203
6.2. Korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanishi tahlili
Bugungi raqobatdosh iqtisodiyot sharoitida respublikamizda meh-
nat resurslariga katta e’tibor berib kelinmoqda. Xususan, mamlakatimiz
Prezidenti I.Karimov bu borada quyidagilarni ta’kidlab o‘tgan edi:
«Mamlakatimizdagi demografik vaziyatning o‘ziga xos xususiyatini
inobatga oladigan bo‘lsak,
bizda aholi, ayniqsa, mehnatga qobiliyatli
yoshlarning soni tez o‘sib bormoqda. Ularning soni yiliga taxminan 200-
300 ming kishiga ko‘paymoqda. Shu nuqtayi nazardan qaraganda
ortiqcha ishchi kuchlarini ish bilan ta’minlash, ishsizlik masalasini hal
etish – mamlakatimizdagi eng dolzarb iqtisodiy va ijtimoiy muammolar-
dan biridir. Bu vazifani hal etishning eng samarali yo‘nalishlaridan biri –
kichik va o‘rta korxonalar sonini ko‘paytirish, xususiy tadbirkorlikni har
tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir».
O‘zbekistonda doimiy yashaydigan aholi soni 2012-yilning 1-
oktabr holatiga ko‘ra 29 million 874,6 ming kishiga yetdi. Yil boshidan
hisoblaganda mamlakat aholisi 319,2 mingtaga, ya’ni 1,1 % ga ko‘pay-
gan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra,
shahar
aholisi 15 million 269,4 mingta, qishloqlarda yashovchi aholi soni esa
14 million 605,2 ming kishini, ya’ni mos ravishda 51,1% va 48,9%ni
tashkil qildi.
Tug‘ilish ko‘rsatkichi yanvar-sentabr oylarida 20,4 promillni ko‘r-
satdi. 2011-yilning shu davriga nisbatan bu ko‘rsatkich 0,2 promillga
kamaydi.
O‘lim holatlari esa 4,7 promill, ya’ni o‘tgan
yilning shu davriga
nisbatan 0,1 promill o‘sganini ko‘rsatdi.
O‘lim holatlarining 62,4 % ni yurak-qon-tomir kasalliklari, 5,8 % ni
nafas yo‘llari kasalliklari, 5,8 % ni baxtsiz hodisalar, zaharlanish va
jarohatlar hamda 5,6 % ni oshqozon-ichak kasalliklari tashkil etadi.
Yanvar-sentabr oylarida FHDYO bo‘limlarida 189,3
mingta nikoh
qayd etildi va 13,9 mingta ajrim ro‘yxatga olindi. Har 1000 nafar
aholiga 8,5ta nikoh, 0,6 ta ajrim to‘g‘ri kelgan.
2012-yilning 9 oyi davomida Respublikaga kirib kelgan aholi 127,9
ming kishini, chiqib ketganlar esa 157,8 mingtani tashkil qildi. Shunga
mos ravishda migratsiya saldosi -29,9 mingtani ko‘rsatdi.
Sentabr oyining oxiriga kelib mehnat organlarida ro‘yxatdan o‘tgan
ish qidiriayotgan fuqarolar soni 18 mingtani tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich
o‘tgan yilning shu davrida 24,1 ming kishini ko‘rsatgandi.
204
Yanvar-sentabr oylarida ish bilan band bo‘lmagan aholi soni 621,7
mingtani tashkil qildi va bu iqtisodiy faol aholining 4,8% ni tashkil
qiladi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimizda eng yirik
mehnat bozori, mulkdorlarning o‘rta sinfini
shakllantirishning asosiy
omili, millionlab odamlar uchun daromad manbayi hisoblanadi. Mamla-
katimizda ishchi kuchi bandligi samaradorligini ta’minlash uchun
davlatni bandlik siyosatining quyidagi yo‘nalishlarini kuchaytirish
maqsadga muvofiqdir:
- oilaviy biznes va kichik xususiy korxonalarni rivojlantirishni
jadallashtirishni ta’minlash;
- mazkur maqsadlarda mikrokreditlash tizimini rag‘batlantirish;
- yirik sanoat korxonalari va nisbatan kichikroq bo‘lgan ishlab
chiqarish korxonalari bilan kasanachilikni kengaytirish asosidagi koope-
ratsiyani rivojlantirish imkoniyatlaridan keng qamrovli foydalanish;
- mahalliy xomashyoni puxta qayta
ishlashga va tayyor raqobat-
bardoshli mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan yengil, oziq-ovqat
va qayta ishlash sanoatining ko‘p mehnat talab qiladigan tarmoqlarini
jadal rivojlantirish;
- xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish,
qishloq joylarida
qishloq xo‘jaligiga taalluqli bo‘lmagan bandlik sohalarini kengaytirish
masalalarini hal etishga e’tiborni kuchaytirish;
- ishsizlarni kasbiy o‘qitish va jamoat ishlari tizimlarini
takomillashtirish bilan shug‘ullanadigan xizmatlar ishini faollashtirish.
Mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi korxonani ish kuchi
bilan ta’minlanishi va ulardan foydalanish ko‘rsatkichlariga ko‘p
jihatdan bog‘liq.