328
·
Ishlab chiqarishni to‘xtatmasdan,
mahsulot sotish imkoniyati
borligini;
·
Korxonalar faoliyatining umumiy mustahkamliligini;
·
Korxonalar faoliyatiga to‘g‘ri boshqaruchilik qilinayotganligini;
·
Korxonalarda mavjud moliyaviy resurslarni bozor munosabat-
larining talablariga javob berishligini;
·
Korxonalarning zaxira va xarajatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qop-
lovchi manbalar borligi darajasini ko‘rsatadi.
Moliyaviy mustahkamlik korxonalar moliyaviy resurslarining shakl-
lanishi va ulardan foydalanish bilan aniqlanadi. Korxonaning moliyaviy
barqarorligiga korxonalarning butun xo‘jalik
ishlab chiqarish faoliyati-
ning hamma yo‘nalishlari ta’sir ko‘rsatadi. Unga ham ichki, ham tashqi
omillar, shart-sharoitlar ta’sir etadi.