Bir so‘mlik mahsulot uchun qilingan xarajatlarga ta’sir etuvchi




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/429
Sana13.05.2024
Hajmi2,53 Mb.
#228361
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   429
Bog'liq
642a946f5e25f

Bir so‘mlik mahsulot uchun qilingan xarajatlarga ta’sir etuvchi 
omillar.
 
 
 
Bir so‘mlik mahsulot 
uchun xarajat 
Mahsulot birligi uchun 
xarajat 
Boshqa xarajat 
moddalari 
Mahsulotga bo’lgan 
talabni o’zgarishi 
Materiallar tarkibidagi 
strukturaviy
o‘zgarishlar
Bevosita mehnat haqi 
xarajatlari 
Mahsulot sifatini
o‘zgarishi 
Ayrim moddiy resurslar 
bahosi va tarifi 
Bevosita materiallar 
xarajati 
Mahsulot bahosi 
Materiallar bahosi 
Transport tayyorlov 
xarajatlari 
Soliq stavkalarini 
o‘zgarishi 


270
 
8.5. Ishlab chiqarish xarajatlarining iqtisodiy elementi va 
kalkulatsion moddalari bo‘yicha tahlili 
 
Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va tahlil etishning uslu-
biy va me’yoriy shakli O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomo-
nidan 1999-yil 5-fevralda tasdiqlangan 54-sonli «Mahsulot (bajarilgan 
ish, ko‘rsatilgan xizmat)lar ishlab chiqarish tannarxi, mahsulot (ish 
bajarish va xizmat ko‘rsatish) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari 
tarkibi va moliyaviy natijalarning shakllanish tartibi to‘g‘risida»gi 
Nizom (o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan holda) bilan belgilanadi. 
Sanoat korxonalari ishlab chiqarish xarajatlarini rivojlantirish 
maqsadida buxgalteriya hisobi va hisobotida uning yo‘nalishlari 
bo‘yicha guruhlarga ajratish maqsadga muvofiqdir: 
1.
 
Xarajatlarning iqtisodiy elementlari bo‘yicha; 
2.
 
Xarajatlarning kalkulatsion moddalari bo‘yicha. 
Xarajatlarni elementi bo‘yicha guruhlarga ajratishdan maqsad ularni 
strukturasi, dinamikasini nazorat qilishdan iborat.
Ko‘rsatkichlarni taqqoslash orqali jonli mehnat bilan boshqa xarajat 
turlarini nisbati, ishlab chiqarish zaxiralarini normalashtirish va tahlil 
etish, oborot mablag‘larini tezligini aniqlash va milliy daromadni 
hisoblash imkoniyati tug‘iladi. 
Xarajatlarni elementlari bo‘yicha tahlil natijalariga muvofiq 
material sig‘imi, mehnat sig‘imi va fond sig‘imi darajalari bo‘yicha 
tannarxni pasaytirish imkoniyatlarini aniqlash mumkin. 
Tahlil etishda jami xarajatdagi har bir xarajat elementning tutgan 
salmog‘i aniqlanib, o‘tgan yildagisi hamda smetadagi ko‘rsatkichlar 
bilan taqqoslanadi va bu ko‘rsatkichlarni o‘zgarish sabablari aniqlanadi. 
Mahsulotlarning ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlari 
tarkibini iqtisodiy elementlari va moddalari bo‘yicha quyidagi tarkibda 
berish mumkin. 
Ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisodiy elementlari va kalkulatsion 
moddalari bo‘yicha o‘rganish quyidagicha farqlanadi, ya’ni bo‘limlar va 
korxona bo‘yicha jami xarajatlar faqat iqtisodiy elementlari bo‘yicha 
o‘rganiladi, mahsulotlar turi va turkumi bo‘yicha esa ishlab chiqarish 
xarajatlari kalkulatsiya moddalari asosida ko‘rib chiqiladi. Tahlil etishda 
ishlab chiqarish xarajatlarining jami o‘zgarishi va uning tarkibi bo‘yicha 
o‘zgarishlari mutlaq va nisbiy jihatdan o‘rganiladi. Nisbiy jihatdan 
o‘rganishda har bir turkum xarajat moddasi yoki elementining jami 
ishlab chiqarish xarajatlari tarkibidagi salmog‘iga baho beriladi. 


271
71-jadval 

Download 2,53 Mb.
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   429




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bir so‘mlik mahsulot uchun qilingan xarajatlarga ta’sir etuvchi

Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish