Moddiy resurslar bilan ta’minlanganlik va ulardan foydalanish




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/429
Sana13.05.2024
Hajmi2,53 Mb.
#228361
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   429
Bog'liq
642a946f5e25f

7.2. Moddiy resurslar bilan ta’minlanganlik va ulardan foydalanish 
samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi 
Korxonalarda moddiy resurslardan to‘liq, bir me’yorda hamda 
samarali foydalanganlik darajasini tahlil etish uchun shu holatlarni 
ifodalaydigan ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish zarur:


238
a) Shu jumladan, asosiy fondlar bilan ta’minlanganlik hamda 
aylanma fondlar va mablag‘lar bilan ta’minlanganlik darajasi hisob-
lanadi. Bu ko‘rsatkichlarni moddiy resurslarni alohida-alohida turlari 
bo‘yicha ham hisoblash mumkin. Masalan, stanoklar, xomashyo, elektr 
energiya, yoqilg‘i va boshqa moddiy resurslar bilan ta’minlanganligini 
aniqlash mumkin. 
b) Moddiy resurslardan foydalanishning to‘liqliligini, asosan, 
korxonaning ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish darajasi isbotlaydi. 
d) Sanoat korxonalarida mehnatni moddiy resurslar bilan ta’min-
langanlik darajasini jami moddiy resurslar qiymatini korxonada mavjud 
bo‘lgan ishchi va xizmatchilar soniga taqsimlash natijasida aniqlash 
mumkin. Bu ko‘rsatkichni yanada aniqlashtirish maqsadida moddiy 
resurslar qiymatini faqatgina ishchilar soniga taqsimlash natijasida ham 
aniqlash mumkin, alohida asosiy fondlar bilan qurollanganlik hamda 
aylanma fondlar bilan ta’minganlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ham 
aniqlash mumkin. 
e) Moddiy resurslardan foydalanishni iqtisodiy samaradorligini 
korxonalardagi fondlar qaytimi hamda fondlar sig‘imi isbotlaydi. 
Fondlar qaytimini aniqlash uchun korxonada yil davomida ishlab 
chiqarilgan yalpi mahsulot hamda tovar mahsuloti qiymatini asosiy 
fondlarning o‘rtacha yillik qiymatiga taqsimlash lozim. Fondlar 
qaytimining iqtisodiy mohiyati korxonaning har ming so‘mlik asosiy 
fondlariga to‘g‘ri keladigan yalpi mahsulot yoki tovar mahsulotini 
ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Asosiy fondlardan samarali foydalanishni ko‘rsatuvchi keyingi 
ko‘rsatkich fond sig‘imi hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkichni hisoblash 
uchun korxonadagi mavjud bo‘lgan asosiy vositalarning yillik o‘rtacha 
qiymati yil davomida ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hamda tovar 
mahsuloti qiymatlariga taqsimlanadi. Fondlar sig‘imining iqtisodiy 
mohiyati korxonada yil mobaynida ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot 
yoki tovar mahsulotining har ming so‘miga to‘g‘ri keladigan asosiy 
fondlarning qiymati hisoblanadi. 
Materiallardan foydalanishning samaradorlik ko‘rsatkichlarini mate-
rial qaytimi va material sig‘imi ko‘rsatkichlari ifodalaydi. Material qayt-
imi ko‘rsatkichini aniqlash uchun korxonada yil davomida ishlab chiqa-
rilgan tovar mahsuloti qiymati material xarajatlar qiymatiga taqsimla-
nadi. Material sig‘imi ko‘rsatkichi buning aksi bo‘lib, material xarajatlar 
qiymatini korxonaning yil davomida ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti 
qiymatiga taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi. Buni tavsiflaydigan bo‘lsak, 
ushbu, ko‘rsatkich korxonada yil mobaynida ishlab chiqarilgan tovar 


239
mahsulotining har bir so‘miga qancha material xarajatlari sarflan-
ganligini ko‘rsatadi.
Materiallar xarajati koeffitsiyenti - haqiqiy sarflangan materiallar 
xarajatini biznes-rejadagisi haqiqiy ishlab chiqarish hajmiga 
korrektirovka qilingan ko‘rsatkichga nisbatini ifodalaydi. Bu ko‘rsatkich 
ishlab chiqarish jarayonida materiallar sarfidan iqtisod (yoki ortiqcha 
sarf)ga erishganligini ifodalaydi. Bu koeffitsiyent 1 dan katta bo‘lsa 
moddiy resurslardan samarali foydalanilganligini bilish mumkin. 
24-chizma.

Download 2,53 Mb.
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   429




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Moddiy resurslar bilan ta’minlanganlik va ulardan foydalanish

Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish