X BOB. XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTNING




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet260/429
Sana13.05.2024
Hajmi2,53 Mb.
#228361
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   429
Bog'liq
642a946f5e25f

X BOB. XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTNING 
MOLIYAVIY NATIJALARI TAHLILI 
 
 
10.1. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarning moliyaviy natijalarini tahlil etishning 
ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari 
 
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida har bir xo‘jalik 
yurituvchi subyektning oldiga qo‘ygan asosiy maqsadi bu – foyda olish-
dir. Foyda ijtimoiy ishlab chiqarishni hamma bosqichlarining iqtisodiy 
kategoriyasidir. Foyda iqtisodiy kategoriya va moliyaviy yakun sifatida 
o‘zining eng yuqori ahamiyatiga bozor munosabatlari rivojlangan 
davrida ko‘tariladi. Foydani shakllantirish, uni realizatsiya qilish bu – 
kengaytirilgan qayta ishlab chiqarishning, qiymat qonunining va xo‘jalik 
hisobining obyektiv talabidir.
Kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish ishlab chiqarishning doimo 
kengayishini, uning texnikaviy darajasini muntazam ko‘tarib turishni 
talab etadi. Buning uchun ishlab chiqarishda hamma vaqt foydaga 
erishilishi, realizatsiya qilinishi va undan ishlab chiqarish ehtiyojlari 
uchun foydalanish lozim. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va 
boshqa faoliyatlarning natijasi sifatida foyda olish asosiy maqsad 
hisoblanadi. Foyda olishni ko‘paytirish jamiyat manfaatiga ham mos 
keladi, chunki, iqtisodiy faoliyatning yuqori foydaliligi individual 
foydaning ko‘payishi bilan mamlakat milliy daromadining ortishiga olib 
keladi. Aytish mumkinki, foyda miqdori va uning darajasi bozor 
ishtirokchilari, ayniqsa, investorlarni harakatga keltiruvchi kuchdir. 
Bozor ishtirokchisining manfaatdorligi foyda miqdori bilan belgilanadi. 
Korxonalar, tashkilotlar hamda tadbirkorlar qaysi tarmoq va faoliyat 
foydani ko‘proq keltiradigan bo‘lsa, sarmoyani shu yerga joylashtirib, 
barcha imkoniyatlarini ishga solib shu faoliyatni rivojlantirish
rentabellik darajasini oshirib, ko‘proq foyda olishga intiladilar. Agar 


362
mazkur sohada kapital o‘zini oqlamasa, foyda keltirmasa va bozorda o‘z 
o‘rnini topa olmasa investorlar kapitalni bu tarmoq yoki faoliyat turidan 
olib, boshqa yanada daromadliroq bo‘lgan tarmoqqa yo‘naltiradilar. 
Bozor ishtirokchilari, shu jumladan tadbirkorlarning manfaati xalq 
iste’moli tufayligina ro‘yobga chiqadi. Ishlab chiqarilayotgan tovarlar, 
mahsulotlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar va bajarilayotgan ishlarga talab 
bo‘lsagina ular iste’molga yo‘l oladi, boshqacha qilib aytganda, sotiladi. 
Demak, talabsiz foyda yuzaga kelmaydi. Bozor qonuniyatining maz-
muni ham shundan iborat va bozor sharoitida daromad olish, foyda 
qilishning boshqacha usuli bo‘lishi mumkin emas. Foyda mexaniz-
mining ta’siri ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar faoliyatini iste’mol-
chi manfaatiga qaratadi, chunki shu yo‘l orqaligina foyda olishni biladi. 
Foyda
(daromad) iqtisodiy harakatning zaruriy sharti, maqsadi 
sifatida qaraladi. Jahon amaliyotida foyda, deyilganda ko‘pincha, biznes 
samaradorligining tadbir vositasi sifatida qaraladi. Foyda bu daromadlar 
va xarajatlar farqlanishidagi yuqori o‘zgaruvchanlikdir. Ular orasidagi 
quyi o‘zgaruvchanlik esa zararni ifodalaydi. 
Daromadlar va xarajatlar moliyaviy natijlarni xarakterlovchi foydani 
o‘lchashga daxldor bo‘lgan elementlar hisoblanadi. Daromadlar va 
xarajatlarni, ya’ni foydani aniqlash va o‘lchash – korxona o‘z moliyaviy 
hisobotini tayyorlashda foydalaniladigan kapital konsepsiyasi hamda 
kapitalning saqlanishiga bog‘liq bo‘ladi.
Daromadlar va xarajatalar elementlari quyidagicha aniqlanadi. 

Download 2,53 Mb.
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   429




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



X BOB. XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTNING

Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish