• Reklamatsiya – bu iste’molchi tomonidan mahsulot sifati xususida bildirilgan e’tiroz demakdir. Mahsulot butligi
  • Mahsulot sifatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar sistemasi




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet119/429
    Sana13.05.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #228361
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   429
    Bog'liq
    642a946f5e25f

    Mahsulot sifatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar sistemasi:
    1.
    Jami ishlab chiqarishda yangi mahsulot ulushi. 
    2.
    Attestatsiyadan o‘tgan va o‘tmagan mahsulotlarni tutgan ulushi. 
    3.
    Oliy nav (kategoriya)dagi mahsulot ulushi. 
    4.
    Jahon standarti talablariga javob beradigan mahsulot ulushi. 
    5.
    Eksport qilinadigan mahsulot ulushi, shu jumladan, yuqori 
    rivojlangan sanoat korxonalariga. 
    Umumiy ko‘rsatkichlardan tashqari har bir mahsulotni individual 
    xususiyatlari ham sifatni ifodalaydi. Masalan, sutning yog‘lilik darajasi, 
    ko‘mirni issiqlik darajasi, ayrim mahsulotlarni chidamliligi, pishiq-
    puxtaligi; mahsulotni estetik ko‘rinishga ega bo‘lishi; texnologiyaga 
    mosligi va h.k.
    Reklamatsiya –
    bu iste’molchi tomonidan mahsulot sifati xususida 
    bildirilgan e’tiroz demakdir.
    Mahsulot butligi
    -
    mahsulot tarkibidagi barcha qism, detallarni 


    179
    mavjud bo‘lishi uni butligini ifodalaydi, ayniqsa, murakkab turdagi 
    mahsulotlarni butligiga e’tibor qaratilmog‘i lozim. Korxona to‘liq 
    butlangan mahsulotlarni standart va texnik shartlar talablariga javob 
    beradigan holda iste’molchilarga jo‘natishi shart. Butlanmagan mahsulot 
    realizatsiya va ishlab chiqarish jarayonini sekinlashtiradi. Natijada 
    aylanma mablag‘lar aylanishi sekinlashadi, korxonani iqtisodiy jihatdan 
    nochor holatga keltiradi. Traktor, avtomobil tayyor mahsulot deb 
    hisoblanadi, qachonki ularga tegishli asboblar, ehtiyot qismlar bilan 
    butlangan bo‘lsa. 
    Iste’molchi mahsulot yetkazib beruvchiga kafolat muddati davo-
    mida reklamatsiya bildirishi va jarima undirib olish huquqiga ega. 
    Mahsulot butlangan (komplekt)ga ega bo‘lishi kerak. Shundagina u 
    tayyor mahsulot deb hisoblanadi.
    Yengil sanoatda mahsulot nav (sort)larga bo‘linadi. Mahsulot nav 
    (sort)larga bo‘linganda uning sifatini quyidagi ko‘rsatkichlar orqali 
    ifodalash mumkin: 
    1. O‘rtacha nav (sort)lilik koeffitsiyenti. 
    2. O‘rtacha mahsulot birligini sotish bahosi. 
    38-jadval 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   429




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mahsulot sifatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar sistemasi

    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish