moliyaviy muvozanatni saqlanishi uchun




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/429
Sana13.05.2024
Hajmi2,53 Mb.
#228361
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   429
Bog'liq
642a946f5e25f

moliyaviy muvozanatni saqlanishi uchun
stabil resurslar – doi-
miy kapital va unga tenglashtirilgan mablag‘lar stabil joylashtirilgan 
aktivlarni 100 % qoplashi lozim. Nisbatni 100 % dan past bo‘lishi stabil 
joylashgan mablag‘lar stabilga ega bo‘lmagan resurslar bilan, ya’ni 
qisqa muddatli majburiyatlar shaklida moliyalashtirilganligini ifoda-
laydi. Oborot aktivlariga bo‘lgan talab qisqa muddatli moliyalashtirish 
tufayli hisobot davri mobaynida o‘zgarib turadi va bu o‘zgarishlar 
quyidagilarga olib keladi: 
-
oborot aktivlarini ortiqcha ta’minlanishiga, buning natijasida 
vaqtinchalik erkin harakatdagi oborot mablag‘lari vujudga keladi; 
-
oborot aktivlari bilan yetarli darajada ta’min etilmasligiga, buning 
natijasida chetdan qarz mablag‘larini jalb etilishiga; 
-
umumiy qarzdorlikni baholash
– chetdan jalb etilgan qarz mab-
lag‘lari o‘z mablag‘lariga nisbat ko‘rinishidagi ifodasidir. 
31-chizma. 
Korxona moliyaviy barqarorligini tahlil etish usullari
 
Moliyaviy barqarorlikni tahlil etish usullari 
Gorizontal 
Trend 
Vertikal 
Standartlar 
Koeffitsiyentlar 
Taqqoslashlar 
Omillar 
Mantiqiy - iqtisodiy 
Iqtisodiy – matematik 
Mantiqiy 
An’anaviy 
Matematik-
statistika 
Qaror qabul qilish 
nazariyasi 


334
Amaldagi iqtisodiy fan o‘z tasarrufida moliyaviy ko‘rsatkichlarni 
tahlil etishning ko‘plab usullari va uslublarini jamlagan. 
Ular bozor munosabatlari sharoitida tahlil oldiga qo‘yilgan yangi 
talablar tufayli o‘zgarib boradi. Korxona moliyaviy barqarorligini tahlil 
etishning usullari chizmada keltirilgan. 
Korxona faoliyati murakkab tizim va tizilmalardan iborat bo‘lib, 
shu tufayli uning barqarorligini baholash kompleks tarzda yondoshgan 
holda moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari tizimidan foydalanish kerak. 
Ko‘rsatkichlar ikki guruhga bo‘linadi: 

Download 2,53 Mb.
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   429




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish