Mahsulot (ish, xizmat)larning buzilishi va




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/429
Sana13.05.2024
Hajmi2,53 Mb.
#228361
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   429
Bog'liq
642a946f5e25f

5.8. Mahsulot (ish, xizmat)larning buzilishi va 
yo‘qotishlar tahlili 
 
Mahsulotlar sotishdan olingan sof tushum hajmi tovarlar sifati, 
miqdori, shartnoma va bozordagi baholarning o‘zgarishlari bilangina 
bog‘liq bo‘lib qolmasdan, sotish uchun mo‘ljallangan tovarlarning turib 
qolishidan sifatining buzilishi, ishlab chiqarishdagi braklar hajmiga ham 
bog‘liqdir. Ishlab chiqarish jarayonidagi texnologik o‘zgarishlar evaziga, 
bajaruvchilarning layoqatsizligi va mas’uliyatsizligi tufayli yo‘l 
qo‘yilgan kamchiliklar ta’sirida tovarlar sifatining pasayishi va brak 
mahsulotlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. 
Shuningdek, xomashyo sifatining pastligi, standartga mos kelmas-
ligi, dastgohlarning tez buzilishi, ishlab chiqarish jarayonidagi nuq-
sonlar, kadrlar malakasining pastligi tufayli ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlar tarkibida brakka yo‘l qo‘yilishi mumkin. Brakka yo‘l qo‘-
yilishi tufayli, iste’molga chiqadigan tayyor mahsulot hajmi kamayadi, 


183
mahsulot tannarxi qimmatlashadi, chunki brak mahsulot ishlab chiqarish 
uchun qilingan xarajatlarning samarasiz ketganligi, unumsizligidan 
dalolat beradi. Tomonlarning o‘zaro tuzgan shartnomalarida yetkazib 
beriladigan tovarlarning miqdori, narxidan tashqari assortimenti va sifati 
ham kelishiladi, demak, brak mahsulotlar ishlab chiqarish yoki tovarlar 
sifatining buzilishi iste’molchi huquqining buzilishiga va iqtisodiy zarar 
ko‘rishiga olib keladi. Shartnomaga muvofiq ishlab chiqaruvchi 
iste’molchiga sifatsiz mahsulot ishlab chiqargani uchun yetkazilgan za-
rarni qoplashi shart. Ishlab chiqaruvchi firma da’vogarlik muddati 
tugamasdan avval nuqsonga ega bo‘lganligi uchun qaytarilgan tovar 
o‘rniga boshqa mahsulotlar jo‘natishi yoki avvalgi tovarlarning 
nuqsonini tuzatib, iste’molchiga jo‘natishi lozim.

Download 2,53 Mb.
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   429




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Mahsulot (ish, xizmat)larning buzilishi va

Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish