayyan mezonlarga javob beruvchi va biror-bir davlatning iqtisodiyotini rivojlantirishga yo‘nal-tirilgan loyihalarni amalga oshirish uchun qarzga beradi. Moliyaviy tizim moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi bozorlar, vosita-chilar, firmalar va boshqa institutlarni o‘z ichiga oladi. Ular yordamida uy xo‘jaliklari, xususiy kompaniya va hukumat tashkilotlari o‘zlari qabul qilgan moliyaviy qarorlarini amalga oshiradilar. Moliyaviy tizim tarkibiga aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho qog‘ozlar sotiluvchi bozorlar, shuningdek, banklar va sug‘urta kompaniyalari kabi moliyaviy vositachilar kiradi. Pul mablag‘lari moliyaviy tizim tuzilmasining turli elementlari orqali ortiqcha moliyaviy mablag‘larga ega bo‘lgan kompaniyalardan mablag‘ yetishmaydigan kompaniyalarga oqib o‘tadi. Ko‘pgina hollarda moliyaviy oqim moliyaviy vositachilar orqali o‘tadi. Moliyaviy tizim olti asosiy funksiyani bajaradi: - iqtisodiy resurslarning vaqt oralig‘ida, davlat chegaralari orqali va iqtisodiyotning bir sohasidan boshqasiga ko‘chirish; - riskni boshqarish; - savdoga imkon beruvchi kliring va hisob-kitoblarni amalga oshirish; 83 - turli korxonalardagi egaliklarni bo‘lish va moliyaviy resurslarni qo‘shish; - iqtisodiyotning turli sohalarida markazlashtirilmagan qaror qabul qilish jarayonini muvofiqlashtirishga imkon beruvchi narx (baho) ma’lu-moti bilan ta’minlash; - stimullashtirish muammolarini hal etish usullarini ta’minlash. Bu muammolar bitim ishtirokchilaridan biri ega bo‘lgan ma’lumotga boshqasi ega bo‘lmaganda yoki qatnashchilardan biri ikkinchisining nomidan agent sifatida harakat qilgan hollarda yuzaga keladi. Yuqorida sanalgan moliyaviy funksiyalarni bajarish usullarining takomillashuviga olib keladigan raqobat moliya sohasida har qanday innovatsiyaning yuzaga kelishi uchun asosiy turtki beruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Fond bozorlarida quyidagi moliyaviy aktivlarning asosiy turlari bilan savdo qilinadi: qarz majburiyatlari, aksiyalar va hosilaviy qimmatli qog‘ozlar. • Qarz vositalari pulni qarzga oluvchi barcha firmalar, hukumat va uy xo‘jaliklari tomonidan chiqariladi. Aksiyalar – bu firma egalarining uning aktivlarining bir qismiga egaligi to‘g‘risidagi talabidir. • Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar – bu qiymati boshqa aktivlar narxlari bilan bog‘liq ravishda o‘rnatiladigan opsionlar va fyuchers shartnomalari kabi moliyaviy instrumentlardir. Foiz stavkasi deb qarzga olingan mablag‘lar bo‘yicha va’da qilingan daromadlilik stavkasiga aytiladi. Qarzlarning turi qancha bo‘lsa, foiz stavkalarining turlari ham shuncha bo‘ladi. Foiz stavkasining miqdori hisob-kitob pul birligi, to‘lov qatori (navbati) va kredit instrumenti (defolt riski) bo‘yicha bitim shartlarining bajarilmasligi ehtimoliga bog‘liq. Nominal foiz stavkasi aniq pul birliklarida ifodalanadi; daromadlilikning real stavkasini aniqlash uchun vosita sifatida ma’lum bir standartlashtirilgan iste’mol savatidan foydalaniladi. Muayyan (qayd qilingan) nominal foiz stavkalari bo‘yicha taklif etiladigan obligatsiyalar daromadlilik real stavkasining noaniq ko‘rsat-kichiga ega. Inflyatsiyani hisobga olgan holda indekslangan hamda muayyan real stavkalarini taklif etuvchi obligatsiyalar daromadlilik nominal stavkasining noaniq ko‘rsatkichi bilan tavsiflanadi. Bozor iqtisodiyotida daromadlilik stavkasi darajasiga to‘rt asosiy omil ta’sir etadi: • ishlab chiqarish vositalari samaradorligi – shaxta, to‘g‘on, yo‘l, ko‘prik, zavod, mashina va tovar-material zahiralariga sarflangan mablag‘-dan kutilayotgan daromadlilik stavkalari; • ishlab chiqarish vositalari samaradorligiga nisbatan noaniqlik darajasi; • insonlarning vaqtinchalik afzal ko‘rishlari – insonlarning kelajakda emas, aynan bugun tovarlar va xizmatlarni iste’mol qilishni qanchalik afzal ko‘rishlari; • riskni yoqtirmaslik – investitsiya riskini qisqartirish maqsadida daromadlilikni oshirishdan voz kechishga rozi insonlar soni. 84 Indekslash deb investitsiya stretegiyasini atashadi, uning maqsadi investitsiya kapitalining daromadliligi o‘zgarishini mo‘ljal sifatida tanlangan birja indeksiga bog‘lab qo‘yishdir. Asosiy funksiyasi mijozlarni ular moliya bozorida bevosita opera-tsiyalaridan olishlari mumkin bo‘lgan moliyaviy mahsulotlar va xizmatlarga nisbatan yuqori samarali moliyaviy mahsulotlar va xizmatlar bilan ta’minlashdan iborat firmalarga moliyaviy vositachilar deyiladi. Moliyaviy vositachilarning asosiy turlari ichida banklar, investitsiya va sug‘urta kompaniyalarini keltirish mumkin. Ularning moliyaviy mahsu-lotlari: chek hisobvaraqlari, kreditlar, ipotekalar, o‘zaro jamg‘armalarning qimmatli qog‘ozlari va sug‘urta shartnomalarining keng diapazoni kabi-larni o‘z ichiga oladi. Xalqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlarining institutsional tuzilishi o‘ziga ko‘plab xalqaro tashkilotlarni qamrab oladi. Ulardan ba’zilari ko‘pgina vakolatlarga hamda yuqori miqdordagi moliyaviy resurslarga ega bo‘lgan holda xalqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlarini tartibga solishni amalga oshiradi. Boshqalari esa, hukumatlararo muhokama etish uchun forumlar tashkil etish hamda valyutakredit va moliya siyosati bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Xalqaro moliya tashkilotlari o‘zida jahon iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlash uchun moliya va valyuta-kredit munosabatlarini tartibga solish maqsadlarida davlatlararo kelishuv asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotlarni ifodalaydi. Xalqaro moliya tashkilotlarining yuzaga kelishiga asosan jahon xo‘jaligida globallashuv jarayonlarining rivojlanishi hamda xalqaro moliya bozorlaridagi va jahon valyuta tizimidagi beqarorlikning kuchayishi sabab bo‘ldi. Ular asosan ikkinchi jahon urushidan keyin tashkil topgan va hozirgi vaqtda mamlakatlarning valyuta-kredit va moliya munosabatlari sohasidagi xamkorligini rivojlantirishda hamda ushbu munosabatlarni davlatlararo darajada tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi. Xalqaro moliya tashkilotlari vujudga kelishining birinchi bosqichi birinchi va ikkinchi jahon urushlari orasidagi davrga to‘g‘ri keladi. Xalqaro moliya tashkilotlari vujudga kelishining ikkinchi bosqichi hamda ular faoliyatining kuchayish jarayoni ikkinchi jahon urushidan so‘ng mustamlakachilik tizimining parchalanishi va 1970 yillardagi iqtisodiy o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Shu bilan birgalikda 1980-yillarning boshlarida xalqaro moliya tashkilotlari faoliyatida uchinchi bosqichning boshlanganligini qayd etishimiz mumkin. Chunki bu davrda jahon iqtisodiyotida globallashuvning kuchayishi hamda integratsion jarayonlarning jadallashuvi kabilarni ko‘rsatish mumkin. Dunyodagi bir qator davlatlarning hukumat organlari zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi muammolarni birgalikda hal etishga ehtiyoj sezdilar va buning natijasida xalqaro tashkilotlarga bo‘lgan talab yanada ortib bordi. Xalqaro moliya tashkilotlariga Xalqaro Valyuta fondi, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro hisob-kitoblar banki, Osiyo, Amerika, Afrika mintaqaviy rivojlanish banklari va boshqalar kiradi. Xalqaro moliya tashkilotlarining faoliyati jahon xo‘jaligining barqarorligiga erishishga hamda valyuta-moliya sohasidagi munosabatlarning uzluksizligini ta’minlashga yordam beradi. Eng avvalo, bunga bo‘lgan zaruriyat davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar ko‘lamining ortib borishi shuningdek, ularning o‘zgaruvchan xususiyatga ega ekanligi bilan izohlanadi. Shuningdek ular mamlakatlar va davlatlar o‘rtasida hamkorlikni tashkil etish uchun forum sifatida xizmat qilishga ham yo‘naltirilgan. Bundan tashqari, jahon xo‘jaligining muhim muammolari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish va rivojlanish tendensiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish, tahlil etish hamda o‘rganish sohasida xalqaro valyuta-moliya tashkilotlarning ahamiyati ortib bormoqda. Xalqaro moliya tashkilotlarining vujudga kelishiga va faoliyatining rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatgan:
    -xo‘jalik hayoti baynalmilallashuvining kuchayishi, shuningdek, milliy chegaralardan tashqariga chiquvchi transmilliy korporatsiyalar va transmilliy banklarning tashkil topishi;
    -jahon xo‘jaligida moliyaviy munosabatlarni xalqaro tartibga solishga bo‘lgan ehtiyojning kuchayishi;
    -jahon valyuta tizimi, xalqaro valyuta-kredit, qimmatbaho qog‘ozlar va oltin bozorlaridagi yuzaga keladigan muammolarni hamkorlikda hal qilish zaruriyatining ortib borishi.



    Download 427,06 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 427,06 Kb.