|
Mundarija Kirish. I. Bob. Korxona resurslarini hisobga olish va tahlil qilish uchun axborot tizimining rivojlanishining nazariy asoslari
|
bet | 1/22 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 5,42 Mb. | | #255697 |
Bog'liq Manzura to\'g\'irlangani Korxona resurslarini hisobga olish togirlangani
Mundarija
Kirish.
I. Bob. Korxona resurslarini hisobga olish va tahlil qilish uchun axborot tizimining rivojlanishining nazariy asoslari.
1.1. Korxona resurslarini hisobga olish va tahlil qilish uchun axborot tizimini xozirgi kundagi ahamiyati.
1.2. Korxona resurslarini hisobga olish va tahlil qilish uchun axborot tizimini tahlili va kamchiliklari.
1.3. Masalani qo‘yilishi.
II. Bob. Korxona resurslarini hisobga olish va tahlil qilish uchun axborot tizimini loyihalash.
2.1. Korxona resurslarini hisobga olish va tahlil qilish uchun axborot tizimini loyihalashga mo‘ljallangan dasturiy vositalar imkoniyatlari.
2.2. Korxona resurslarini hisobga olish va tahlil qilish uchun axborot tizimini UML diagrammalarini ishlab chiqish.
2.3. Ma’lumotlar bazasi strukturasini ishlab chiqish.
III. Bob. Korxona resurslarini hisobga olish va tahlil qilish uchun axborot tizimini ishlab chiqish.
3.1. Korxona resurslarini hisobga olish va tahlil qilish uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish uchun dasturiy vosita.
3.2. Korxona resurslarini hisobga olish va tahlil qilish uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish texnologiyasi.
3.3. Dasturdan foydalanish yo‘riqnomasi.
Xulosa
Adabiyotlar ro‘yxati
Ilovalar
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining ijtimoiy-yo‘naltirilgan bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tishi hamda ilmiy-texnika taraqqiyoti jamiyatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotining turli jabhalariga axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari sohasidagi barcha yutuqlarni tadbiq qilish darajasini tezlashtirib yubordi. Mamlakatimiz xalq xo‘jaligi sohalarini axborotlashtirish jamiyat rivojlanishining obyektiv jarayoni hamda zarur bo‘magan axborotlarni yig’ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash va taqdim etishning tabiiy davomidir. Iqtisodiyot, ishlab chiqarish, aloqa, ilmiy-tadqiqot, ta’lim, tibbiyot va biznes sohalaridagi mehnat sifati, mehnat unumdorligi va samaradorlik darajasini yuksaltirish, ularda tadbiq qilinayotgan eng zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan bog’liq.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari to‘plangan axborot mahsulotlarini kishilarga tezkor sur’atda etkazib, sermehnatlik darajasini kamaytirgan holda mavjud muammolarni hal etish uchun keng imkoniyatlar yaratib bermoqda. Shuning uchun ham axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida samarali qo‘llash mamlakatni texnologik va iqtisodiy jihatdan rivojlantirishni ifodalovchi ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qilmoqda. Ma’lum bir obyektiv sabablarga ko‘ra, axborotlashtirish jarayoni har bir mamlakatda turlicha yo‘l va turli sur’atda olib borilmoqda. O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarida ham yuqori natijalarga erishishi, jahon iqtisodiy tizimida to‘laqonli sheriklik o‘rnini egallay borishi, inson faoliyatining barcha jabhalarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan yuqori darajada foydalanish ko‘lamlari qanday bo‘lishiga hamda bu texnologiyalar ijtimoiy mehnat samaradorligini oshishida qanday ro‘l o‘ynashiga bog’liq. Bu borada birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganlaridek: “Bugungi kunda milliy axborot tizimini shakllantirish jarayonida Internet va boshqa global axborot tizimlaridan foydalanish ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Bunga erishish XXI asrda mamlakat taraqqiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi”
Axborotlashgan jamiyat iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jihatdan yanada yuksalishga, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini va mehnat unumdorligini oshirishga, iqtisodiyotni makro va mikro darajada boshqarishni takomillashtirish hamda istiqbolli ilmiy yo‘nalishlarni rivojlantirishga katta zamin yaratib beradi. Bunday jamiyatni barpo etish ilmiytexnika taraqqiyoti yutuqlari va axborot-kommunikatsiyalar texnologayalarini ilg’or ishlab chiqarish sohalarida qo‘llash hamda materiallar va xomshyo yaratish bilan chambarchas bog’langan. Jamiyatning asosiy ijtimoiy ishlab chiqaruvchi kuchi sanalmish inson barkamolligi yo‘lida axborotlashtirish jarayonlari asosiy negiz bo‘lib xizmat qiladi. U insonlarga eng zamonaviy kompyuter texnika vositalarini amaliyotda keng qo‘llash bo‘yicha malakasini oshirishga va o‘zining tuganmas qobiliyatini amalda sinab ko‘rishga katta imkoniyat tug’diradi.
Insonni uning axborotni qayta ishlash bo‘yicha imkoniyatlarini kuchaytiruvchi zamonaviy texnologiyalar bilan qurollantirish-axborotlashtirish sanoatini jadal rivojlantirishni talab etuvchi eng muhim texnik, iqtisodiy vazifa hisoblanadi. Iqtisodiyotda axborot texnologiyalaridan foydalanish iqtisodiy axborotlar sifati, uning aniqligi, obyektivligi, tezkorligini va buning natijasi sifatida esa boshqaruv qarorlarini o‘z vaqtida qabul qilish imkoniyati oshishini ta’minlaydi. Demak, axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish shu kunning eng dolzarb vazifalardan biri bo‘lib, bu jamiyat taraqiyotining asosiy omili hisoblanadi.
Axborot texnologiyalarini joriy qilishning asosiy mezoni har bir insonning, har qanday bozor munosabatida va davlat boshqaruvida yo‘naltirilgan bo‘lishidan iborat. Axborot texnologiyalari inson faoliyatining barcha sohalarida qo‘llaniladigan, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy tuzilishga ega bo‘lgan axborot tizimini o‘z ichiga oladi. Axborot texnologiyasi-axborot resurslarining ishonchliligi va tezkorligini ta’minlovchi, ulardan foydalanish xarajatlarining kamayishini ta’minlovchi usul, ishlab chiqarish jarayoni va dasturiy texnik vositalarini yagona texnologik zanjirga birlashtirgan holda axborotlarni yig’ish, qayta ishlash, saqlash va uzatish jarayonidir.
Axborot tizimlari va texnologiyalari yildan-yilga kishilik faoliyatining turli sohalarida yanada keng qo‘llanilib borilmoqda. Ulami yaratish, ishga tushirish va keng qo‘llashdan maqsad-jamiyat va insonning butun hayot faoliyatini axborotlashtirish borasidagi muammolarini hal etishdir. Barchamiz bir haqiqatni anglab yetishimiz lozim - O‘zbekiston bugun xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Buning tasdig’ini tashqi dunyo bilan aloqalarimiz toboro kengayib borayotganida, taraqqiy topgan yetakchi davlatlar ko‘magida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha dasturlaming amalga oshirilayotganida va boshqa misollarda yaqqol ko‘rishimiz mumkin, deb ta’kidlagan edi respublikamizning birinchi Prezidenti I. A. Karimov
Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar ko‘p jihatdan uzluksiz iqtisodiy ta’lim tizimini shakllantirishni taqozo etadi. Yangicha fikrlaydigan, bozor sharoitlarida muvaffaqiyatli xo‘-jalik yurita oladigan malakali, chuqur bilimli mutahassislami, ayniqsa, axborot texnologiyalaridan keng foydalana oladigan kadrlami tayyorlash davr talabi bo‘lib qolmoqda
Ko‘rsatib o‘tilgan chora-tadbirlar mamlakat iqtisodiyoti samaradorligini o‘sishida telekommunikatsiyalar, Kompyuter va axborot-texnologiyalarining faol roli oshishini, odamlaming faoliyat va turmushi texnik qurilmalar va xizmatlaming eng zamonaviy turlari bilan jixozlanishini ta’minlash, respublikaning jahon jarayonlariga muvaffaqiyatli integratsiyalashuvi imkonini beradi.
Menga kurs loyihamda “Korxonada xodilarni ishga kelishi va ketishini ro‘yhatga oluvchi va nazorat qiluvci axborot interfeysni loyihalash va ishlab chiqish “ mavzusi berilgan. Axborot tizimlari interfeyslarining ahamiyati juda katta bo‘lib, ularning foydalanishini eng sodda va samarali qilish yoki foydalanuvchlarning dasturlarni tezkor o‘rgatishini ta’minlash uchun muhimdir. Yaxshi dizaynlangan va sodda foydalaniladigan interfeyslar, foydalanuvchilarga ishlashning tezligini oshiradi va ularni mahsulotga bo‘lgan qiziqishlaridan gurzoq qiladi. Interfeyslar dizayni, uning chiroyli ko‘rinishi va ishlovchi funksiyalarini tushunish uchun juda muhimdir.
Agar bir axborot tizimi yoki dasturning interfeysi foydalanuvchi tomonidan tushunarli bo‘lmasa yoki uning ishlash mezonlarida kamchiliklar bo‘lsa, bu dastur muvaffaqiyatsizligiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun, axborot tizimlari interfeyslarini dizayn etishda ahamiyatga ega bo‘lish juda muhimdir.
Axborot tizimlari interfeyslari, biror dastur yoki platformaning istagiga qarab, foydalanuvchilar bilan kompyuter orqali aloqani ta’minlaydi. Ular foydalanuvchilar uchun dastur yoki xizmatni ishlatishni oson va sodda qiladi va tizimga kirish vaqti o‘rganishga yordam beradi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mundarija Kirish. I. Bob. Korxona resurslarini hisobga olish va tahlil qilish uchun axborot tizimining rivojlanishining nazariy asoslari
|