Shartnoma majburiyatlarining bajarilishi tahlili




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/429
Sana13.05.2024
Hajmi2,53 Mb.
#228361
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   429
Bog'liq
642a946f5e25f

Shartnoma majburiyatlarining bajarilishi tahlili
Ko‘rsatkichlar
Biznes-reja bo‘yicha
Haqiqatda
1
2
3
1. Sotilgan mahsulot hajmi, ming 
so‘mda 
2367492 
3040381 
2. Shartnomaviy majburiyatlarga nisbatan 
yetkazib berilmagan mahsulot hajmi, ming 
so‘mda 
X
103672 
3. Shartnomaviy majburiyatlarni hisobga 
olgan holda mahsulot sotish hajmi, ming 
so‘mda 

2263820 
4. Shartnomaviy majburiyatlarni hisobga 
olgan holdagi mahsulot sotish rejasining 
bajarilishi, % 
X
95,62 
Xo‘jalik shartnomalarining malakali va puxta tuzilishi tomonlar 
majburiyatlarining noto‘g‘ri talqin etishlariga, sheriklardan biri 
shartnomaga noinsof munosabatda bo‘lganida yoki uni beixtiyor buzib 


182
qo‘yganida, bu holat boshqa tomonga zarar keltirishiga imkon 
bermaydi. Korxona rahbarlari va tadbirkorlarning barchasida ham o‘z 
faoliyatining moliyaviy natijalari bilan bog‘liq mas’uliyat hissi 
shakllangan, deb bo‘lmaydi. Huquq idoralari o‘tkazgan tekshirishlarda 
ayrim korxona va tashkilotlar rahbarlari tomonidan shartnomalarni 
tuzish va ijro etishda qonunchilikka rioya etmaslik holatlari ko‘plab 
aniqlangan. Aksariyat rahbarlarda hozirgacha mulkdorlik tuyg‘usi 
shakllanib ulgurmagan.
Sotish rejasining bajarilishini shartnoma majburiyatlarini hisobga 
olgan holda aniqlash lozim. Bu ko‘rsatkich orqali korxonaning shartno-
maviy majburiyatlarga bo‘lgan munosabatlariga va faoliyatiga baho 
beriladi. 
Majburiyatni hisobga olgan holda sotish rejasi 95,62 % (2263820 
x 100 : 2367492) ga bajarilgan xolos. Shartnomadagi 103672 ming 
so‘mlik mahsulot iste’molchilarga shartnomada kelishilgan muddatlarda 
yetkazib berilmagan. Bu esa, mahsulot yetkazib beruvchi korxonaga 
bo‘lgan ishonchning pasayishiga, ushbu korxonaga nisbatan turli 
iqtisodiy jarimalar qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi. Natijada korxonaning 
moliyaviy-iqtisodiy holati yomonlashuviga va raqobat bozorida o‘z 
mavqeini yo‘qotishiga olib kelishi mumkin. 

Download 2,53 Mb.
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   429




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shartnoma majburiyatlarining bajarilishi tahlili

Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish