178
-
eksport qilinadigan mahsulotlarni tutgan ulushlari ifodalaydi.
Mahsulot sifatini ifodalovchi
individual (yakka) ko‘rsatkichlari
:
-
foydaliligi (sutning yog‘liligi, ko‘mirning issiqliligi,
oziq-ovqat
mahsulotlaridagi oqsil moddalari va hokazo);
-
ishonchliligi (chidamliligi, benuqson ishlashi);
-
texnologiya shartlariga mos kelishi;
-
mahsulotning estetik ko‘rinishi.
Egri ko‘rsatkichlari
– sifatsiz mahsulot uchun to‘langan jarimalar,
brak mahsuloti va uni jami mahsulotdagi ulushi va hokazo.
Mahsulot sifati navlar bo‘yicha belgilanadigan mahsulotlarni
ikki kategoriya bo‘yicha tarkiblash mumkin:
·
oliy sifat kategoriyasi;
·
birinchi sifat kategoriyasi.
Mazkur sifat kategoriyalari orqali
mahsulotning xalqaro va
mamlakat standarti talablariga mosligi o‘rganiladi.
Mahsulot sifatini oshirish realizatsiya jarayonini tezlashtiradi, mah-
sulotga bo‘lgan talabni to‘laroq
qondiradi,
tovar pul muomalasini tez-
lashtiradi, eksport imkoniyatlarini oshiradi. Mahsulot sifati ko‘rsat-
kichlar sistemasi bilan o‘lchanadi. Xarakterli xossalariga ko‘ra o‘z
belgilangan xossasiga loyiqligi, pishiq va puxtaligi, chidamliligi, xalqaro
va mamlakat standartlariga mosligi ko‘rsatkichlariga ko‘ra farqlanadi.
Sifatni yaxshilanishi ishlab chiqarilgan mahsulotni qiymat shaklida
ortishiga, foydani ko‘payishiga olib keladi.