• Mehnat o‘lchov birligi
  • Pul o‘lchov birligi
  • Moliyaviy va boshqaruv hisobi




    Download 54.51 Kb.
    bet7/15
    Sana10.05.2022
    Hajmi54.51 Kb.
    #20616
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
    Bog'liq
    1-мавзу. Маъруза матни mbh
    ХАТО ҚИЛИШГА ЭНДИ ҲАҚҚИМИЗ ЙЎҚ, Web dasturlash fanidan ochiq dars ishlanmasi, 5-mavzu, Kompyuter tarmoqlari 2-mustaqil ishi, 1 РАСМ ШАРХИ БИЛАН ИНГЛИЗ ТИЛИДА ФАМИЛИЯЛАР БИЛАН, O`SAROVA RAYXON, Doc1, 4111, 2-Topshiriq, QodirovaN.A. IJTIMOIY TARMOQLARNING IJOBIY VA SALBIY TOMONLARI, 2-mavzu (IAKTvaT), zaitov-abdumaruf-OSQ-mustaqil-ishi, zaitov-abdumaruf-OSQ-mustaqil-ishi-3, zaitov-abdumaruf-OSQ-mustaqil-ishi-2
    Natura o‘lchovlari – hisobga olinayotgan xo‘jalik mablag‘lari va ularning harakatlarini natura holida ifodalash uchun xizmat qiladi. Natura o‘lchovlarini qo‘llash hisobga olinayotgan obyektning xususiyatlari, ya’ni uning fizik va iste’mol hossasi fark qiladi. Masalan, hisob obyektlari: og‘irlik birligida (gramm, kilogramm, tsentner, tonna); hajm birligida (metr, kubometr); uzunlik birligida (santimetr, metr, kilometr); hisob birligida (dona, bosh) va boshqalarda o‘lchanadi.
    Natura o‘lchov birliklari moddiy qiymatliklarni hisoblash, tortish va o‘lchash natijasida olingan ma’lumotlarni hisobga olish, ularning miqdor hamda sifat o‘zgarishlari ustidan nazorat olib borish uchun qo‘llaniladi. Ular yordamida umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarning olinishi istisno qilinadi.
    Mehnat o‘lchov birligi – mahsulotni ishlab chiqarish yoki sarf qilingan mehnat sarfini o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Ularning o‘lchov birligi bo‘lib minut, soat, kun va dekadalar hisoblanadi. Ular yordamida mahsulot ishlab chiqarish me’yorlari, mehnat unumdorligi, ish haqini hisoblash va boshqalar nazorat qilinadi. Mehnat o‘lchov birligi yordamida mehnat unumdorligini aniqlash imkoni natura o‘lchov birligi bilan birga ishlatilgandagina aniqlash mumkin. Mehnat o‘lchov birligi ko‘p hollarda bir turli xo‘jalik munosabatlarini o‘rganishda ishlatiladi.
    Pul o‘lchov birligi – korxonaning moddiy va mehnat resurslaridan foydalanish bilan bog‘liq, mahsulotning aniq turlarini tayyorlash, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishga doir harakatlarni hisoblash imkonini beradi. Bu vazifani O‘zbekiston Respublikasida milliy valyuta so‘m va uning tiyini bajaradi. Pul o‘lchovi yordamida boshqa ko‘rsatkichlarni olish, ulardan hosila ko‘rsatkichlarni korxona darajasida ham iqtisodiyot darajasida ham hisoblash mumkin.
    Korxona va tashkilotlarda qaysi o‘lchov birligi ishlatilmasin, ularning asosiy ko‘rsatkichi foyda yoki zarar ko‘rsatkichlari pul ifodasida ko‘rsatiladi. Hisobda pul o‘lchov birligini ko‘proq qo‘llanilishi boshqa o‘lchov birliklariga nisbatan ko‘proq ishlatilishi hisob mazmunini pasaytirmaydi. Pul o‘lchov birliklarini hisob ishlarida keng qo‘llanishiga asosiy sabablardan biri bu har xil o‘lchov birliklarida aks ettirilgan ko‘rsatkichlarni yagona pul o‘lchov birligida umumlashtirish imkonini bersa, ikkinchidan, korxonalar o‘rtasidagi hisob-kitoblarni bir me’yorda yuritish imkonini beradi.



    Download 54.51 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




    Download 54.51 Kb.