• 1. Moliya mohiyati va funksiyalari.
  • Moliyaviy tizim




    Download 81.84 Kb.
    bet1/5
    Sana02.03.2024
    Hajmi81.84 Kb.
    #165714
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    MOLIYAVIY TIZIM
    5-класс ВОСПИТАНИЕ, Namuna, O, Masalalar yechish bo\'yicha praktum. Sillabus, 1 (2), 1 (3), 1.4 (2), Ma\'no, 2.09-tarbiyaviy ishlar metodikasi, To\'qliyeva M, To\'qliyeva M. (1), Документ Microsoft Word (2), Документ Microsoft Word, piraktika1, piraktika2

    MOLIYAVIY TIZIM


    Reja:
    KIRISH
    1. Moliya mohiyati va funksiyalari.
    2. Moliya tizimi va uning asosiy buginlari.
    3. Davlatning moliyaviy siyosati.
    XULOSA
    FOYDALANGAN ADABIYOTLAR
    KIRISH
    Moliya tizimi — iqtisodiyot pul sektorining bir qismi, moliya amaliyoti. Moliya tizimi faqat moliya munosabatlarini emas, balki moliyaga taalluqli siyosiy, tashkiliy munosabatlarni ham qamrab oladi. Bu tizim tarkibiga quyidagilar kiradi: a) moliya obyektini hosil etuvchi pul fondlari yoki moliya resurslari; b) korxonalar, xonadonlar, davlat idoralari va nodavlat tashkilotlaridan iborat moliya munosabatlarining subyektlari — ishtirokchilari; v) moliya mexanizmi, yaʼni moliya munosabatlarida qoʻllaniladigan va pul bilan bogʻliq vositalar (foyda, zarar, rentabellik, likvidlik, byudjet, byudjetdan tashkari fondlar, subsidiya, subvensiya, dotatsiya, sanatsiya, moliya normativlari, moliyaviy sanksiya va boshqalar); g) moliya institutlari va davlatning moliya idoralari (moliya kompaniyalari, moliya jamgʻarmalari, moliya vazirligi, uning mahalliy boʻlinmalari, soliq idoralari, gʻaznachilik xizmati, soliq politsiyasi va boshqalar); d) moliya bozori — fond bozori, sugʻurta xizmati bozori, valyuta bozori; e) moliya siyosati — iqtisodiyot subyektlarining moliyaga oid yoʻl-yoʻriqlari va xatti-harakati.
    1. Moliya mohiyati va funksiyalari.
    Kishilik jamiyatining rivojlanishidagi dastlabki mehnat taqsimotlarining sodir bo‘lishi natural xo‘jalikning yemirilishi va tovar xo‘jaligining shakllanish jarayonini shakllantirdi.
    Tovar xo‘jaligining shakllanishi qiymatning oddiy shaklini paydo bo‘lishiga olib keldi va keyinchalik qiymatning umumiy va pul shakllarini vujudga kelishi bilan davom etdi. Ishlab chiqarish jarayonining evolyutsion tarixiy taraqqiyoti natijasida obyektiv iqtisodiy kategoriya sifatida dastlabki moliyaviy munosabatlar ham shakllana boshladi.Moliya tushunchasining mazmuni “pul to‘lovi”, “daromad” “to‘lov” degan polisemantik harakterdagi ma’nolarga ega bo‘lib dastlab XIII-XV asrlarda italiyada paydo bo‘lgan. Moliya dastlab har qanday pul to‘lovlarini anglatgan bo‘lib, keyinchalik bu tushuncha iqtisodiy subyektlar o‘rtasidagi pul munosabatlari tizimining muhim elementlaridan biriga aylanib qoldi.Ammo har qanday pul munosabatlari tizimi ham moliyaviy munosabatlar hisoblanmaydi. Shuning uchun ham moliya va pul o‘rtasida o‘zaro bo\liqlik bilan birgalikda ularni solishtirib bo‘lmaydigan farqli tomonlari ham mavjuddir. Chunonchi, pul- tovarlar dunyosidan ajralib chiksa va barcha tovarlar uchun umumiy ekvivalent rolini uynovchi maxsus tovardir.Moliya esa mavjud o‘ziga hos pul munosabatlari tizimini o‘z ichiga oladi. Moliya davlat va boshqa iqtisodiy subyektlar o‘rtasida turli xil ko‘rinishdagi pul fondlarini shakllantirish bilan bo\liq pul munosabatlari tizimidir. Moliyaning moddiy asosini pul aylanishi tashkil qiladi.

    Download 81.84 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 81.84 Kb.