Korxonaning moddiy resurslar bilan




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/429
Sana13.05.2024
Hajmi2,53 Mb.
#228361
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   429
Bog'liq
642a946f5e25f

 
7.4. Korxonaning moddiy resurslar bilan
ta’minlanganligi tahlili 
Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish jarayonlarini natijasi hamda 
samaradorligi ularning material resurslari bilan ta’minlanganligiga 
bevosita bog‘liqdir. Korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni 
hajmi, sifati ulardagi material resurslarining talab darajasida bo‘lishligini 
obyektiv ravishda taqozo etadi. Resurslar universalligi, yangiligi hamda 
arzonligi nuqtayi nazaridan zamon talabiga ham mos kelishi lozim, ya’ni 
korxonalarning material resurslariga bo‘lgan talabini aniqlashda me’yo-
riy hujjat va me’yoriy ma’lumotlardan foydalanish lozim. Sanoat korxo-
nalarida biznes-rejada ko‘rsatilgan mahsulotlar miqdorini ishlab chiqa-
rish uchun zarur bo‘lgan material resurslarining miqdori va qiymati 
aniqlanadi, ya’ni qancha stanoklar qancha mashinalar, mexanizmlar
shuningdek, boshqa moddiy resurslar bo‘yicha alohida-alohida hisob-
kitoblar qilinadi. 
Korxonalarning o‘zlarida mavjud bo‘lgan material resurslarining yil 


245
boshiga bo‘lgan miqdori yillik inventarizatsiya natijasida aniqlanadi. 
Ularda mavjud bo‘lgan material resurslar korxona ishlab chiqarishini 
davomiyligini ta’minlash uchun yetarli bo‘lmagan holarda korxonalarni 
zarur bo‘lgan material resurslari bilan ta’minlash uchun shartnomalar 
tuziladi. Bu masalalar yuqoridagi savolda batafsil yoritilgan. 
Sotib olinayotgan material resurslarini oqimi natijasida korxo-
nalarga material resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi ortib boradi. 
Sanoat korxonalarining material resurslari bilan ta’minlanganligi hamda 
mehnatni ular bilan qurollanganligini ikkinchi savolda keltirilgan 
ko‘rsatkichlar yordamida aniqlanadi. Masalan, korxona ixtiyorida yil 
boshiga 100 mln so‘mlik material resurslarining mavjudligi balansda 
ko‘rsatilgan. Korxona uchun esa ishlab chiqarishni bir me’yorda 
rivojlantirish uchun rejaga muvofiq 170 mln so‘mlik material resurslari 
zarurligi aniqlangan, demak, korxona uchun ularga bo‘lgan talab to‘liq 
qondirilayotgani yo‘q. Bu masalani hal etish uchun korxona qo‘shimcha 
70 mln so‘mga material resurslarini sotib olishni yoki qarzga, ijaraga 
olishni rejalashtiradi. U shu masala bo‘yicha tuzilgan shartnomalarda 
o‘z aksini topadi. Korxona moddiy texnika ta’minotini hal etilishi 
natijasida yil davomida 50 mln so‘mlik material resurslari sotib olingan. 
Shunda korxonaning material resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi 
88,2 % ni tashkil etgan bo‘ladi (100+150)/170. Keltirilgan ma’lumotlar-
dan ko‘rinib turibdiki, korxona material resurslari bilan to‘liq 
ta’minlanmagan, ya’ni ularning miqdori 11,8 % ga kam bo‘lgan. Bu hol 
korxona ishlab chiqarish faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 
Korxonaning material resurslari bilan ta’minlanganligini tahlil etish 
natijasida ular bilan to‘liq ta’minlanmaganlik faktlari aniqlansa, u holda 
uni kelib chiqish sabablari o‘rganiladi. Shuning bilan birgalikda ushbu 
salbiy natijalarni bartaraf etish imkoniyatlari va chora tadbirlari 
belgilanadi.
Korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning o‘rtacha xarajatlari 
ya’ni tannarxlari – ko‘p jihatdan xomashyo va materiallardan samarali 
foydalanish ko‘rsatkichlariga bog‘liq. 
Material resurslar miqdorini rejalashtirilgan hajmda tayyorlash 
mahsulot ishlab chiqarish rejasini bajarish uchun imkoniyat yaratadi. 
Material resurslardan tejab-tergab foydalanilmasa hamda ularning 
amaliyotdagi foydalanilishi belgilangan me’yorlarga nisbatan ortiqcha 
bo‘lsa, u holda keltirilgan materiallar mahsulot ishlab chiqarish 
davomiyligi rejasini bajarish uchun yetarli bo‘lmaydi. 


246
Material resurslardan foydalanishni tahlil etishdan maqsad ishlab 
chiqarish jarayonida ulardan foydalanishda ortiqcha sarf-xarajatlarga 
yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, bu holda mahsulot hajmi qanchaga kam yara-
tilganligi yoki moddiy resurslardan samarali foydalanish natijasida 
qancha qo‘shimcha mahsulot barpo etilganligi aniqlanadi. 

Download 2,53 Mb.
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   429




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish