Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet262/429
Sana13.05.2024
Hajmi2,53 Mb.
#228361
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   429
Bog'liq
642a946f5e25f

Gorizontal tahlilida
esa moliyaviy natijalarning bo‘ylamasiga 
tarkiblanishi va ularning o‘zgarishlari o‘rganiladi. 
Asosli yoki trend tahlilida
moliyaviy natijalar va ularning yillar 
bo‘yicha o‘zgarishi, dinamikasi yoki asos yiliga nisbatan o‘zgarishlariga 
baho beriladi. 
Moliyaviy natijalar tahlilida qo‘llaniladigan asosiy ko‘rsatkichlar 
qatoriga esa korxona foydaliligi yoki natijaviyligi ko‘rsatkichlari, bozor 
aktivligi ko‘rsatkichlari kiritiladi. Korxona foydaliligini xarakterlovchi 
asosiy ko‘rsatkichlar sifatida rentabellik ko‘rsatkichlari olinadi. Bozor 
aktivligi ko‘rsatkichlariga aksiyalar, qimmatli qog‘ozlarning foydalilik 
darajasini xarakterlovchi ko‘rsatkichlar kiritiladi. Ular qatoriga bitta 
aksiyaga to‘g‘ri keladigan hisob foydasi (soliq to‘loviga qadar bo‘lgan 
foyda), bitta aksiya to‘g‘ri keladigan sof foyda, bitta aksiyaga to‘g‘ri 
keladigan dividend summasi, aksiyaning bahosi va foydasi orasidagi 
nisbat koeffitsiyentlari kiradi. 
Moliyaviy natijalar tahlili tashqi va ichki subyektlar tomonidan olib 
boriladi. Ichki subyektlar tomonidan olib boriladigan tahlil ichki moliya-
viy tahlil qatoriga kiritilib, faqat shu korxonaning xodimlari tomonidan 
olib boriladi.
Tashqi tahlil subyektlariga esa soliq organlari, bank tashkilotlari, 
aksionerlar, mulk egalari, investorlar, shuningdek, korxona faoliyati bi-
lan bilvosita qiziquvchi uchinchi shaxslar, erkin sohibkorlar kirishi 
mumkin. 
Ularni ko‘proq korxonaning foydalilik darajasi va uning yillar 
bo‘yicha o‘zgarishlari qiziqtiradi. Agar aksiya egasi bo‘ladigan bo‘lsa, 


364
uni sof foyda va dividend to‘loviga tortiladigan foyda summasi, soliq 
idorasini esa soliq to‘loviga qadar bo‘lgan foyda va unga qayta qo‘shi-
ladigan xarajat moddalari, xaridor va buyurtmachilar yoki sheriklarni 
korxonaning yil yakuni bo‘yicha erishilgan iqtisodiy foydasi qiziqtiradi.

Download 2,53 Mb.
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   429




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish