331
Ichki omillarga
quyidagilarni kiritish mumkin.
-
korxona faoliyatini tarmoq xususiyatiga mos kelishi;
-
ishlab
chiqarilayotgan mahsulot, ko‘rsatilayotgan xizmat tuzilishi
(strukturasi);
-
ustav kapitaliga to‘langan miqdor hajmi;
-
xarajatlar miqdori, ularni daromadlarga nisbati dinamikasi;
-
mol-mulk va moliyaviy resurslar holati, shu jumladan,
zaxira va
rezervlar, ular tarkibi va tuzilishi.
Tashqi omillarga
xo‘jalikni yuritishning iqtisodiy shartlari,
to‘lovga qodirlik, xaridorlarning
daromadlik darajasi, davlatning soliq
va kredit bo‘yicha siyosati, tashqi iqtisodiy aloqalar va boshqalar kiradi.
29-chizma.
Korxona barqarorligining turlari.
Umumiy barqarorlik chegarasini yuqori yoki past bo‘lishi turli xil
sabablarga bog‘liq (-chizmaga qarang).
-
«Barqarorlik zaxirasi»
- bir necha yillar davomida shakllangan
moliyaviy zaxiralar miqdori tasodifiy
va keskin tashqi kutilmagan
o‘zgarishlarni oldini olishga qaratilgan.
-
texnik – iqtisodiy barqarorlik
– investitsiya loyihalari samara-
dorligi, texnika bilan qurollanish
darajasi,
ishlab chiqarish, mehnat,
boshqaruvni tashkillashtirish; pul oqimlarini harakati tufayli foydaga
erishishni ifodalaydi.
-
moliyaviy barqarorlik
– daromadni
xarajatlarga nisbatan va re-
surslar holatini yuqori bo‘lishi, pul mablag‘larining erkin harakatini
ta’minlaydi, mablag‘lardan samarali foydalanish ishlab chiqarish
uzluksizligi, uni kengaytirish va yangilanishi uchun zamin yaratadi.
Moliyaviy barqarorlik o‘z va chetdan jalb etilgan kapitallar nisbati,
joriy, investitsiya va moliyaviy faoliyat tufayli o‘z kapitali
Umumiy barqarorlik
Tashqi
Ichki
Texnik iqtisodiy
Moliyaviy
Barqarorlik
zaxirasi
332
jamg‘armasini o‘sish darajasi, harakatchan va immobilizatsiya qilingan
resurslar nisbati, zaxiralarni o‘z mablag‘lari manbayi bilan
ta’minlanishini ifodalaydi. Demak, moliyaviy barqarorlik moliyaviy
resurslar
holati birinchidan, bozor talabiga mos kelishi, ikkinchidan,
ishlab chiqarishni rivojlanishini ta’minlashi lozim.
Moliyaviy barqarorlik tuzilishini quyidagicha ifodalash mumkin.
30-chizma.